O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI FARG’ONA DAVLAT UNVERSITETI 19.76 B GURUH TALABASI ISLOMIDDIN MUSOJONOVNING YOSHLAR FIZIOLOGIYASI VA GIGIYENASI FANIDAN “BOLALARDA IKKINCHI SIGNAL TIZIMINING RIVOJIGA TA’SIR ETUVCHI OMILLAR” MAVSUSIDA TAYYORLAGAN MUSTAQIL ISHI.
TAYYORLADI: I. MUSOJONOV QABUL QILDI: D. O’RMONOVA
FARG’ONA-2022. MAVZU: BOLALARDA IKKINCHI SIGNAL TIZIMINING RIVOJIGA TA’SIR ETUVCHI OMILLAR. REJA: Bolalarda birinchi va ikkinchi signal sistemasining o’zaro ta’siri Bola oliy nerv faoliyati tiplarining xususiyatlari va ularni tarbiyalash Ikkinchi signal tizimi
Bolalarda birinchi va ikkinchi signal sistemasining o’zaro ta’siri
Birinchi signal sistemasining asosiy qonuniyatlari ikkinchi signal sistemasida ham ro’yobga chiqadi. Birinchi va ikkinchi signal sistemalari bosh miyadagi nerv jarayonlarining shakllari hisoblanadi va turli darajada murakkabligi bilan farq qiladi. Odamning hayot sharoiti yaxshi bo’lganda ikkinchi signal sistemasi ma’lum darajada birinchi signal sistemasini va his- tuyg’u faoliyatini boshqarib turadi. Hayot davomida birinchi va ikkinchi signal sistemasi rivojlanib boradi.
Bog’cha yoshidagi bolalarda kechikuvchi shartli reflekslar boshqa refleks-larga nisbatan juda qiyinlik bilan sekin hosil qilinadi. Kechikuvchi shartli reflekslarni tez-tez hosil qilish mudrash, uyquchanlikka, ba’zan fiziologik uyquga sabab bo’ladi. Ular tez-tez va kuchli hosil qilib turilsa, buning natijasida ayrim hollarda bolalar nerv sistemasida vaqtincha o’zgarishlar paydo bo’ladi. Shartli refleksning kechikishi faqat shartli ta’sirlovchilar tabiati bilan emas, balki bola nerv sistemasining tipi, holati bilan ham belgilanadi. Bolalarda ta’sirlovchilar asta-sekin nozik tabaqalanadi.
Bolalarda qiyosiy tormozlanish qiyinlik bilan vujudga keltiriladi, asta-sekin mashq qilib turish bilan u takomillasha boradi. Masalan, bolada qizil koptokka harakat shartli refleksi hosil qilingan bo’lsa, koptokning rangi yoki hajmi bir oz o’zgartirilganda qiyosiy tormozlanish hosil bo’ladi. Bunday tormozlanish organizmning tashqi muhit ta’sirlariga moslashishiga imkon beradi. O’qituvchi dars berishda taqqoslash, solishtirish va boshqa usullardan foydalanadi. U qo’shishni ayirish bilan, o’lik va tirik tabiatdagi hodisalarni o’zaro solishtirib ko’rish usullaridan foydalanadi.
Mashq qilish yo’li bilan qiyosiy tormozlanish ortib, ikkinchi signal sistemasi birinchi signal sistemasi asosida shakllana boradi. A.G. Ivanov-Smolenskiy (1929) bolalarda birinchi va ikkinchi signal sistemalari orasidagi o’zaro bog’lanishning rivojlanishini sxema ravishda quyidagi bosqichlarga bo’ladi:
Birinchi signal sistemasining bevosita shartli reflekslari. Bunda tashqi bevosita ta’sirlovchilar (ko’rish, eshitish, sezgi, hidlash, ta’m bilish) organlarga ta’sir qilib, bola organizmida harakat yoki vegetativ reak-siyalarni paydo qiladi. Ikkinchi signal sistemasi shakllanmaganidan shartli reflekslarda so’z ishtirok etmaydi. Bunday shartli reflekslar bola hayotining birinchi oylarida hosil qilinadi.
So’z ta’sirida bevosita shartli reflekslar hosil qilish. Masalan, bolaning tili chiqishidan ancha oldin atrofidagi odamlarning so’zlariga vegetativ shartli reflekslar yordamida javob qaytaradi. Bunday shartli reflekslar bola 6 oylik bo’lganida, ayniqsa yoshiga to’lganda hosil bo’ladi.
Bevosita so’zga shartli reflekslar hosil bo’lishi. Bunday shartli reflekslar kishilar va narsalarning nomlarini va hodisalarni bola ma’lum so’zlar bilan bog’lashga o’rganishi natijasida vujudga keladi. Bola yuqorida aytib o’tilgan ikki guruh shartli reflekslarga uchinchi guruh shartli reflekslarni bog’laydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |