I Bob
1.1 Dala ekinlarining guruhlarga bo’linishi va kelib chiqish markazlari
Dala ekinlari orasida insonga zarur bo'lgan mahsulotni yetishtirish uchun turli ekinlar ekiladi. Bu o'simliklarning tuzilishi, biologik xususiyati va yetishtirisli texnologiyasi ham turlichadir.
Bu o'simliklami o'rganish oson bo'lishi uchun ular guruhlarga bo’linadi. O'simliklarni guruhlarga bo'lishda turli usullardan foydalanish mumkin. Hozirda qabul qilingan o'simliklar tasnifi dala ekinlaridan olinadigan mahsulotga asoslangan (1-jadval).
1-jadval
Dala ekinlarini ishlab chiqarish va botanik-biologik guruhlanishi
Ishlatilish bo'yicha guruhlar
|
Biologik guruhlar
|
O'simlik nomi
|
|
1. Don ekinlari
|
1. Haqiqiy don ekinlari
|
Bug'doy, Arpa, javdar, suli. tritikale
|
|
2. Tariqsimon don ekinlari
|
Makkajo'xori, jo'xori, sholi, tariq, marjumak
|
|
3. Dukkakli-don ekinlari
|
Ko‘k no'xat, mahalliy no'xat, loviya, yasmiq, burchoq, soya, lyupin, xashaki dukkaklar
|
|
2. Yem-xashak ekinlari
|
1. Ko'p yillik dukkakli o‘tlar
|
Beda, qizil sebarga, qashqarbeda. bargak
|
2. Ko'p yillik qo’ng’irbosh o’tlar
|
Ko‘p o'rimli mastak, bo‘ychan mastak, yaylov mastagi, oq so'xta, bug'doyiq, erkak o't, betaga, yaltirbosh.
|
3. Bir yillik dukkakli o'tlar
|
Shabdar, bersim, vika.
|
4 Bir yillik qo‘ng'irbosh o'tlar
|
Sudan o'ti, qo'noq, bir yillik mastak
|
3. Tuganak meva
va ildizmevalilar
|
1.Tuganakmevalilar
|
Kartoshka, yer noki, batat.
|
2. Ildizmevalilar
|
Qand lavlagi, xashaki lavlagi, xashaki sabzi, xashaki sholg'om
|
4. Moyli ekinlar
|
I. Seryog' moyli ekinlar
|
Kungarboqar, maxsar, kunjut, kanakunjut, yeryong'oq, moyli zig'ir, raps, soya.
|
2. Efir moyli ekinlar
|
Oq zira, qora zira, kashnich. arpabodiyon
|
5. Tolali ekinlar
|
1. Urug'ida tola hosil qiladigan ekinlar
|
G'o'za
|
2. Poyasida tola hosil qiladigan ekinlar (lub tolali ekinlar.
|
Tolali zig'ir, kanop, tolali nasha, jut.
|
3. Bargida tola hosil qiladigan ekinlar
|
Tolali banan, Yangi Zelandiya zig'iri.
|
6. Narkotik ekinlar
|
Narkotik ekinlar va qulmoq (xmel)
|
Tamaki, maxorka, qulmoq.
|
Aholini oziq-ovqat mahsulotlari bilan to'Ia ta'minlash uchun o'simlikshunoslik tarmog'i rivojlanishini jadallashtirmoq zarur. Qishloq xo'jalik ekinlaridan yuqori hosil yetishtirish uchun bir qator muhim tashkiliy-iqtisodiy chora-tadbirlarni amalga oshirish, ishlab chiqarishning moddiy-texnika bazasini yanada mustahkamlash, o'g'itlardan keng foydalanish, tuproqning unumdorligini, meliorativ va ekologik holatini yaxshilash, yangi intensiv navlarni yaratish kabi ishlarni amalga oshirish lozim.
Hozirda dala o'simliklarini ekib mo'l va sifatli hosil yetishtirishda ilg'or texnologiyalar ishlab chiqilmoqda va joriy etilmoqda. Ekiladigan o'simliklaming tur va navlari ko'paytirilmoqda, har yili yangi-yangi navlar tumanlashtirilmoqda, urug'shunoslik va urug'chilik ishlari tashkil etilmoqda.
O’simlikdan yuqori xosil olishni ta’minlaydigan texnologiyalar yaratilganda eng avval o’simliklarning biologik xususiyatlariga asoslanadi. O’simlikning «biologiyasi» deb o’suv davrida o’simlikda bo’ladigan o’zgarishlar va rivojlanishi uchun talab qilinadigan sharoit tushuniladi. O’simlikning tashqi sharoitga talabi o’rganilganda, bunda uning issiqlikka, yorug’likka, suvga, ozuqaga va tuproqga bo’lgan talabi hisobga olinadi. O’simlik turlari yoki genotip ma’lum bir tuproq va iqlim sharoitida shakllanadi va shu jarayonda o’simlikda ma’lum biologik xususiyatlar vujudga keladi. Demak, o’simlikning biologiyasini bilish uchun uning kelib chiqqan mintaqalarini bilmoq zarurdir. Bu ma’lumot juda muxim bo’lganligi uchun olimlar tomonidan tadqiqot qilinib, o’simliklarning 12-ta kelib chiqish markazlari aniqlangan:
1. Xitoy-Yaponiya markazi - soya, yumshoq bug’doy, marjumak.
2.Indoneziya-Janubiy Xitoy - suli, shakar qamish, meva va sabzavot ekinlari.
3. Avstraliya markazi - sholi, go’za, sebarga, tamaki.
4. Xindiston markazi - sholi, xind bug’doyi, g’o’za turlari, meva va sabzavot ekinlari.
5.O’rta Osiyo markazi - Tojikiston, O’zbekiston, Afg’oniston ko’k no’xat, mosh, yasmiq, no’xat, nasha, g’o’za turlari, qovun, ko’p yillik o’simliklar.
6.Old Osiyo markazi - (tog’li Turkmaniston, Eron, Kavkaz orti, Arab yarim orollari) bug’doy turlari, arpa, suli, javdar, ko’k no’xat, beda, zig’ir sabzavot va meva ekinlari.
7.O’rta er dengizi markazi - (Misr, Suriya, Falastin, Italiya, Gretsiya) suli, arpa, bug’doy turlari, zig’ir, karam, lavlagi, sabzi, sholg’om, piyoz, sarimsoq, ko’knori, oq xantal.
8.Afrika markazi - jo’xori turlari, tariq, kanakunjut, sholi, bug’doy turlari, dukkakli ekinlar, kunjut, g’o’za turlari.
9. Ovropa - Sibir markazi- tolali zig’ir, duragay sebarga, beda turlari, meva va sabzavot ekinlari.
10. Markaziy Amerika- Makkajo’xori, loviya, qovoq, shirin kartoshka, maxorka, qalampir, ko’p yillik o’simliklar.
11. Janubiy Amerika - madaniy kartoshka, tamaki, pomidor, makkajo’xori turlari.
12.Shimoliy Amerika- arpa turlari, lyupin, kungaboqar, sabzavot va rezavor o’simliklar.
O’simliklarning kelib chiqishi, tarqalishi katta ilmiy va amaliy axamiyatga ega. O’simlikshunoslik fani o’simliklarning dastlabki ekila boshlanishi, tarqalishi, qo’llanishi bo’yicha ma’lumotga ega bo’lishi kerak. O’simliklarning kelib chiqishi markazlarini bilish asosida biologiyasini, genetikasini va seleksiyasini tadqiqot qilib, shu o’simliklardan yuqori hosil etishtirishni boshqarishda va yangi navlarni yaratishda samaradorlikni oshirishga yordam beradi.
Dala o’simliklarning orasida insonga zarur bo’lgan mahsulotni etishtirish uchun xar xil o’simliklar ekilmoqda. Bu o’simliklarning tuzulishi, biologik xususiyati va etishtirish texnologiyasi xam xar xil.
Bu o’simliklarni o’rganish oson bo’lishi uchun guruxlarga bo’linadi. Dala ekinlarini tasnifi olinadigan mahsulotga qarab tuzilgan. Bu tasnif bo’yicha dala ekinlari 6-ta guruxga bo’lingan:
1. Donli ekinlar - Bu ekinlar o’zaro 3 ta biologik guruxlarga bo’linadi:
a) xaqiqiy don ekinlari (bug’doy, arpa, javdar, suli, tritikale);
b) tariqsimon don ekinlari - (makkajo’xori, jo’xori, tariq, sholi, marjumak);
v) don-dukkakli ekinlar - (ko’k no’xat, maxalliy no’xat, loviya, soya, yasmiq, burchoq).
2. Em-xashak o’tlar - bu gurux 4 ta biologik guruxlarga bo’linadi:
a) ko’p yillik dukkakli o’tlar-beda, sebarga, bargak, kashqarbeda,
b) ko’p yillik qo’ngirbosh o’tlar-mastak turlari, oqso’xta, erkak o’t, yaltirbosh, ajriqbosh;
v) bir yillik dukkakli o’tlar -shabdar, bersim, vika;
g) bir yillik kungirbosh o’tlar -sudan uti, kunok, mastak.
3. Tuganakmevali, ildizmevali va poliz ekinlar - bu gurux 3 ta biologik guruxlarga bo’linadi:
a) tuganakmevali ekinlar-kartoshka, topinambur, batat;
b) ildizmevali ekinlar-qand lavlagi, xashaki lavlagi, xashaki sabzi, xashaki sholg’om;
v) poliz ekinlar-qovun, tarvuz, qovoq,
4. Moyli ekinlar - 2 ta biologik guruxga bo’linadi:
a) seryogli o’simliklar-kungabokar, maxsar, kunjut, er-yongok, moyli zigir, raps;
b) efirmoyli ekinlar-ok zira, kora zira, kashnich, arpabodiyon.
5. Tolali ekinlar-bu gurux 3-ta biologik guruxga bo’linadi:
a) tola urug’da rivojlanadi – g’o’za turlari;
b) tola poya po’stlog’ida rivojlanadi - kanop, jut, zig’ir, rami;
v)tola bargda rivojlanadi - tolali banan, Yangi Zelandiya zig’iri.
b.Narkotik o’simliklar - tamaki va maxorka.
O’zbekistonning xududida qadimdan beri bug’doy, arpa, beda, tariq, jo’xori ekilib kelinmoqda. Keng tarqalgan o’simliklardan g’o’za turlari, meva-sabzavot va poliz ekinlari ekilmoqda. O’zbekiston o’z axolisini oziq-ovqat mahsuloti bilan to’la ta’minlash uchun o’simlikshunoslik tarmog’ini rivojlanishini jadallashtirmog’i lozim. Qishloq xo’jalik ekinlaridan yuqori xosil etishtirish uchun bir qator muhim tashkiliy iqtisodiy chora-tadbirlarni amalga oshirish, ishlab chiqarishning moddiy texnika bazasini ancha mustahkamlash, o’g’itlardan keng foydalanish, erlarning unumdorligini, meliorativ va ekologik xolatlarini yaxshilash, yangi intensiv navlarni yaratish kabi ishlarni amalga oshishi lozim. O’zbekistonda g’o’za 1,5 mln.ga, donli ekinlar suvli yerlarda 1 mln, lalmi yerlarda 300 ming.ga. ekilmoqda. 1998 yili O’zbekiston don mustaqilligiga erishdi.
1.2 O’simliklarning o'sishi, rivojlanishi, hosili va uning sifatini boshqarish.
Ekinlar biologiyasi ularni yetishtirish texnologiyasining nazariy asosidir. Dala ekinlari tashqi muhit omillari – yorug’lik, harorat, tuproq va havo namligi, tuproqdagi oziqa elementlari ta'sirida doimo sutkalik, mavsumiy va yillar bo'yicha o'zgarib turadi.
Tabiiy sharoitda hosilning shakllanishiga tashqi muhit omillari ta'sir qilib boradi. Tashqi muhit omillari (yorug'lik, suv, havo, oziqa moddalar) o'zaro teng qiymatga ega va ularning birini ikkinchisi bilan almashtirib bo'lmaydi.
Tabiiy omillar fiziologik ta'siriga ko'ra o'simliklar hayoti uchun bir xil qiymatga ega. Hayotiy omillar faqatgina turli o'simliklar uchun emas, balki ularning hayotiy jarayonlari, davrlari uchun ham har xil ta'sir ko'rsatadi.
Har bir sharoitda hosilning shakllanishi, uning miqdori, sifati yetishmaydigan omilga bog'lanib qoladi. Ma'lum bir sharoitda tashqi omil ko'rsatkichlari muqobil darajada bo'lganida o'simlik yaxshi o'sib rivojlanadi va yuqori sifatli hosil shakllanadi. Tashqi omillarning bir qismini inson boshqara olmaydi, bir qismini qisman va ayrimlarini to'la boshqara oladi.
Shunga ko'ra, hosilga ta'sir qiladigan omillarni quyidagi uch guruhga bo'lish mumkin:
Do'stlaringiz bilan baham: |