O‘zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi farg’ona davlat


Jadidlik harakatining xususiyatlari



Download 425,5 Kb.
bet17/85
Sana03.06.2022
Hajmi425,5 Kb.
#633513
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   85
Bog'liq
Политология маруза

Jadidlik harakatining xususiyatlari. Jadidchilar harakatining Turkistonda siyosiy jarayonlar rivojlanishiga qo’shgan hissasi haqida fikr yuritganda quyidagilarni alohida ta’kidlash lozim. Birinchidan, bu ma’rifatchilik harakati sifatida boshlangan edi. Ammo uning asosiy maqsadi faqat ma’rifatchilik doirasi bilan cheklanmagan, balki xalqning umumiy savodini va ma’rifatini ko’tarish g’oyasi ilgari surilgan.
Ikkinchidan, ular dinga qarshi kurashgan emaslar, balki shariatga qat’iy rioya qilish orqali maktab va madrasalarda ta’lim berish tizimini dunyoviy ilmlarni berish asosida isloh qilish uchun harakat qilganlar. Ammo istibdod hukumati jadidchilarni din peshvolariga qarshi qo’yish uchun harakat qilganlar va shu yo’l bilan millatimizning ma’rifatli bo’lishiga qarshi kurash olib borganlar.
Uchinchidan, jadidchilik harakati Rossiyada vujudga kelgan bolьsheviklar partiyasi bilan bir vaqtda shakllandi. Ammo bolьsheviklarning partiyasi dinga qarshi hukumatni zo’ravonlik yo’li bilan qo’lga kiritish va yo’qsillarning (proletariat diktaturasining) hukumatini o’rnatish uchun kurash olib borgan bo’lsalar, jadidchilar ma’rifatni ko’tarish, xalqning siyosiy ongini oshirish va jamiyat hayotida faol ishtirok qilishlarini ta’minlashga imkoniyat yaratish uchun harakat qildilar.
Jadidchilar harakati XX asr boshlarida Turkistonda keng yoyilishi tasodifiy hodisa emas, balki o’lkada yetilib kelgan siyosiy ijtimoiy - iqtisodiy va madaniy - ma’rifiy taraqqiyotning qonuniy ifodasi bo’ldi.
Xuddi ana shu jihatlari bilan ham jadidchilar harakati faqat ma’rifatchilik harakati emas, balki siyosiy g’oyalar rivojlanishining o’ziga xos bo’lgan ko’rinishi hisoblanadi.
Amerikada siyosiy fanlarning paydo bo’lishi. Politologiyaning jamiyat hayotidagi o’rni, fan sifatida uning o’ziga xos xususiyatlarini, shakllanish va qaror topishini Amerika Qo’shma SHtatlari misolida aniq tasavvur etish mumkin, chunki ijtimoiy - siyosiy bilimning bu sohasi bu yerda o’zining tarixiy an’analariga va ildizlariga ega. Politologiyaning fan sifatida AQSH da paydo bo’lishi ham tasodifiy emas. U ko’pgina omillar bilan bog’liq. Jamiyat oldida turgan nazariy-uslubiy muammolar politologiyaga e’tiborni jalb etishni taqozo etadi.
Amerikada politologiyaning rivojlanishini quyidagi uchta bosqichga bo’lib ko’rsatish mumkin: 1. XIX asrning oxiridan birinchi jahon urushigacha bo’lgan davr. 2. Ikki, ya’ni birinchi va ikkinchi jahon urushi o’rtasidagi davr. 3. Ikkinchi jahon urushidan keyin davrdan hozirgacha bo’lgan davr. Birinchi davr politologiyaning Amerikada qaror topish davri hisoblanadi. Bu davrda Amerikaning yirik universitetlari (Kolumbiya, Kornell, Yelьs, Garvard, Grinston va b.) da oliy maktab yoki siyosiy fanlar bo’limlari tashkil etildi. SHunday maktablardan biri Kolumbiya Universitetida 1880 yilda tashkil etilgan siyosiy fanlar maktabidir. Amerika politologlari buni siyosiy fanlarning maxsus fan sifatida paydo bo’lishi deb hisoblaydilar.
Siyosiy fanlar, an’anaviy davlat - huquqiy fanlardan farqli ravishda, davlat va jamiyat aloqadorligi, davlat, hukumat va boshqa siyosiy institutlar faoliyatining tahliliga emperik yondashuvga alohida ahamiyat bera boshlaydi. AQSH da xuddi shu maqsadda, 1906 yilda mahalliy darajada, 1914 yildan esa federal darajada emperik tadqiqotlar o’tkazishga ixtisoslashgan markazlar tashkil etiladi.
A. Bentli, V. Vilьson, F. Gudnau, CH. Bild, L. Louell, G. Ford, A. Xart va boshqalarning izlanishlari natijasida, Amerika politologiyasida ikki jahon urushi o’rtasida muhim o’zgarishlar amalga oshadi. Bu Yevropada va mamlakat siyosiy hayotidagi o’zgarishlar, ayniqsa, fashistik va avtoritar tartibotlar o’rnatilishi bilan bog’liq. SHuningdek, bu davrda Amerika politologiyasini ijtimoiy va tabiiy-ilmiy bilimlarining boshqa sohalari bilan yaqinlashganligini ham ko’ramiz. Bu aloqa, ayniqsa, sotsiologiyada yaqqol seziladi. Masalan, N. Andersonnning «Brodyaga» (1923y), L. Virting «Getto» (1928 y.) yoki Robert Park va Ernest Bardjesning «Sotsiologiyaga kirish» (1921 y.) asarlari chop etiladi.
Amerika politologlari bu fan yo’nalishiga alohida e’tibor beradilar. Masalan, CH. Merriam va G. Gosnell «Ovoz bermaslik: sabablari va nazorat usullari» (1924 y.) kitobida saylovchilarning saylov kompaniyasi arafasidagi xulq - atvorlarining turli jihatlarini tadqiq etadilar. Ular siyosiy partiyalarga munosabat, siyosiy mafkuraning ayrim muammolarini, jamoatchilik fikrini tahlil etsalar, U. Lipman «Jamoatchilik fikri» (1922 y.) kitobida individlarning siyosiy xulq - atvorlari bilan bog’liq jihatlari shakllanishida tafakkur steriotiplarining o’rni va rolini o’rganadi.
Amerika politologiyasining psixologiya bilan, xususan Fromm, Uotson, Miza, Xolluell, Yang, Skinnerning Z. Freyd g’oyalariga tayangan holdagi izlanishlarini ko’rish mumkin. Bunga G. Lassuelning «Psixopopotologiya va siyosat» asarini (1930 y.) alohida keltirish mumkin. Urushdan keyingi yillarda Amerika politologiyasida tub o’zgarishlar sodir bo’ldi. Bixeoviorizm - siyosiy hayotni tahlil etish usuli sifatida psixologiya, sotsiologiya va politologiya fanining usuli sifatida qaror topdi. Bu usulning muallifi sifatida A. Bentli «Boshqarish jarayonlari» (1908 y.) asarida siyosiy jarayonlarda manfaatdor guruhlar xulq - atvorini o’rganishda, birinchi navbatda, siyosiy fanlarga ahamiyat berish kerak, degan g’oya bilan chiqdi. Keyinchalik bu fikr CH. Merriam va G. Lassuel tomonidan rivojlantirildi.
Bixeoviorizmning amal qilish tamoyillari: a) muayyan siyosiy maqsadlarga erishish uchun insonlarning faoliyati; b) emperik va tahlil etilgan dalillarga tayanish; v) aniq fanlar usullaridan foydalanishning zarurligi; g) tadqiqotning ilmiyligini asoslash maqsadida xulosalarni rad etish, ularning soxtaligini ko’rsatishning mumkinligi. Bular ayrim shaxs yoki guruhning xulq - atvorlarini, siyosiy hayotdagi o’rnini o’rganishda muhim ahamiyatga ega. Siyosiy ta’sir ko’rsatishda «guruh» nazariyasi katta qiziqish uyg’otadi. Hozirgi davrda Amerika politologlari quyidagi asosiy: 1. Amerika boshqaruvi va siyosat. 2. Qiyosiy siyosat. 3. Xalqaro munosabatlar va jahon siyosati. 4. Siyosat nazariyasi va falsafasi. 5. Ijtimoiy boshqaruv va siyosat kabi yo’nalishlarda tadqiqot ishlarini olib bormoqdalar.
Politologiyaning shakllanishida Amerika politologlaridan CH. Merriam (1874-1953 yy.), G. Lassuel (1902-1979 yy), G. Morgentau (1904-1980 yy.) larning o’rinlarini alohida ta’kidlash lozim. CH. Merriam siyosiy qarashlarida siyosiy fanlarni amaliyot va real hayot bilan bog’lash, miqdoriy tahlildan foydalanish, amerika demokratiyasiga qat’iy ishonch va uni insonning tabiiy holati bilan to’la mos keladigan jamiyatni siyosiy idora etish shakli sifatida qaraydi. G. Lassuel esa, uning shogirdi sifatida Amerikada e’tiborli siyosatshunoslardan bo’lib, siyosatni tadqiq etishning uslubiy muammolariga, siyosiy ruhiy tahlil nazariyasiga e’tibor beradi. Z. Freydning yondashuv va usullaridan keng foydalanib, siyosatni tahlil etishda uni tadbiq etadi. Lassuel siyosatchilarni uch turga: ma’muriy, tashviqotchi va nazariyotchilarga ajratadi. Uning siyosiy qarashlarida siyosiy hokimiyat va uning taqsimlanishi, siyosiy yetakchining o’rni va roli, tashviqot, ommaviy axborot vositalarining o’rni, siyosiy xulq - atvor muammolari asosiy o’rin tutadi. G. Morgentau pragmatizm va siyosiy realizm maktabining namoyandalaridan biri sifatida tashqi siyosatning nazariy masalalarini, milliy manfaat muammolarini tahlil etadi.

Download 425,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   85




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish