G’ishtlarning ishlatilishi
G’isht ishlatilishi qadim zamonlardan ma’lum bo’lib, uy-joylarning poydevori va devorini qurishda qo’llaniladi. To’g’ri to’rtburchak shaklidagi g’isht olti tomonli bo’ladi (11-rasm, a). G’ishtning qorishma ustiga qo’yiladigan eng katta qarama-qarshi tomonlari uning usti va osti uzun yon tomonlari bo’ylama tomonlari (o’ng va chap yog’i), kalta yon tomonlari esa ko’ndalang tomoni (orqasi) deb ataladi.
G’ishtdan teriladigan devor, odatda, gorizontal qatorlab teriladi. Devor konstruktsiyalar sirtini hosil qiladigan g’ishtlar chekka qatorlar deyiladi (9-rasm,b).
Binoning old (fasad) tomonidagi qatorlar tashqi, xonaning ichki tomonidagi qatorlar ichki qatorlar deb ataladi. SHu narsani alohida taqidlash lozimki, g’isht, avvalo qurilish materialidir (9-rasm). U ayni kunlarda mamlakatimizning qurilish materiallariga bo’lgan extiyojning 50-60 % ini qondirib kelmokda. Oddiy qurilish g’ishti imorat hamda inshoatlarning devorlari va boshqa qismlariga ishlatilsa, yuzali g’isht imoratlarining tashqi yuzasini pardozlavda; maxsus g’ishtlar esa zavod va fabrika trubalari, kanalizatsiya va yo’l inshoatlari qurilishida o’tga chidamli xillari yuqori garoratli qurilmalarini bunyod etishda, xususan tsement, gips, shisha pishirish pechlari qurishda ishlatiladi. Pishib o’tib ketgan temirtosh g’isht devorga terish uchun yaroqsiz, lekin poydevorga ishlatish mumkin.
9-rasm. Teriladigan devor konstruktsiyasi elementlari:a-g’isht tomonlarining nomlari;
b-devorni terish; 1-g’ishtni oldi tomoni; 2-g’ishtning usti; 3-g’ishtning yon tomoni; 4-tashqi qator; 5-ichki qator; 6-o’rta to’ldiruvchi qator; 7-ikkinchi qator; 8-birinchi qator; 9-gorizontal chok (to’shama); 10-vertikal bo’ylama chok; 11-vertikal ko’ndalang chok; 12-oldi (fasad) tomoni; 13-ko’ndalang qator.
Qurilishni boshlashdan oldin qanday materiallardan va qancha olish kerakligini aniqlash zarur bo’ladi. Agar qurilish tayyor namunaviy loyiha bo’yicha olib boriladigan bo’lsa, bu masala ancha oson, chunki unda qurilish materiallariga ehtiyojlik hisobi berilgan bo’ladi.
Devor materiali uning nimadan tayyorlanishiga qarab hisoblanadi. Har qanday holda avval devorning hajmini topish kerak. Buning uchun perimetr bo’yicha devor uzunligi uning balandligi bilan qalinligiga ko’paytiriladi hamda topilgan hajmdan deraza va eshik o’rni chiqarib tashlanadi.
Masalan, uyning tashqi o’lchamlari 8x6,5 m, poydevordan devorning balandligi 4 m va qalinligi 38 sm bo’lsa, uning hajmi quyidagicha aniqlanadi:
V=2[(8-0,76)+6,5]x4x0,38=41,77m3
Agar 8 deraza va 2 eshikning hajmi 5,54 m3 bo’lsa,V = 41,77 - 5,54 = 36,23 m3.
Devorning hajmini bilgan holda materialning miqdorini topish oson.
Masalan, uyning devori g’ishtdan ishlangan bo’lsa devorning hajmini 405 ga ko’paytiramiz, chunki 1 m3 g’isht devoriga 395-415 ta g’isht ketadi.405 x 36,23 = 14673 dona.G’isht terish davomida sinib maydalanib ketishi hisobiga yana 3 % gako’paytiramiz: 14673+440=15113dona.
Xuddi shu tartibda poydevor, ichki devorlar, yerto’la devoriga, pechkaga va boshqalar uchun ketadigan g’ishtning soni aniqlanadi. Oddiy qurilish g’ishtlarining asosiy kamchiligi unda issiqlik koeffitsientining bir oz yuqoriligidir. SHu boisdan imoratlarning tashqi devori katta qalinlikda quriladi, xolbuki mustahkamlik nuqtai nazaridan ularni ingichkaroq qilib qurish ham mumkin.
Bu esa o’z navbatida g’isht massasi, qolaversa eritmaning ko’p sarflanishiga olib keladi. SHuning uchun olim va injenerlar bu borada katta izlanishlar olib bordilar. Xususan, A.Bolьtsmanning ixtirosini takomillashtirish natijasida g’ishtning «Ichki qismi bo’sh», «G’ovakli», «Besh devorli g’isht» singari turlari yaratildi. Bunday 1 kub metrga 1000-1400 kilogramm hajm og’irligi tug’ri keluvchi g’ishtlar turarjoy binolarini qurishda ko’plab ishlatilmoqda. Ularni qo’llash imorat ishchi kuchining 25 % ga qisqartirish, ya’ni tashishga ketuvchi mablag’ning kamroq sarf bo’lishiga olib keladi.
Ma’lumki, og’ir sanoat rivojining asosi bo’lgan cho’yan va po’lat eritishda g’ishtsozlar xizmati katta. G’isht cho’yan va po’lat erituvchi domna, marten, kislorodli konvertor pechlarning ichki qismini qoplash uchun ishlatiladi. SHuningdek, ulardan po’latni uzluksiz quyish qurilmalarining kavsh, stakan, probka va vtulkalari, regeneratorlarning nasadkalari (pechlarning trubadan chiqib kelayotgan issiq, gaz yoxud tutundan foydalanib, pechga havoni isitib beruvchi qismi), qora va rangli metallar uchun tigellar (metall eritish yoki biror metallni yuqori temperaturada toblab olish uchun chidamli gilvatadan qilingan qozon) tayyorlanadi. Bunday maqsadda ishlatiluvchi aksariyat materiallar agressiv muhit ta’siriga nihoyatda chidamli bo’ladi. Misol tariqasida shuni aytish mumkinki, uglerodli bloklar bilan futerovka qilingan domna ko’rasi, ya’ni metall eritadigan pechning ichiga qoplangan o’tga chidamli material 2000 darajadan yuqori haroratda 7-8 yil mobaynida uzluksiz ishlashi mumkin.
G’isht kimyo sanoatida ham keng qo’llanilmoqda. U alyuminiy, magniy, qo’rgoshin, kalьtsiy karbidi, fosfor, ferro qotishmalari eritish pechlari, tsiklonlar, truboprovod va chang to’plash apparatlarini qurish, qattiq yoqilg’ida ishlovchi bug’ qozonlarining yuzini qoplashda ishlatiladi.
1950 yillardan keyin o’tga chidamli g’ishtlarning yangi texnikada qo’llash sur’ati yanada tezlashdi. Raketa, reaktiv dvigatelь hamda gaz turbinalarining mustahkamligi va eroziyaga chidamliligini ta’minlovchi kremniy karbidi, disilitsid molibdeni singari kimyoviy birikmalar bilan qoplangan qismi uglerodli materiallar bilan futerovka qilinmoqda. SHunga o’xshash mahsulotlar reaktorlarda neytronlar harakatini sekinlashtirish, presslash pechlarining isituvi formalari rolini bajarish, vakuum texnikada issiqlikni izolyatsiya qilish kabi ishlarni bajarishga yordam beradi. Umuman, g’isht juda ko’p imkoniyatlarga ega bo’lgan materialdir. Uning «oyog’i» yetmagan tarmoq, «qo’li» tegmagan soha hozirgi kunda yo’q deyish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |