O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi farg’ona politexnika instituti



Download 203,33 Kb.
bet11/12
Sana18.07.2022
Hajmi203,33 Kb.
#824234
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
Hisobot Õlmasjonov Duryodbek.docx

MUSTAQIL ISH
Foydaning ijtimoiy – iqtisodiy mohiyati va uning iqtisodiy manfaatlarini uyg’unlashtirishdagi roli.
Korxonalarning faoliyatiga baho berishda sotilgan mahsulotlarning hajmi, ularga qilingan sarf-xarajatlar va foyda tushunchalaridan keng foydalaniladi. Korxonalarda tovar va xizmatlarni sotishdan olingan mablag’lar ularning pul tushumlari yoki pul daromadlari deyiladi. Korxona pul daromadlaridan sarflangan barcha xarajatlarni chiqarib tashlangandan keyin qolgan qismi foyda deb yuritiladi. Ayrim adabiyotlarda bu iqtisodiy foyda deb ham yuritiladi.
Foydaning tarkib topishi ikki bosqichda o’tadi:

  • birinchi bosqichda foyda ishlab chiqarish jarayonida yangi qiymatning yaratilishi chog’ida vujudga keladi. Yangidan yaratilgan qiymat tarkibidagi qo’shimcha qiymat foydaning asosiy manbai hisoblanadi, biroq u hali aniq foyda shaklida namoyon bo’lmaydi,

  • ikkinchi bosqichda ishlab chiqarish jarayonida yaratilgan foyda tovarlarni sotilgandan so’ng olingan pul daromadi bilan xarajatlarning farqi ko’rinishida to’liq namoyon bo’ladi.

Demak, tovar va xizmatlar sotilganda ularning umumiy qiymati pul daromadlariga undagi qo’shimcha qiymat esa foydaga aylanadi. Bundan ko’rinib turibdiki foydaning haqiqiy manbai qo’shimcha mahsulot yoki qo’shimcha qiymatdir. Lekin shu narsani aytish lozimki, butun jamiyatda, ba’zan alohida olingan bir mamlakatda foyda massasi bilan qo’shimcha qiymat massasi miqdor jihatdan bir-biriga teng bo’lishi mumkun. Lekin alohida olingan korxonalarda va tarmoqlarda yaratilgan qo’shimcha mahsulot olingan foydaga miqdoran teng bo’lmasligi mumkin. Chunki talab va taklif nisbatlarining hamda narx mexanizmining o’zgarishi ta’sirida bir tarmoqda yoki bir guruh korxonalarda yaratilgan qo’shimcha mahsulotlar boshqa korxona va tarmoqlarga foyda shaklida o’tib ketadi.
Odatda, ishlab chiqarish sohasidagi yirk korxonalar tovarlarni katta hajmda ishlab chiqarib, ularni savdo vositachilariga ulgurji narxlarda narxlarda sotadilar. Shunga ko’ra, ular tovarning ulgurji narxi uning tannarxidan yuqori bo’lgan taqdirda foyda oladilar. Dma, ishlab chiqaruvchi foydasi (Fich ) – bu mahsulot tannarxi (T) va ulgurji narxi (Nu ) o’rtasidagi farqdan iborat:
Fich = Nu –T
Bundan ko’rinadiki, mahsulot birligidan olinadigan foyda ikki asosiy omilga bog’liq bo’ladi: 1) mahsulot tannarxi darajasi: 2) ulgurji narxlar darajasi.
Yana shuni aytishimiz mumkunki:
Foyda — tovarlar va xizmatlarni sotishdan olingan daromadning bu tovarlarni ishlab chiqarish va sotish xarajatlaridan ortiq qismi. Korxonalar va tadbirkorlar xoʻjalik faoliyati moliyaviy natijalarining asosiy koʻrsatkichlaridan biri. Foyda pulda ifodalanadi. Foyda bozor daromadi boʻlib, uning qonunqoidalariga binoan vujudga keladi, taqsimlanadi va ishlatiladi. Foyda kapital, ishlab chiqarish omili sifatida tovar va xizmatlar narxi tarkibiga kiradi, ular sotilgach, pul shaklida kapital sohibi ixtiyoriga keladi. Foyda topish tadbirkorlikning asl maqsadi hisoblanadi, unga intilish bozor iktisodiyotining rivojlanishini taʼminlaydi. Amaliyotda foyda (F) daromad (D) bilan xarajatlarning (W) ayirmasi sifatida qaraladi (F=D—W). F. 3 omilga bogʻliq: a) bozorbop tovar va xizmatlarini yarat i sh , natijada ularni sotishdan kelgan pul tushumi koʻpayadi, buning tarkibidagi F. ham ortadi; b)daromadlar — tushumlar miqdori (D). Tushumlar sotilgan tovarlar va xizmatlar miqdoriga (Q) va ulardan har birining narxi (R)ga bogʻliq (D=QP); v)xarajatlar miqdori. Bozorda narxlar oʻzgarmay krlgan takdirda xarajatlarning pasayishi F.ni koʻpaytiradi, ularning ortishi esa uni qisqartiradi. Xarajatlar dinamikasi mehnat unumdorligiga bogʻliq. Mehnat unumdorligining ortishi xarajatlarni kamaytirish orqali foydani koʻpaytiradi. Shu sababli foydani koʻp olish sharti — mehnat unumdorligini muttasil oshirib borish hisoblanadi. Xarajatlar pasaygan sharoitda foydaning daromaddagi hissasi ortadi, aksi yuz berganda bu hissa qisqaradi. Bordiyu, tovarlarga talab hozir boʻlib, ularning bozor narxi oshsa, oʻzoʻzidan va xarajatlardan kati nazar, foyda ortadi. Narxning foydaga taʼsiri shundan guvohlik beradiki, bozorgir tovarlarni chiqarmay turib yaxshi Foyda koʻrish mumkin emas. Har qanday firma foydani eng koʻp olishga, yaʼni uni maksimumlashtirishga intiladi, foyda miqdoriga taʼsir etuvchi omillarni ishga soladi.
Foydaning oʻz oʻlchami bor. Bu uning normasi va massasidir. Foyda normasi (Gʻ") nisbiy koʻrsatkich boʻlib, kapital qanday ishlatilib, qanday foyda koʻrilganini bildiradi va u orqali foyda (F) kapitalning (K) ning qanday qismiga tengligi aniqlanadi. Foyda normasi kapitalining naqadar samarali ishlatilishini bildiradi. Foyda koʻrish tadbirkorlikning maqsadi boʻlganidan har doim foyda normasini oshirishga intilish saklanib qoladi.
Foyda massasi — bu foydaning mutlaq miqdoridir. Foyda massasi qanchalik koʻp boʻlsa, foyda shunchalik maksimumlashgan hisoblanadi. Agar Foyda normasi goqori boʻlsa, oz kapital bilan ham koʻp foyda olish mumkin, bordiyu foyda normasi past boʻlsa, kapitalni koʻpaytirib F.ni koʻpaytirish mumkin. Foyda maksimumlashtirish uchun ham foyda normasi, ham kapital summasi katta boʻlishi zarur. Foyda normasini pasayishi hisobidan foyda massasi qisqargan chogʻda, bu yoʻqotishni bartaraf etish uchun investitsiyapar hisobidan kapital koʻpaytiriladi. Olingan foydaning bir qismi investitsiyaga aylanadi, bu bilan u kapitallashadi. Amortizatsiya va kredit hisobidan ham pul investitsiyalanganda kapital koʻpayadi. Natijada foyda normasi pasaygan chogʻda ham olinadigan foyda miqdori qisqarmaydi. Agar foyda normasi pasayishiga nisbatan kapital tezroq koʻpaysa foyda massasining ortishi yuz beradi.
Qayerda hosil boʻlishiga qarab sanoat, tijorat, bank, servis, agrobiznes va boshqa foyda turlari mavjud. Qanday usul bilan hosil boʻlishiga qarab oddiy va ustama foydaga boʻlinadi. Oddiy foyda erkin — mukammal raqobat sharoitida koʻpchilik tadbirkorlar oladigan foydadir. Ustama foyda ni firmaning monopol mavqei, yaʼni tovarlar taklifining tanho yoki ozchilik firmalar qoʻlida toʻplanishi yuzaga keltiradi. Monopol mavqe bozordagi hukmronlikni, yaʼni narxlarga taʼsir etish imkoniyatini beradi. Monopol firma narxlarni oshirish hisobidan ustama foyda oladi. Foyda nima hisobidan yaratilishiga qarab normal, iqtisodiy va omad foydadan iborat boʻladi. Normal foyda ni tadbirkorlik qobiliyati yaratadi. Bu ishbilarmonlik uchun mukofot tarzida eng kam deganda malakali ishchi yoki mutaxassisning ish haqiga teng boʻlishi kerak, aks holda tadbirkorlik bilan mashgʻul boʻlish oʻrniga yollanib ishlash maʼqul boʻladi. Bundam foyda xarajatlar tarkibiga kiradi, chunki tovarlar xarajatlarga teng narx bilan sotilganda ham tadbirkor daromad topadi va biznesni tashlab ketmaydi. Biznesni boshqarish kapital sohibidan menejerlarga oʻtgan taqdirda normal foyda ularga mukofot shaklida tegadi. Iqtisodiy foyda xarajatlar bilan daromad oʻrtasidagi farkdan iborat, uni kapital yaratgani sababli bu foyda kapital egasiga tegadi. Omad foydasi — bu foydani bozor konyuʼyunkturasidagi juzʼiy oʻzgarishlar yuzaga keltiradi. Bozorda talab vaqtinchalik oshib, narxlar koʻtarilganda omad foydasi hosil boʻladi. Iqtisodiyotda tavakkalchilik foyda si ham bor. Bu tavakkaliga ish qilgani uchun biznes egalariga tegadigan mukofot hisoblanadi. Foyda ishlatilishidan oldin taqsimlanadi, undan soliklar toʻlanadi. Kapital qarzga olinganda foydaning bir qismi foiz qarzlarini toʻlashga ajratiladi. Foydaning firmada qolgan qismidan ishchi va xizmatchilarga mukofot beriladi, agar firma aksiyadorlik jamiyati boʻlsa, foydadan dividend toʻlanadi, xayrehson ishlariga pul ajratiladi. Barcha chegirilishdan soʻng qolgan foyda taqsimlanmagan yoki tutib qolingan foyda hisoblanadi. Taqsimlanmagan foyda qanchalik koʻp boʻlsa, firmaning oʻz mablagʻi hisobidan investitsiyalash imkoni shunchalik katta boʻladi. Firmaning oʻzida qolgan foyda investitsiya orqali kapitallashadi, yaʼni asosiy va aylanma kapitalga kelib qoʻshiladi. Bu firmalarning iqtisodiy salohiyatini oshiradi. Foyda bozor mexanizmidagi muhim iqtisodiy vosita hisoblanadi. Foydaga intilish resurslarni kerakli sohalar oʻrtasida taqsimlanishiga olib keladi. Kapital talab qisqargani uchun narx pasayib foyda kam olinadigan soxalardan chiqib talab oshgan serfoyda sohalarga doimo koʻchib turadi. Bu bilan kerakli tovarlar va xizmatlar yaratiladi, iqtisodiyot oʻsadi. Foydaning koʻp boʻlishi mamlakat iqtisodiy salohiyatini va farovoshshgini oshirishga xizmat qiladi. Har bir tadbirkor o’z tadbirkorligini boshlashdan oldin shu ish qancha foyda keltiradi, aholini bu mahsulotga bo’lgan talabi qanday bo’lishini o’ylab oladi. Demak tadbirkor tadbirkorlik qilishining asosiy sababi foyda olishdir. Foyda qanchalik ko’p bo’lsa shu korxona shunchalik rivojlanadi va shunchalik raqobatbardosh bo’ladi. Demak, iqtisodiyotni erkinlashtirish sharoitida har bir ho’jalik yurituvchi sub’ektning oldiga qo’ygan asosiy maqsadi bu foyda olishdir. Foyda ijtimoiy ishlab chiqarishni hamma bosqichlarining iqtisodiy kategoriyasidir. Foyda iqtisodiy kategoriya va moliyaviy yakun sifatida o’zining eng yuqori ahamiyatiga bozor munosabatlari, bozor iqtisodiy davrida ko’tariladi. Foydani barpo etish, uni realizatsiya qilish bu kengaytirilan qayta ishlab chiqarishni, qiymat qonunini va xo’jalik yuritish usuli sifatida foydalanadigan xo’jalik hisobining ob’ektiv talabidir. Kengaytirilgan qayta ishlab chiqarish ishlab chiqarishning doimo kengayishini, uning texnikaviy darajasini muntazam ko’tarib turishni talab etadi. Buning uchun ishlab chiqarishda hamma vaqt foydaga erishilishi, realizatsiya qilinishi va undan ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun foydalanish lozim. Foyda (daromad) iqtisodiy harakatning zaruriy sharti maqsadi sifatida qaraladi. Jahon amaliyotida foyda deyilganda ko’pincha biznes samaradorligining tadbir vositasi sifatida qaraladi. Foyda bu daromadlar va xarajatlar farqlanishidagi yuqori o’zgaruvchanlikdir. Ular orasidagi quyi o’zgaruvchanlik esa zararni ifodalaydi. Daromadlar va xarajatlar moliyaviy natijalarni xarakterlovchi foydani o’lchashga daxldor bo’lgan elementlar hisoblanadi. Daromadlar va xarajatlarni, ya’ni foydani o’lchashga daxldor bo’lgan elementlar hisoblanadi. Daromadlar va xarajatlarni, ya’ni foydani aniqlash va o’lchash korxona va moliyaviy hisobotini tayyorlashda foydalaniladigan capital konsepsiyasi hamda kapitalning saqlanishiga bog’liq bo’ladi. Daromadlar va xarajatlar elementlari quyidaghicha aniqlanadi.

Download 203,33 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish