O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi farg`ona davlat universiteti



Download 24,42 Kb.
bet2/2
Sana26.06.2022
Hajmi24,42 Kb.
#706362
1   2
Bog'liq
kurs ishi

Mustaqil ishining maqsadi. Xarajatlarni qisqartirish zaxiralari ishlab chiqarish va uni malakali boshqarish qobiliyatiga xosdir. Masalan, har bir ishlab chiqarish bosqichida texnologik xarajatlarni ishlab chiqish va aniqlash, shuningdek ularga rioya qilish va me'yorlar buzilgan taqdirda javobgarlikni belgilash kabi tadbirlar muhim ahamiyatga ega. Xizmat ko'rsatish va yordamchi xo'jaliklar samaradorligini tahlil qilish turli yo'nalishlar va autsorsing xizmatlari xarajatlarni optimallashtirish ishlarida ajoyib natijalar beradi. Har bir kompaniya o'ziga xos xususiyatlarini hisobga olgan holda ishlab chiqarishni optimallashtirish liniyasini tanlaydi sanoatning o'ziga xos xususiyatlari ishlab chiqarish xarajatlarini kamaytirish bo'yicha quyidagi ekspert tavsiyalarini barcha korxonalar uchun umumiy harakatlar deb hisoblash mumkin. Ishlab chiqarishda xarajatlarni qisqartirish xaqida so`z yuritiladi.
Xarajatlarning iqtisodiy mazmuni va mohiyati

Bozor iqtisodiyoti sharoitida har qanday korxonani asosiy maqsadi foyda olishdir. Ammo ushbu maqsadni amalga oshirish, unga erishish, ishlab chiqarish xarajatlarini miqdori va korxona ishlab chiqaradigan maxsulotga bo`lgan talab bilan chegaralangandir. Binobarin, ishlab chiqarish xarajatlari foydani asosiy chegaralovchisi va shu vaqt ichida taklif xajmiga ta’sir etuvchi asosiy omildir. Shuning uchun ishlab chiqarish xarajatlarini xisobga olish, uning tarkibini tahlil etish korxona samaradorligini oshirish, undan oqilona boshqarishining muhim shartlaridan biridir. Keling endi xarajatlar masalasiga iqtisodiyot nazariyasidagi mavjud yondashuvlarni ko`rib chiqaylik. Mehnat nazariyasiga asosan K.Marks ishlab chiqarish xarajatlarini tovar ishlab chiqarishga sarflar (ish haqi, xom ashyo, yoqilg`i, mehnat qurollarini amortizatsiyasi) sifatida talqin etgan. Undan tashqari ishlab chiqarish xarajatlariga u savdodagi xarajatlarni ham qo`shgan. Birinchi xil xarajatlarni u ishlab chiqarish, ikkinchi xilini esa muomala xarajatlari deb atagan. Bunda u bozordagi ahvol va boshqa hollarni e’tiborga olgan. Marks tovarning qiymatini ishlab chiqarish xarajatlari tashkil etadi degan fikrga asoslangan. Firmaning iqtisodiy resurslarga ketgan sarflari ishlab chiqarish xarajatlari deb ataladi. Firma faoliyatining asosiy maqsadi–foyda olish va xarajatlarni minimallashtirish. Xarajatsiz hech bir iqtisodiy faoliyat yuz bermaydi. Sarf-xarajat foyda olishning sharti, chunki usiz ishlab chiqarishning o‘zi bo‘lmaydi. Ishlab chiqarish xarajatlari deganda tovar va xizmatlarni ishlab chiqarish va sotish bilan bog‘liq bo‘lgan sarflar, ya’ni iqtisodiy resurslarni topish, xarid qilish va ulardan samarali foydalanish sarflari tushuniladi. Ishlab chiqarish xarajatlari tarkibida moddiy va mehnat sarflari mavjud. Moddiy sarflar bozor narxida xarid qilingan mashina-mexanizmlar, asbob-uskunalar, binolar, shuningdek, xom ashyo, asosiy va yordamchi materiallar, yonilg‘i va energiya sarflaridan iborat bo‘lib, muayyan narxlarda hisoblanadi. Mehnat sarflari–ish haqi, mukofotlar, ijtimoiy sug‘urtaga ajratmalar, tadbirkorni qoniqtiradigan normal foydadan iborat.Tovar birligining qiymatiga ishlab chiqarish xarajatlari hamda foyda miqdori kiradi.Ishlab chiqarishga qilingan barcha sarf-xarajatlarning puldagi ifodasi mahsulot tannarxini tashkil qiladi. Unga bevosita ishlab chiqarish xarajatlari va muomala xarajatlari kiradi. Muomala xarajatlari tushunchasi tovarlarni sotish jarayoni bilan bog‘liq bo‘lib, shu tovarlarni ishlab chiqaruvchidan olib, iste’molchiga yetkazilguncha ketadigan sarflardir. Ular ikki guruhga bo‘linadi: qo‘shimcha muomala xarajatlari va sof muomala xarajatlari. Tovarlarn io‘rash, qadoqlash, saralash, transportga ortish, tashish va saqlash xarajatlar qo‘shimcha muomala xarajatlari hisoblanadi. Korxonada ishlab chiqarish xarajatlari korxona faoliyati uchun muhim rol o’ynaydi, chunki mahsulot ishlab chiqarish va sotish xarajatlari qancha kam bo’lsa korxona foydasi va rentabelligi shuncha oshadi. Korxona sarf xarajatlari o’z ichiga 1) mahsulot ishlab chiqarish tannarxi, 2) davr xarajat­lari, 3) moliyaviy faoliyat bo’yicha xarajatlar, 4) favqulotda zararlarni oladi.
Korxonaning mahsulot ishlab-chiqarish maqsadlarida, iqtisodiy resurslar sotib olish uchun qilgan pul sarflari. Firma oʻz faoliyatini bozordan moddiy resurslar, yaʼni asbob-uskuna, dastgohlar, transport va aloqa vositalari, xom ashyo, yoqilgʻi, har xil materiallarni, mehnat bozoridan ish kuchini sotib olishdan boshlaydi. Shunga muvofiq holda ishlab chiqarish xarajatlari tarkibiga xom ashyo, asosiy va yordamchi materiallar, yonilgʻi va energiya harajatlari, asosiy kapital amortizatsiyasi, ish haqi va ijtimoiy sugʻurtaga ajratmalar, foiz toʻlovlari va boshqa harajatlar kiradi. Ishlab chiqarish xarajatlariga qilingan barcha harajatlarning puldagi ifodasi mahsulot tannarxini tashkil qiladi.
Ishlab chiqarish xarajatlarini oʻrganishga iqtisodchilar turlicha yondoshadilar. Jumladan, harajatlarning qiymat nazariyasiga koʻra, ishlab chiqarish xarajatlari quyidagi turlarga boʻlinadi: doimiy harajatlar: — korxona toʻlov majburiyatlari, soliqlar, amortizatsiya ajratmalari, ijara haqi, qoʻriqlash xizmati harajatlari, boshqaruv xodimlari maoshi va boshqalar; oʻzgaruvchan harajatlar: — xom ashyo, materiallar, yonilgʻi, transport xizmati, ishchilar ish haqi va shu kabilar uchun harajatlar. Umumiy (yalpi) harajatlar — doimiy va oʻzgaruvchan harajatlar yi-gʻindisi. Bevosita ishlab chiqarish xarajatlari — konkret mahsulot ishlab chiqarish xarajatlariga ketgan va bevosita uning tannarxiga oʻtadigan harajatlar. Bilvosita harajatlar — mahsulot tannarxiga bevosita qoʻshilmaydigan harajatlar. Oʻrtacha harajatlar — maʼlum vaqt oraligʻidagi mahsulot birligiga, tovarlar partiyasi boʻyicha yoki tashkilotlar guruxi boʻyicha bir buyumga toʻgʻri keladigan harajatlarning oʻrtacha kattaligi. Ekspluatatsiya (foydalanish) harajatlari — uskunalar, mashinalar, transport, ishlab chiqarish xarajatlari vositalarini va kundalik foydalaniladigan xoʻjalik buyumlarini ishlatish bilan bogʻliq boʻlgan xarajatlar.
Download 24,42 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish