O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi farg’ona politexnika instituti



Download 1,7 Mb.
bet27/105
Sana14.02.2023
Hajmi1,7 Mb.
#911292
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   105
Bog'liq
muxlisaaaaas

Yarim quriq zichlash usuli katta bosim ostida turli avtomatik mosla­malar yordamida amalga oshirilgani tufayli zichlanayotgan buyumlarni shakli oddiy va yassiroq bo’lishini taqazo etadi. Plastik massani qoliplash usuli bilan ish yuritilganda sodda yoxud murakkab shakilli buyumlarni yasash mumkin. SHliker yoxud eritma bilan ishlanganda esa o’ta murakkab shaklli buyumlar gipsli formalarga qo’yiladi. Haqiqatdan xam korxonalarda choynak, koshin, kuvacha, ko’ra (vaza), xaykalcha, unitaz, umivalьnik singari sopol buyumlari eritmalardan quyib olinadi. Lagan, tarelka, kosa, piyola, quvur va plita singari xo’jalik asboblari esa plastik massa olish va uni qoliplash usuli orqali amalga oshiriladi. 
Nazorat savollari

    1. Sopol buyumlari necha guruhlarga bo’linadi?

    2. Sopol mahsulotlari klassifikatsiyasi haqida so’zlab bering.

    3. Sopol buyumlari massasi necha xil usulda tayyorlanadi?

    4. SHliker usul haqida tushuncha bering?

    5. Quruq zichlash va yarim quruq zichlash haqida so’zlab bering?



7-mavzu. CHinni buyumlar
Reja

7.1. CHinnining qisqacha yaratilish tarixi.


7.2. CHinni turi va tarkibiy qismlari
7.3. CHinni ishlab chiqarish jarayoni.
7.4. CHinnining halq xo’jaligidagi ahamiyati.


Tayanch so’z va iboralar: chinni, farfor,qattiq , yumshoq chinni, alyuminiy (III) oksidi, gillar, kaolin, loytuproq, montmorillonit, biotit, kvarts, gips, kvarts va dala shpati, termik ishlov berish texnologiyasi.


7.1.CHinnining qisqacha yaratilish tarixi.

CHinnining nafisligi tiniq rangi, jarangdorligi, toshdek pishiqligi, suv shimmasligi va jilvalanishi ko’pchilikni hayratga solgan. CHinni piyola, kosa, choynak, taqsimcha va lagan, naqshdor vaza, haykalcha singari bezakli buyumlar qadimdan har bir xonadonga ko’rk bergan.CHinni mahsulotning sifati, ko’rki avvalo uni iixlab chiqarayotgan injener-texnik va ishchining mahoratiga bog’liq. Unga berilgan rang, chizilgan tasvir va naqshlarga qarab xalqsan’ati, urf-odati, milliy an’analari haqida fikr yuritish mumkin.


Xitoy chinnisi bilan milodning boshlarida koreys na yaponlar, VI—VIII asrlarda ular bilan savdo-sotiq qiluvchi arablar tanishdilar. SHu tufayli chinni haqidagi ilk yozma ma’lumotlar IX asrlarga, ko’pgina sharq o’lkalariga sayohat qilgan Sulaymon degan andaluziyalik savdogarga tegishli. Yangi eraning VIII asrida arablar orqali Yevropa xalqlari ham chinni bilan tanishdilar.
CHinni buyumlar tilla narxidan yuqori baholanar edi. SHuning uchun yevropalik kulol, shishasoz va alkimyogarlar forscha «fegfur» so’zidan kelib chiqqan va «xoqonning buyumi» degan ma’noni anglatuvchi «farfor» nomli bu mahsulot sirini ochish ustida bosh qotira boshladilar. «Fegfur» so’zi o’z navbatida «fagfur» so’zidan olingan bo’lib, xitoy hukmdori degan ma’noni bildirar edi. Markaziy Osiyoda, jumladan, O’zbekistonda juda ko’p kulolchilik ustaxonalarining mavjudligiga qaramay, chinni ishlab chiqarish yaxshi yo’lga qo’yilmagan edi.
1947 yilda Markaziy Osiyoda qaldirg’och korxona — Toshkent chinni zavodi qurila boshladi. Uning birinchi navbati 1951 yilda qurib bitkazilib, xalq uchun zarur bo’lgan mahsulot bera boshladi. Korxonada birinchi yili, ya’ni 1952 yili 200 ming dona chinni ishlab chiqarildi. Hozirda kengaytirilib, mahsulot tayyorlash texnologiyasi ilmiy asosda takomillashtirilgan bu korxonada yiliga 31 mln (ishlab chiqarish quvvati yiliga 64 mln dona mahsulotni tashkil etadi), 1970 yili Samarqand shahrida ishga tushirilgan ikkinchi chinni zavodida esa yiliga 27 mln dona mahsulot ishlab chiqarilmoqda. Respublikamizning uchinchi chinni zavodi 1978 yili Farg’ona viloyati Quvasoy shahrida qurildi. Mazkur korxona yiliga 29 mln dona mahsulot ishlab chiqarmoqda. To’rtinchi yirik chinni korxonasi Xiva shahrida sopol korxona asosida qurib bitkazildi va 1980 yili 1 mln donadan ortiqchinni mahsulotlarini tayyorladi.
O’zbekiston chinnisozlari hozirgi kunda chinni mahsulotlari ishlab chiqarish va uning sifatini yaxshilash hlmda mahsulottannarxini kamaytirish bobida ishlamoqdalar. Yana quvonchli voqealardan biri, Toshkent chinni zavodining navbatdagi rekonstruktsiyasi tugatilib, bu korxona 1990 yilga kelib yangi quvvatlarning o’zlashtirilishi tufayli yil mobaynida ishlab chiqariladigan buyumlari soni anchagina ko’paydi. Keyingi yillarda yengil sanoat buyumlarida Vatanimiz ramziy belgilarini aks ettirishga alohida e’tibor berilmoqda. Bu sohada, ayniqsa, Toshkent chinnisozlari namunali ishlar olib borishmoqda. Korxona rassomlari Vatanimiz tarixiga oid shonli voqealarni, buyuk kishilarning yorqin siymolarini, respublikamiz iftixori bo’lgan mahsulotlarni chinni buyumlarda zo’r mahorat bilan aks ettirishmokda. Bu o’rinda Toshkent chinni zavodi rassomlari tomonidan keyingi yillar ichida yaratilgan «Progress», «Paxta», «Oqoltin», «Tong», «Yubiley», «Dilorom», «Xushband», «Samarqand ansambli» kabi servizlarni esga olish kifoyadir.
Respublikamizda chinnisozlikning rivoj topishida yetuk muhandis va olimlarning hissalari juda katta. Ayniqsa, bu sohaningtakomil topishi, korxonalardagi mahsulot turi va sifatini oshirishda F. X. Tojiev, N. A. Sirojiddinov, A. A. Ismatov, M. Yu. Yunusov, A. X. Ismoilov, A. P. Irkaxodjaeva, A. M. Eminov, Yu. Azimov, A. A. Ibrohimov, D. I. Maqsudov, T. I. Olimjonov va R. Yu. Yusupov kabi olim va muhandislarning xizmatlarini qayd etib o’tish lozim.



Download 1,7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   105




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish