O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi farg‘ona davlat universiteti tarix fakulteti



Download 137,33 Kb.
bet5/7
Sana11.06.2022
Hajmi137,33 Kb.
#654883
1   2   3   4   5   6   7
Mariyam Sultonmurodova 1905-yilning 13-fevralida Xivada "Yosh Xivaliklar" harakatining faol ishtirokchilaridan bo'lgan ma'rifatparvar Mulla Jumaniyoz oilasida dunyoga kelgan. Mariyam Urganch va To'rtko'ldagi yangi usul tatar maktablarida o'qigan, keyinchalik, 1919- yilda Toshkentdagi o'qituvchilar tayyorlovchi tatar Maorif institutida o'qiy boshlagan. 1920-1921-yillarda Orenburgga borib, tatar pedagogika
1 Qor qo’ynida lolalar”.Qatag’on etilgan ayollar haqida ocherklar. Mas’ul muharrir: B.Sharipov. Toshkent, “Akademiya” – 2001.
institutida ham tahsil olgan. 1922-yilda Toshkentga qaytgan Mariyamni Turkiston Respublikasi rahbarlari bir guruh mahalliy yoshlar qatorida "Endi bizning oldimizda Yevropa fan va texnikasini o'zlashtirish hamda ulardan o'zib ketish vazifasi turibdi" degan aqida bilan Germaniyaga o'qishga yuboradilar. U Germaniyada 1922-yildan 1928-yilgacha: 1923- yildan 1924-yilgacha Berlinda 6 oylik nemis tili kursida, 1924-yildan 1926- yilgacha Darmshtadt shahridagi pedagogika maktabida o'qituvchilar seminariysida tahsil oladi va 1926-yildan 1928-yilgacha, ya'ni, Toshkentga qaytib kelguniga qadar Berlinda xizmat qildi. U SSSR ga qaytgach, Toshkentdagi Eski shahar kechki Kommunistik universitetining o'quv-bo'limi mudiri, so'ng 1935-yildan "Guliston" jurnalida Sobira Xoldorova, Tojixon Shodiyeva, Saodat Shamsiyev kabi o'sha davrning ilg'or xotin-qiz jurnalistlari bilan birga ishlaydi. Matbuot sahifalarida rus va nemis klassik adabiyotining buyuk siymolari A.S.Pushkin va I.V.Gyotelar haqida maqolalar e'lon qiladi. Mariyam Sultonmurodovani Toshkentga qaytgan paytlarida Englyand ismli professor orqali josuslik ishlari olib borganlikda (unga nisbatan soxta guvohlik bergan shaxs bilan yuzlashtirish iltimosi rad etilgan), Parijda bo'lgan vaqtlarida Mustafo Cho'qayev bilan aloqada bo'lganlikda, "Yangi turmush" jurnalida ishlab turib, aksilinqilobiy millatchilik yo'lini o'tkazganlikda, xullas, uyushgan jinoyatchilikda (bu faoliyatga doir biror-bir fakt ham keltirilmagan) aybladilar. Vaholanki, u Germaniyaga o'qishga ketgan vaqtida endigina 17 yoshga kirgan, O'rta Osiyodagi aksilinqilobiy faoliyat haqida hech qanday ma'lumotga ham ega emasdi. "Nohotki, men sayohat vaqtimdagi har bir tasodifiy uchrashgan odam uchun javob berishim kerak bo'lsa?!",
- deb ta'kidalydi u. 1937-yillarda "Yorqin turmush" nomida chop etilgan oynomaning birinchi muharriri Tojixon Shodiyeva va undan keyingi muharrirlardan Sobira Xoldorova va adabiy xodima Mariyam Sultonmurodova "xalq dushmani" sifatida turli muddatlarga qamoq jazosiga mahkum etilib, Sibirning turli lagerlarida qamoq muddatini o'tab qaytdilar. Mariyam Sultonmurodova 1937-yil 15-sentabra xibsga olindi va Toshkent turmasiga qamaldi. Bu paytda u 32 yoshda bo'lib, ikki farzandi: 7 yoshli o'g'li Po'lat va Anor ismli emizikli qizi bo'lgan. U 1937- yil sentabrdan to 1939-yilgacha avval Toshkent, Qozon va Suzdal qamoqxonalarida, so'ng uzoq Kolimanning qahraton sovuqlari ostidagi "Dalstroy"ga surgun qilinadi. Bu yerda 1947-yil 13-sentabrgacha ishlab, keyinchalik oqlansa-da, oradan ikki yil o'tar-o'tmas yana qamaladi va surgun qilinadi. Omon ismli o'g'li so'nggi yillarda turmada tug'ilib, o'sha yerda o'sgan. Qizi Anorxon 1954-yilda ToshMI tomonidan "Malik" sovxozida paxta terimida yurgan paytda, Maryam Sultonmurodova
so'nggi surgundan oqlanib, qizini izlab paxta dalasiga keladi. O'sha paytda sanitariya-gigiyena bo'limi rahbarlari Anorxonni tuhmat bilan 10- 15 yil qamoqda bo'lib qaytgan onasi bilan birga bir-ikki kunga uyiga borib kelishiga ham ruxsat berishmaydi. Ertasi kuni Mariyam Sultonmurodova Urganchga yo'l oldi va umrining oxiriga qadar o'zi tug'ilgan Urganch shahar, Chandir qiyot qishlog'ida o'zi sevgan matbuotchilik sohasidan tamomila uzoq bo'lgan boshqa bir sohada ishlashga majbur bo'ldi. SSSR Oliy Sudi Harbiy Kollegiyasining adliya polkovnigi Lixachev raisligidagi hay'ati 1957-yil 2-avgustdagi majlisida "Yorqin turmush" jurnalining sobiq adabiy xodimi Mariyam Sultonmurodova ishi qayta ko'rilib, uning oqlanganligini e'lon qiladi. Harbiy kollegiya qarorida shunday deyiladi: "SSSR Oliy Sudi Harbiy Kollegiyasining 1938-yil 9-oktabrda chiqargan hukmi va SSSR DAM Alohida Majlisining 1949-yil 3-avgustda Sultonmurodova Maryam masalasida chiqargan qarori yangi ochilgan tafsilotlar tufayli bekor qilinsin va bu haqdagi ish jinoyat tarkibi bo'lmagani uchun tegishli imzolar bilan ishlab chiqarishdan to'xtatilsin.Asliga to'g'ri: Harbiy Kollegiya zobiti Artishchenko 10.09.1957-yil. Umuman olganda, 1937-1939-yillarda O’zbekistonda to’qib chiqarilgan soxta ayblovlar bo’yicha 41000 nafardan ortiq kishi xibsga olinib, ulardan 37000 nafardan ortig’i jazolangan, 6920 nafari esa otib tashlangan.sobiq Ittifoqning tarixi sahifalarida millionlab fuqarolarning qonlari bilan yozilgan sahifalari mavjud bo`lib, bu mustabid sovet tuzumining qatag`onlik siyosatidir.XX asrning 30 yillariga kelib jahon xaritasida mutlaqo qayd etilmagan "Gulag" lagerlari tashkil topdi. Uning fuqarolari haq-huquqsiz Sovet Ittifoqi Qahramonlari, mashhur fan-arboblari, mohir diplomat, shoir va yozuvchi, rassom yoki nomlari hech kimga ma`lum bo`lmagan ishchi, kolxozchilar edi.Bu albatta sovet davlatining qatag`onlik siyosati natijasi edi. Turkiston ozodligi uchun kurashganlarni «Bosmachi» tamg`asi bilan yo`q qilinib tashlandi. So`ng aholini mehnat qilib biror narsa orttirgan o`rta hol qismi bu baloga giriftor etildi.Alohida hech qanday g`ayri qonuniy harakatlar sodir qilmagan partiyaning ichki muholiflari 20-yillarning 2-yarmidan boshlaboq qamoqqa olindi va surgun qilindi. Shundan keyin qatag`onlar ko`payib, ularning sabablari esa soxtalashtirildi. Bu birinchi galda jadid maktablarining mutaxassislari: olimlar, injenerlar, agronomlar, iqtisodchilar va ziyolilar guruhiga ta`lluqli edi. Ularning ko`pchiligini josuslar «qo`poruvchilar» «xalq dushmani» deb e`lon qilinib, turli xil jazolarga (qamoq, surgun, otuv va h.k.) hukm qilindi.Kishloq xo`jaligini yoppasiga kollektivlashtirish davrida dexqonlarning anchagina qatlamlari qatag`on qilindi. Yangi qurlishlardagi yosh ishchilar, qishloqlarda naridan beri o`qitilgan mexanizatorlar ko`pincha texnika buzilishida aybdor bo`lib qoladilar. Bu ham keyinroq sinfiy dushman qo`poruvchiligi sifatida baholanadigan bo`ldi.«Sinfiy dushman unsurlar»ga qarshi ishlarni 1929 yildan e`tiboran «uchlik» deb ataluvchi komissiyalar ko`rib chiqa boshladilar. Uning tarkibi quyidagicha bo`lar edi: ya`ni, Raykomning birinchi sekretari, Rayon ijroiya komiteti raisi, Rayon GPUsining boshlig`idan iborat bo`lar edi. Mahkum etilganlar shimolga GULag Arxipelaglariga tushar edilar.Qatag`onlar 30-yillar boshigacha asosiy sinfiy dushman unsurlar-«quloqlar», «burjua mutaxassislari»ga qarshi kurash ostida olib borildi.1934 yildan boshlab qatag`onlar partiyaning avvalgidan ham kengroq ko`lamda ya`ni, «Fashizm agenti», «Kapitalistik burjua davlat tarafdori», «Antisovet markaz tashkilotchisi», «Ko`poruvchi», «Shpion» kabi aybnomalar ostida boshlanib ketdi. Bunga MK siyosiy byurosining a`zosi, partiya MK va Leningrad shahar komitetining sekretari S.M.Kirovning 1934 yilning 1 dekabrida o`ldirilishi bahona bo`ldi. Bu ishning shaxsan uyushtiruvchisi Stalin edi, ammo bu ishdan xabardor bo`lgan barcha guvohlar yo`qotildi.Davlat jinoyatchilari uchun qamoq muddati 10 yildan 25 yilgacha oshirildi. VKP(b) MKning sekretari Kaganovichning taklifiga ko`ra, siyosiy ayblovlar bo`yicha ishlar suddan tashqari tartibda, lekin oliy jazo chorasi qo`llanilgan holda qarab chiqila boshlandi. 1934 yil OGPU ichki ishlar xalq Komisarligi qilib qayta o`zgartirildi (NKVD-ruscha-muallif).1937 yili dunyo matbuotida harbiylar ishi deb atalgan sud prosessi e`lon qilindi. Unda Qizil Armiya harbiy boshliqlarining ko`pchiligi Stalin tomonidan qoralandi. 1937 yilning 2 iyunidagi gazetalarda Harbiy Kollegiya sudiga yirik harbiy boshliqlar: M.N.Tuxachevskiy, I.E.Yarkin, I.P.Uborovich, R.P. Eydeman berilgani e`lon qilindi va ular shu kunning o`zidayoq otishga hukm qilindilar. Bunday qatag`on ilgari Qizil Armiya safini podsho zabitlaridan, generallaridan tozalash sifatida 20-yillarda bo`lgan bo`lsa, 30-yillar oxirida endi sotqin, «Troskiychi-Zinobyevchi» inqilob dushmani kabi soxta ayblovlar bilan almashgan edi.Voroshilovning ma`lumotiga ko`ra, 20 yildan 30 - yillarning yarmigacha Qizil Armiya safidan 47 mingta harbiy va 5 mingta muxolif chetlatilgan. O`sha paytda SSSRda 5ta marshal bo`lgan bo`lsa, shundan 3 tasi: Tuxachevskiy, Yegorov, Blyuxer terror qurboni bo`ldi. Faqat Voroshilov va Budyonniy tirik qolgan edilar. Stalin qatag`onlarining xususiyatli tomoni shunda ediki, bu qatag`ondan hukumat boshliqlaridan tortib farroshgacha qochib qutula olmas va ular uchun keragicha aybnoma topilar edi. Masalan: 1928 yili Yoqutlar isyonidan keyin 35 ming kishi otib tashlandi, 1930 yil boshida Ukrainani ajratib olish ittifoqi ishi sudda ko`rildi va professor Yefremov va Chekovskiylar hamda ko`plab kazaklar yo`q qilindi.Markazda va joylarda harbiylar, injenerlar, razvedkachilar, partiya va Sovet rahbarlariga qarshi o`tkazilgan qatag`onlar mudofaa salohiyatiga berilgan ulkan zarba bo`ldi. Stalin Gitlerchilar Germaniyasining harbiy rejalari to`g`risidagi qimmatli ma`lumot olishga erishgan razvedkaga ishonmay Qizil Armiya Bosh Shtabi Bosh Razvedka Boshqarmasining 5ta boshlig`ini birin ketin qatag`on qildi.Qatag`on haqida general - leytenant Pavlenko shunday degan edi; «Dunyo tarixida yaqinlashib kelayotgan urush arafasida hech qaysi mamlakat ayovsiz va keng doirada o`z harbiy mutaxassislarini yo`q qilganini bilmaydi»1937-1938 yillar qatag`on avjiga chiqqan davr bo`lib bunda ko`plab partiya va davlat arboblarini nohaq qurbon qilindi. Jumladan, butun boshqaruv apparati Leningradda yo`q qilindi. Bunday qatag`onlar RSFSR, Ukraina, Ozarbajon, Gruziya, Armanistonda ham keng qo`lamda amalga oshirildi.Sovet fanining nazariyotchilari, olimlar va novatorlari ham qatag`on qurbonlari bo`ldilar. Masalan: genetika fanining otasi Vavilov, geografik - biosfera ta`minot nazariyotchisi Vernadskiy V.I., Ioffe - fizik, Luzin - buyuk matematik, Lisenko - biolog nazariyotchi, Bulgakov, Platonov kabi adabiyot nomoyandalari va xokozalarning qatag`on etilishi ilm-fan va madaniyatning chinakam fojeasi bo`ldi.
O`zbekistondagi partiya xodimlari va davlat arboblarining yo`q qilinishi ham o`ziga xos tarzda amalga oshirildi. Butun Sobiq ittifoqda bo`layotgan qatag`on siyosati Komunistik partiyaning Uzb madaniy hayotidagi olib borgan

Download 137,33 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish