Antennaning turlari va asosiy ko’rsatqichlari Dipollardan iborat antenna. Radioto’lqinlarni hosil qilish va efirga tarqatishda umumiy uzunligi to’lqin uzunligining yarmiga teng bo’lgan ikkita metal tayoqchadan foydalanish mumkin (bu tayoqchalar, yarim to’lqin dipol yoki Gers dipoli deb ataladi). Tayoqchalarning biri yuqori chastotali o’zgaruvchan tok hosil qiluvchi generatorning bir qutbiga ikkinchisi esa, ikkinchi qutbiga ulanadi va ochiq fazoga chiqarib bir to’g’ri chiziq yo’nalishida joylashtiriladi (2.12-rasm). Generator ishga tushirilganda antenna tayoqchalari atrofida o’zgaruvchan elektromagnit maydon hosil bo’ladi va bu maydondan barcha tomonga elektromagnit to’lqinlar tarqalaboshlaydi. Radio aloqada bu yuqori chastotali to’lqinlarga past chastotali tovush to’lqinlari yuklanadi (chastota modulyatsiyasi) va iste’molchiga yetkaziladi.
To’lqinning quvvati tayoqchalarga tik yo’nalishlarda maksimal qiymatga va tayyoqchalar yo’nalishida nol qiymatga ega bo’ladi. Yo’nalishlar bo’yicha quvvatni taqsimlanishi antennaning yo’naltirilish diagrammasi deb ataladi.
Antennaning turlari va asosiy ko’rsatqichlari:
a) Dipollardan iborat antenna. Radioto’lqinlarni hosil qilish va efirga tarqatishda umumiy uzunligi to’lqin uzunligining yarmiga teng bo’lgan ikkita metal tayoqchadan foydalanish mumkin (bu tayoqchalar, yarim to’lqin dipol yoki Gers dipoli deb ataladi). Tayoqchalarning biri yuqori chastotali o’zgaruvchan tok hosil qiluvchi generatorning bir qutbiga ikkinchisi esa, ikkinchi qutbiga ulanadi va ochiq fazoga chiqarib bir to’g’ri chiziq yo’nalishida joylashtiriladi (2.1.1-rasm). Generator ishga tushirilganda antenna tayoqchalari atrofida o’zgaruvchan elektromagnit maydon hosil bo’ladi va bu maydondan barcha tomonga elektromagnit to’lqinlar tarqalaboshlaydi. Radio aloqada bu yuqori chastotali to’lqinlarga past chastotali tovush to’lqinlari yuklanadi (chastota modulyatsiyasi) va iste’molchiga yetkaziladi.
To’lqinning quvvati tayoqchalarga tik yo’nalishlarda maksimal qiymatga va tayyoqchalar yo’nalishida nol qiymatga ega bo’ladi. Yo’nalishlar bo’yicha quvvatni taqsimlanishi antennaning yo’naltirilish diagrammasi deb ataladi.
2.1.1-rasm. Yarim-to’lqin dipol antenna va unda elektromagnit to’lqinlarni hosil bo’lishi va tarqalishi. O’ngda antennani yo’naltirilish diagrammasi.
Bunday dipol antenna radio signallarni qabul qilishi ham mumkin. Buning uchun tayoqchalarni priemnik qutblariga ulash kerak. Endi tayoqchalar qabul qiluvchi antennaga aylandi va uning yo’naltirilish diagrammasi va qabul qiladigan to’lqinlari uzunligi tarqatishda qanday bo’lsa shundayligicha qoladi. Antennaning bu xususiyati almashtirish prinsipi deb ataladi.