O‘zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi farg’ona davlat


XIX asr oxiri va XX asr boshlarida jadidchilik g’oyalari



Download 425,5 Kb.
bet16/85
Sana03.06.2022
Hajmi425,5 Kb.
#633513
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   85
Bog'liq
Политология маруза

XIX asr oxiri va XX asr boshlarida jadidchilik g’oyalari. XIX asr oxiri va XX asr boshlarida Turkiston o’lkasida «Jadidchilik» harakati paydo bo’ldi. Bu harakatning xalqimizning milliy, ijtimoiy va madaniy jihatdan o’tmishida o’ziga xos o’rni mavjud.
Jadidchilik aslida ma’rifatparvarlik harakatining ko’rinishi bo’lib, uning namoyandalari mamlakatni qoloqlikdan chiqarish va milliy taraqqiyotga erishishning ma’rifiy yo’lini ko’rsatdilar.
CHor rossiyasining chekka va mustamlaka o’lkasi bo’lgan Turkistonda maktab - maorifning yangilanishi, yangi adabiyotning vujudga kelishi, milliy teatr, matbuotning tug’ilishi va yo’lga qo’yilishi ham jadidchilik harakatining samaralaridir.
Jadidlarning ijtimoiy-siyosiy qarashlarida bir xillik bo’lmagan: idora mashrutachilik (konstitutsion monarxiya) dan jumhuriyatchilik (respublika) namoyandalari qarashlarida xilma-xillik bo’lgani, ba’zi masalalarda jiddiy farq borligini inkor qilmagan holda, jadidizm muayyan qarashlar tizimi sifatida shu davr ehtiyojlarini ifodalar edi.
Jadidchilik ijtimoiy-siyosiy, ma’rifiy harakat sifatida sahnaga endigina chiqib kelayotgan sharoitda Turkistonda chorizm harbiy-mustamlaka ma’muriyatiga qaramlik keskin qarshi chiqishga imkon bermas edi. SHubhasiz, ana shu tarixiy vaziyat jadidchilik harakatida ham o’z aksini topdi. Unda mustamlakachilik rejimiga qarshi qaratilgan g’oyalar bilan birga ikkilanishlar, mo’’tadillik g’oyalari uyg’unlashgan edi.
Turkistonda jadidchilik harakatiniing shakllanishi va rivojlanishida matbuot o’ziga xos o’ringa ega bo’ldi. Ularning gazeta va jurnallari o’lkada keng tarqalib musulmon aholisining siyosiy ongi o’sishida muayyan rol o’ynadi.
1906 yildan boshlab Turkiston jadidlari o’zlarining «Taraqqiy», «Xurshid» nomli gazetalarni nashr qila boshladilar. Garchi bu nashrlarda mo’’tadillik, ikkilanishlar va jur’atsizliklar ma’lum darajada sezilib tursada, ammo chorizmning o’lkadagi mustamlakachilik siyosatini qoralovchi keskin maqolalar ham bosilib turdi.
Jadidchilik o’zining yaxlit tashkiliy nizomi va dasturiga ega bo’lmagan. CHunki u tashkiliy jihatidan siyosiy harakat darajasiga ko’tarilmagandi.
Jadidlar harakatining Turkistondagi namoyandasi, uning asoschilaridan biri Mahmudxo’ja Behbudiydir (1879-1919-yillar). Behbudiy Samarqand shahrida ruhoniy oilasida dunyoga keladi. U bolalik chog’larida ilm - fanga qiziqadi, hisob, huquq, din, arab va fors tillaridan chuqur saboq oladi.
U haj qilib Makka va Madinaga boradi, Misr va Turkiya shaharlariga sayohat qiladi. Birinchi rus inqilobi arafasida Behbudiy Peterburg, Moskva, Qozon, Ufa va Orenburg kabi Rossiya shaharlarida bo’ladi. Bu safar unda chuqur taassurot qoldiradi. Behbudiy shu davr yangi madaniyati bilan yaqindan tanishadi va uning yirik namoyandalari bilan muloqotda bo’ladi.
Behbudiy milliy manfaatlarni himoya qila oladigan, iqtisodiy va siyosiy qaramlikdan, qoloqlikdan qutulish muammolarini biladigan zamonaviy bilimga ega kadrlar bo’lishi lozimligini alohida ta’kidlaydi. Agar biz madaniyat va iqtisod sohalarida boshqa millatlarga qaram bo’lishni istamasak. Biz milliy sudьyalar, advokatlar, o’qituvchilar, davlat arboblari, injener, savodli tijoratchilarni tayyorlashimiz zarurligini ta’kidlaydi.
Rossiya musulmonlarining milliy oozodlik harakati natijasida 1905 yilda tashkil topgan musulmonlar partiyasi Behbudiyning faoliyatini yuksak baholaydi va Turkiston masalalari bo’yicha u bilan maslahatlashib turadi.
Behbudiy o’zining turli partiyalarga bo’lgan munosabatini ifodalab, u kadetlarni qo’llab - quvvatlashga chaqiradi. Lekin u musulmonlar partiyasiga xayrxohligini bildiradi. Bu partiya o’zining umumiy siyosiy talablari va e’tiqodi bilan kadetlar partiyasiga yaqin tursada, u musulmonlar manfaatini himoya qilish uchun tuzilgan. SHuning uchun Turkiston musulmonlari, siyosatda kadetlarni qo’llasada, musulmonlar partiyasiga qo’shilishi darkor. Bu partiyaga xizmat qilish uning tarafdorlari bo’lish dinimiz, vatanimiz va millatimizga xizmat qilishdan iborat, deb hisoblaydi.
Behbudiyning asarlari, maqolalari va isloh loyihalarida bayon qilingan g’oyalar jadidlar harakatining asosiy dastur hujjatlari, harakat qo’llanmasi bo’lib xizmat qildi. Uning g’oyalarini tashviqot qilishda Buxoroda chiqarilgan «Turon» gazetasi (1912 y.) katta ahamiyatga ega bo’lgan.
Behbudiy ozodlikka olib borishda ma’rifatning rolini yaxshi tushunadi. U shunday yozadi: «maorif bo’limida ishlab turgan musulmonlarning boshini silangiz. Mafkuraga yordam etingiz. O’rtadan niqobni ko’taringiz, Turkiston bolalarini ilmsiz qo’ymangizlar. Har ish qilsangiz, jamiyat ila qilingiz. Hammaga ozodlik yo’lini ko’rsatingizlar...»5
Behbudiy jadidchilik harakatining boshqa bir qancha rahbarlari Munavvar qori, Fitrat bilan birgalikda umrining oxirgi daqiqalarigacha o’z xalqining ma’naviy yuksalishi uchun xayrxoh bo’lib qoldi. U o’zining erksevar g’oyalari uchun ta’qib ostiga olindi va o’ldirildi.
Jadidchilik harakatining yana bir ko’zga ko’ringan vakillaridan biri Munavvar qori Abdurashidxon o’g’lidir. 1878 yili Toshkentda tug’ildi. Uning otasi o’z davrining ma’rifatli kishisi edi.
Munavvar qori ham boshqa jadidchilar kabi Vatan ravnaqi va millat taraqqiyotining asosiy omili sifatida xalqni savodli va ma’rifatli qilish deb qaraydi. U ana shu fikrdan kelib chiqib, Toshkentda 1901 yilga kelib, yangi uslubdagi maktab ochadi va unga o’zi rahbarlik qilib, musulmon bolalarini o’qita boshlaydi. U tomonidan ochilgan maktab keyinchalik namunaviy maktab darajasiga ko’tariladi.
Munavvar qorining qarashlariga xos asosiy xarakterli tomon shundaki, u Turkistonni chorizm mustamlakasidan ozod qilish, mustaqil musulmon davlatini va milliy birlikni vujudga keltirish asosida taraqqiyotga erishish uchun kurash olib bordi. Uning boshchiligida «Ittixodi taraqqiyot», «Milliy ittixod» kabi tashkilotlar tuzilib (1920-1930 yy.), yashirin holatda erkinlik g’oyalarini keng xalq ommasiga targ’ib qilib keldi. Olib borilgan ishlar zoe ketmadi: xalq ommasining zo’ravonlikka qarshi nafrati kuchaydi va uning milliy siyosiy ongi o’sdi.
Munavvar qorining milliy taraqqiyot uchun olib borgan g’oyalari tufayli sobiq zo’ravon sho’rolar hukumati uni qattiq ta’qib ostiga oldi. U 1931 yil 26 aprelda sobiq SSSR Xalq Komissarlari kengashi qoshidagi «Birlashgan bosh Siyosiy boshqarmasining sudlov kollegiyasi qarori» asosida otib tashlandi.
Jadidlar va milliy ozodlik harakati. CHor hukumatining ag’darilishi o’lkada mustamlakachilik siyosatini va milliy zulm ildizlarini chuqur larzaga uchratib, milliy ozodlik tuyg’ularining kuchayishiga olib keldi. O’lka tub aholisining siyosiy ongida va kurashida muayyan o’zgarishlar sodir bo’lib, «SHo’roi Islomiya», «sho’roi Ulamo» singari partiyalar tashkil topdi. «SHo’roi Islomiya»ning tashkilotchilaridan biri jadid Munavvar qori Abdurashidov edi. Bu partiyaning vaqtinchalik ilk dasturida quyidagi asosiy vazifalar belgilandi:
1. Turkiston musulmonlari o’rtasida zamon talablariga mos siyosiy ilmiy va iqtisodiy islohotlar o’tkazish zarurligini targ’ibot qilish.
2. Turkiston musulmonlarining yagona bir maqsad va yagona g’oya asosida birlashtirish uchun barcha zarur chora va tadbirlarni amalga oshirish.
3. Xalqni yangi muvaqqat hukumatni qo’llab - quvvatlashga chaqirish.
4. Mamlakatni idora etish shakllari haqida ma’lumotlar tarqatish va ta’sis majlisiga tayyorgarlik ko’rish.
Bu dasturda Turkistonning boshqaruv tuzumi haqida aniq bir fikr ko’rsatilmagan bo’lsada, «SHo’roi Islomiya» partiyasi rahbarlari Munavvar qori, Mustafo CHo’qaev, Behbudiy va boshqalar Turkistonda muxtoriyat ta’sis etilishini, moliya, adliya, boshqaruvda maorif va boshqa sohalarda mustaqillik o’rnatilishi zarurligini hamda matbuot erkinligini talab qildilar.
Sobiq sho’rolar tuzumi davrida jadidlarning qismati fojiali bo’ldi. Ularning ko’pchiligiga yuqorida bayon qilingan talablari uchun millatchi, «panturkist» va «panislomist» degan tamg’a bosilib, qatag’on qilindi, jadidlar g’oyalari va harakatiga qora chiziq tortildi.
Mustaqillik sharofati bilan Turkiston xalqlarining erki, mustaqilligi va milliy davlatchilik g’oyalari uchun kurashgan vatanparvarlarning muborak nomlari tiklandi. Ular yaratgan bebaho ma’naviyat durdonalari yana xalqimizga qaytarildi.

Download 425,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   85




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish