II BOB.ASTROFIZIK TEKSHIRISH ASBOBLARI
2.1 Teleskoplar turlari va quyosh teleskopi
Teleskoplar turlari quyidagicha:
1.Optik, radioteleskoplar
2. Gamma
3.Rentgen
4.Turli teleskoplardir
Bu teleskoplarning o’ziga xos yutuq va kamchiliklari, shuningdek xar biri uchun umumiy bo’lgan ko’rsatkichlari mavjuddir. Teleskoplar asosan qanday masalani xal qilinishiga qarab uning loyihasi chiziladi. Teleskopning asosiy maqsadi osmon yoritkichlaridan kelayotgan parallel nurlarni yig’ish va sifatli tasvir hosil qilishidir. Optik teleskoplarda nur yig’uvchi sifatida qabariq linza yoki botiq ko’zgu olinadi. Refraktorning ob’ektivi bitta yoki bir nechta (4 tagacha) bo’lishi mumkin. Reflektorning nur yig’uvchi qismi bosh ko’zgu deyiladi . Uning optik o’qi va fokusi, fokal tekisligi mavjuddir. Agar fokal tekislikka fotoplastinka o’rnatilsa u xolda yoritgichlar yoki ob’ektlarning suratini olish mumkin.
Ob’ektivning diametrining fokus masofasiga nisbati A=D /F teleskop aperturasi yok nisbiy tuynugi deb ataladi. Sirti ko’rinadigan yoritkichlarning
(Oy , sayera) teleskop foqal tekisligidagi yoritilganligi E= (D/ F)2=A2 orqali aniqlanib A2 teleskopning optik kuchi deyiladi. Odatda nuqtaviy yorug’lik manbalari uchun teleskopning optik kuchi deyilganda A tushuniladi, chunki ularni yaqinlashtirish (kattalashtirish) foydasizdir. Agar A qancha kichik (0Astrofizik o’lchashlarda A=1/3 ga teng bo’lgan teleskoplar ishlatiladi.
Juda katta optik kuchga ega bo’lgan teleskopni yasash qiyin, chunki ob’ektivda kuzatiladigan kamchiliklar (abberauiya) A2va A3 ga proporuional ravishda kuchayadi.
Kuzatishlar uchun teleskop tanlash
Astrofizik kuzatishlar, birinchidan, yorug'ligi va kattaligi bir-birinikidan juda katta farq qiladigan yoritqichlarni o‘z ichiga olsa, ikkinchidan, tekshirishlar har xil spektral diapazonlarda olib borilishi mumkin, uchinchidan, qo‘llanilayotgan nurlanish priyomniklari har xil spektral sezgirlikka va kvant chiqishga ega, to'rtinchidan, qo'yilgan masalalar har xil bo'lishi mumkin (masalan, yulduzlar osmonini sur’atga olish yoki birorta yulduzni alohida holda tekshirish).
Qo'yilgan astrofizik masalalardan chiqqan holda teleskop turi tanlanadi. Teleskopni yasashga kirishishdan oldin, unda bajariladigan tekshirishlarda qo'yilgan shartlardan (ajrata olish qobihyati, ko'rish maydoni kengligi va boshqalar) chiqqan holda, uning optik sxemasi va qismlari sirtining egriligi va ularni bir-biriga nisbatan joylashtirilish uzoqliklari hisoblab chiqiladi va yasash uchun zarur xomashyolarning optik ko'rsatkichlari (masalan, sindirish koeffitsiyenti) beriladi. Optik usta yoki optik avtomat mashina maxsus nazorat tizimlari yordamida optik qismlarni yasaydi. Bu qismlar texnik buyurtmada belgilangandek ketma-ket optik o'qqa joylashtiriladi va mahkamlanadi. Tayyor teleskop maxsus nazoratdan o'tkaziladi va uning optik ko'rsatkichlari buyurtmadagiga mos kelsa, uni amalda qo'llashga ruxsat beriladi.
Optik teleskoplar uchta turga bo'linadi:
1) refraktor, ya’ni linzalardan yasalgan teleskop. Nurlarni yig'ish linzalarda ularni sinishi (refraksiyasi) ga asoslangan.
2) reflektor, ya’ni botiq ko'zgudan yasalgan teleskop . Nurlarni yig'ilishi botiq ko'zgudan aks qaytish natijasida ro'y beradi.
3) katadioptrik teleskop, ya’ni botiq ko'zgu va linzalar (menisk, korreksion plastinka va afokal sistema) dan yasalgan teleskop. Ular optik sxemasi yoki numi yig'ish va tasvir hosil qilish printipi, aberratsiyalarni bartaraf etish yo'llari va qanday ishlar bajarishga mo’ljallanganliklari bilan bir-biridan farq qiladilar.
2.2.1-jadval
Rentgen teleskoplarning dastlabkisi rentgen nurlarini gazga ta’siri natijasida hosil bo’lgan ion va elektronlarni sanashga asoslangan Geyger xisoblagichi (sanoqchisi) ishlash prinsipiga o’xshash bo’lgan. Rentgen nurlari maxsus tanlangan gaz (argon) tuldirilgan Geyger soqchisi bo’lib uning nur tushadigan tuynigini berilliydan yasalgan,10 mikron kalinlikdagi folga urnatilgan .U 1,5-6 keV energiya kvantlarni qayd kila oladi. Bundan teleskop orqali energiyasi 1000 meV gacha bulagn protonlar va e’lektronlar oqimini o’lchash mumkin.
Tasvir hosil kiluvchi rentgen teleskoplari ham yaratilgan. Ularning ko’zgulari parabolik va giperbolik kuzgulardan iborat. Rentgen nurlar ko’zgu sirtiga tik tushsa qaytmaydi. Ularning to’la qaytishini ta’minlash uchun rentgen fotonlari sirt yuzasiga urinmaga yaqin yunalishda tushishi kerak. SHuning uchun rentgen teleskopning kuzgusi e’grilik radiusi ikki xil (parabola, giperbola ) bo’lgan xalqasimon bo’ladi. Ular shunday simmetrik joylashtiriladiki ulardan kaytgan nurlar teleskopning foqal tekisligida yigiladi. Kuzgular oldiga xalqasimon tusik va nur saralagich urnatiladi. Tusik kalinligi 13m bo’lgan berilliy folhga λ=3,5 Ǻ dan 14Ǻ, lavsan tusik e’sa λ = 44Ǻ dan 60Ǻ larni uikazadi. Ular erdamida rentgen nurlari manbaining tasvirini hosil qilinadi.
Gamma teleskoplar xam Geyger sanoqchisi kabi ishlaydi.U gamma kvant modda bilan tuknashganda hosil bo’ladigan e’lektrondan pozitron juftligini qayd qiladi. Ammo Geyger sanoqchisida boshqa zaryadlangan zarralar tahsirida hosil bo’ladigan jaraenlar xam bo’ladi. SHuning uchun gamma kvantlarni ajratish zarurligi kelib chikadi. Buning uchun gamma kvantlar yo’liga kurgoshin konventor (almashtirish) eki ko’p qatlamli kristal kuyiladi. Bu tusiklardan gamma kvantlar utganda uzining bir kism e’nergiyasini e’lektronlarga beradi.
( Kompton sochilishi ) yoki konverterda yutiladi yoki elektrondan pozitron juft hosil bo’ladi. Hosil bo’lgan zarralarni 3ta detektor orqali aniqlanadi. Suintilyauion va CHerenkov sanoqchilari chaknash kamerasi va atom yadrolari qayd kiluvchi fotoe’mulhsiya tasvir hosil bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |