O‘zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi farg’ona davlat


 SHarqdagi siyosiy fikr va g’oyalar



Download 425,5 Kb.
bet13/85
Sana03.06.2022
Hajmi425,5 Kb.
#633513
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   85
Bog'liq
Политология маруза

2. SHarqdagi siyosiy fikr va g’oyalar.
Siyosiy hayotga yondoshuv uslubidagi o’ziga xoslik negizida markazlashgan kuchli davlat qurish maqsadi mujassamlashganligini kuzatish mumkin. Ana shunday kuzatuvlar jamlangan, umumlashtirilgan siyosiy qarashlari mavjud bo’lgan buyuk allomalardan biri Abu Nasr Forobiy (873-950 yy.) dir. U ilk o’rta asrning buyuk mutafakkirlaridan biri bo’lib, falsafiy qarashlari bilan birga siyosat to’g’risidagi fikrlari haqida uning «kitob - as - siyosat al - madaniya», ya’ni shaharlar ustidan siyosat yurgizish kitobi ma’lumot beradi. Asarda siyosatga alohida ilm yo’nalishi sifatida qaralgan. Forobiyning «Fozil odamlar shahri» asarida adolatli jamiyatga erishish yo’llari, «fozil shahar hokimining fazilatlari» to’g’risidagi fikr va mulohazalari, davlat hokimiyati va boshqaruvchi kadrlarni tanlash va joyiga qo’yish bilan bog’liq bo’lgan g’oyalari bugungi kunda ham milliy kadrlar tayyorlash dasturini amalga oshirish va muvofiqlashtirishda muhim o’rin tutadi. Fozillar shahrining birinchi boshlig’i to’g’risida Abu Nosir Forobiy shunday deydi: «SHu shahar aholisiga imomlik qiluvchi oqil kishi bo’lib, u tabiatan o’n ikkita xislat - fazilatni o’zida birlashtirgan bo’lishi zarur. Fozillar shahri hokimi avvalo to’rt muchali sog’-omon bo’lib, o’ziga yuklangan vazifalarni bajarishida biror a’zosidagi nuqson halal bermasligi lozim... Ikkinchidan, bunday shahar hokimi tabiatan nozik farosatli bo’lib, suhbatdoshining so’zlarini, fikrlarini tushunib, tez ilg’ab olishi, shu sohada umumiy ahvol qandayligini ravshan tasavvur qila olishi zarur. Uchinchidan, u anglagan, ko’rgan, eshitgan, idrok etgan narsalarni xotirasida to’la-to’kis saqlab qolishi, barcha tafsilotlarni unutmasligi zarur. To’rtinchidan, u zehni o’tkir, zukko bo’lib, har qanday narsaning bilinar-bilinmas alomatlarini va bu alomatlar nimani anglatishini tez bilib, sezib olishi zarur. Beshinchidan, u fikrini ravshan tushuntira olish maqsadida chiroyli so’zlar bilan ifodalay olishi zarur. Oltinchidan, u ustozlardan ta’lim olishga, bilim ma’rifatga havasli bo’lishi, o’qish, o’rganish jarayonida sira charchamaydigan, buning mashaqqatidan qochmaydigan bo’lishi zarur. Yettinchidan, taom yeyishda, ichimlikda, ayollarga nisbatan ochofot emas, aksincha o’zini tiya oladigan bo’lishi (qimor yoki boshqa) o’yinlardan zavq, huzur olishdan uzoq bo’lishi zarur. Sakkizinchidan, u haq va haqiqatni, odil va haqgo’y odamlarni sevadigan, yolg’onni va yolg’onchilarni yomon ko’radigan bo’lishi zarur. To’qqizinchidan, u o’z qadrini biluvchi va nomusli, oriyatli odam bo’lishi, pastkashliklardan yuqori turuvchi, tug’ma oliyhimmat bo’lishi, ulug’ oliy ishlarga intilishi zarur. O’ninchidan, bu dunyo boyliklariga, dinor va dirhamlarga qiziqmaydigan (mol-dunyo ketidan quvmaydigan) bo’lishi zarur. O’n birinchidan, tabiatan adolatparvar bo’lib, odil odamlarni sevadigan, istibdod va jabr - zulmni, mustabid va zolimlarni yomon ko’ruvchi, barchani adolatga chaqiruvchi, nohaq jabrlanganlarga madad beruvchi, barchaga yaxshilikni va o’zi suygan go’zalliklarni ravo ko’ruvchi bo’lishi zarur. O’zi haq ish oldida o’jarlik qilmay, odil ish tutgani holda har qanday haqsizlik va razolatlarga murosasiz bo’lishi zarur. O’n ikkinchidan, o’zi zarur deb hisoblagan chora - tadbirlarni amalga oshirishda qo’rqoqlik va hadiksirashlarga yo’l qo’ymasligi darkor.
Abu Nasr Forobiy mana shu barcha xislatlarning bir odamda jamlanishi amri mahol, zero bunday tug’ma fazilatlar sohibi bo’lgan odamlar juda kam uchraydi va ular nodir insonlardir, - deb hisoblagan va mabodo fozillar shahrida shunday barkamol inson topilmay qolsa, unda yuqoridagi fazilatlardan oltitasi, yoki beshtasi kamol topgan inson ham aql va zakovatda benazirligi tufayli fozillar shahriga rahbarlik qila oladi, deb ta’kidlaydi. Fozillar shahrida bunday odam yo’q bo’lganida (mabodo vafot etganida, yoxud boshqa joyga ketgan vaqtida - M. M.) ana shu imom (hokim) yoxud uning izdoshlari (agar mazkur imomdan so’ng birin - ketin shaharga boshliq bo’lsalar) chiqargan qonun va tartiblarga amal qilinadi.
Avvalgi imom o’rniga kelgan keyingi rahbarda ham yuqorida aytilgan xislatlar - fazilatlar yoshlikdan shakllangan bo’lishi zarur. SHu bilan birga bu keyingi imomda yana oltita fazilat hosil qilinishi zarur:
Birinchi - donishmandlik. Ikkinchi - avvalgi imomlar o’rnatgan qonunlar va tartiblarni xotirada yaxshi saqlab qolish va ularga amal qilishi uchun quvvai hofizga ega bo’lish. Uchinchi - agar avvalgi imomlar davridan biror (yoki bir qancha) sohaga taalluqli qonun qolmagan bo’lsa, bunday qonunni o’ylab topish uchun ijod, ixtiro qilish quvvatiga ega bo’lish. To’rtinchi - hozirgi haqiqiy ahvolni tez payqab olish va kelgusida yuz beradigan, avvalgi imomlar ko’zda tutmagan voqealarni oldindan ko’ra bilish xislatiga ega bo’lish. Bu xislat unga xalq farovonligini yaxshilash yo’lida kerak bo’ladi. Beshinchi - avvalgi imomlar o’rnatgan qonunlarga, shuningdek, avvalgilaridan ibrat olib, o’zi chiqargan qonunlarga xalq amal qilishi uchun qizg’in so’zlash - notiqlik xislatiga ega bo’lish. Oltinchi - zarur hollarda harbiy ishlarga mohirona rahbarlik qilish uchun yetarli jismoniy quvvatga ega bo’lish, ya’ni ham jang qilishni, ham sarkarda sifatida jangu - jadalga rahbarlik qilish uchun harbiy san’atni yaxshi bilishi kerak.
Forobiy, mabodo shu xislatlarning barchasini o’zida jamlagan bir odam topilmasa, lekin ikki kishi birgalashib, shu xislatlarga ega bo’lishsa (ya’ni biri - donishmand, ikkinchisi - qolgan xislatlar sohibi bo’lsa) shu ikkovini fozillar shahriga rahbarlikka qo’yish zarur, agar bir guruh odamlar birgalikda ana shu xislatlarga ega bo’lishsa (ya’ni - birida bu, ikkinchisida u, uchinchisida yana boshqa xislatlar bo’lsa) ana shu fozillar guruhini yurt rahbarligiga qo’yish zarur, deb hisoblagan. Uningcha, shu guruh a’zolari birgalashib, o’zaro kelishib harakat qilsa, har biri fozil hokim bo’lishi mumkin. Mabodo biror zamonda fozillar shahrida hokimlik qilayotgan bir yoki bir necha kishida boshqa zarur xislatlar bo’lsayu, ammo, donishmandlik bo’lmasa, fozillar shahri yaxshi hokimsiz qoladi, bunday shahar halokatga yuz tutadi.
Abu Ali Hasan ibn Ali Tusiy - Nizomulmulk (1018-1092 yy) SHarq tarixi va madaniyatiga o’zining «Siyosatnoma» (yoki Siyar ul - muluk) asari bilan o’chmas iz qoldirgan. «Siyosatnoma» asari mavzu jihatidan keng qamrovligi bilan ajralib turadi. U 50 fasldan iborat bo’lib, unda davlat boshqaruviga tegishli qoida va qonunlar, usul va vositalar, qozi va qozixona ishlari, qo’shin va sarbozlar, xizmatchi va shaxsiy sarbozlar, pochta va razvedka ishlari, elchilarga munosabat, shoh ishlari, shaxsiy soqchilari to’g’risida ma’lumot va maslahatlar berilgan. Davlatni idora etishda amaldorlar (ma’sul kadrlar) katta o’rin tutishlarini, ularni tanlash va joy-joyiga qo’yishda o’ziga xos talab darajasida qaragan. «Siyosatnoma» amaldorlarni tarbiyalash, asrash, himoyalash va zarur bo’lsa jazolash bilan bog’liq tavsiyalar berilganligi bilan siyosatchi va davlat rahbarlarining e’tiborini jalb etadi.
Davlatda markaziy hukumat (ijro hokimiyati) kuchli bo’lsa, shunda davlatda tinchlik va adolat barqaror bo’ladi, raiyat o’z maqsadiga yeta oladi, jamiyat sulh va adolatda, muruvvatda yashaydi, deb ko’rsatadi. «Siyosatnoma», jiddiy siyosiy hujjat bo’lib, markaziy hukumatning parchalanishiga qarshi qaratilgan asardir. «Siyosatnoma» markazlashgan davlat tuzishga da’vat etib, kuchli davlat mahkamasi, armiya va boshqa tekshirish vositalarini yaratishga chaqiradi. «Siyosatnoma» asarining o’zbek tiliga ilk bor tarjimasi 1997 yilda amalga oshirildi. (Nizomulmulk. Siyosatnoma yoki Siyar ul-muluk. Toshkent, «Adolat», 1997). U madaniy, siyosiy tariximizni bilishga, siyosiy fikr va qarashlar rivojiga xos an’analarni o’rganishimizda va tiklashimizda ijobiy omil bo’lishi, shubhasiz. Nizomulmulk shaxsiga, o’z davrida Amir Temur, Alisher Navoiy, «Dastur ul - muluk» asarining muallifi Samandar Termiziy va boshqalar katta baho berganlar.
Amir Temur (1336-1405 yillar) o’zining siyosiy qarashlarini «Temur tuzuklari» asarida ellik yildan ortiq davr (1342-1405 yy.) tarixi bilan birga, davlat va uning tuzilishi to’g’risida ham qimmatli ma’lumotlar beradi. Asarda davlat va uning amal qilish tamoyillari, me’yorlari, munosabatlari uni barpo etish, mustahkamlashni kengash orqali amalga oshirishda o’z ifodasini topganligini ta’kidlash lozim. Amir Temur zukko, tajribali siyosatdon va davlat arbobi sifatida, davlatning markaziy apparati va mahalliy hokimiyatning qanday, qaysi ijtimoiy toifalarga tayanishini, ularning manfaatlarini uyg’unlashtirish, mansabdor shaxslarning burch va vazifalarini belgilab berar ekan, jamiyatni ma’lum ijtimoiy - siyosiy guruhlarga tayangan holda boshqarish lozimligini ta’kidlash bilan, ularning manfaatlarini boshqa guruhlar manfaati bilan birga hisobga olish zarurligi to’g’risida ham muhim fikr bildiradi. U jamiyatni 12 toifaga bo’lib, ularga tayangan holda boshqarish ishlarini amalga oshirgan. Ular: 1) sayyidlar, ulamo va shayxlar; 2) bilimdon kishilar; 3) duogo’y taqvodorlar; 4) amirlar, sarhanglar, sipohsolarlar; 5) sipoh bilan raiyat; 6) dono va ishonchli kishilar; 7) vazirlar, sarkotib va devon bitikchilari; 8) hakimlar, tabiblar, munajjimlar va muxandislar; 9) muhaddislar (hadis olimlari va roviylar); 10) so’fiylar va oriflar; 11) hunar va san’at ahli; 12) sayyoh va tijorat ahllaridan iborat.
Davlatni idora etishda vazirlar, amirlar va noiblarning roliga alohida e’tibor berib, sohibqiron Amir Temur sadoqatli, axloqiy pok, adolatpesha, tinchliksevar va tashabbuskorlarni qadrlagan.
Amir Temur vazirlar to’rt fazilatga ega bo’lishlari shartligini ta’kidlaydi: 1) asllik, toza nasllik va ulug’vorlik; 2) aqlu farosatlilik; 3) sipoh bilan raiyat ahvolidan boxabarlik va ularga g’amxo’rlik ko’rsatish: ular bilan yaxshi muomalada bo’lish; 4) sabru bardosh, muloyimlik. U joylardagi uluslarga mustaqil siyosat yurgizishga ham imkoniyat bergan. Yerlarni o’zlashtirganlar hukumat tomonidan rag’batlantirilgan. Temur davlat boshqaruvida jamiyat a’zolarini, mavjud toifalarga bo’lgan munosabatda ularni «ishonch bilan qo’rquv» o’rtasida saqladim, desada amalda, unda ishonch, kechirimlik, sabr - qanoat tamoyillari ustuvor bo’lib, mamlakat, davlatning kuch - qudratini adolat asosida qurganligini alohida ta’kidlash lozim. U adolat orqali kuchli markazlashgan davlat tuzishga muvaffaq bo’lgan. Davlat ishlarini yuritishda islom bilan birga dunyoviy ilmga, tamoyillarga alohida e’tibor bergan va ularga amal qilgan.
Alisher Navoiy (1441-1501-yillar) siyosiy g’oyalarini «Saddi Iskandariy» dostonida asoslab bergan va unda ijtimoiy adolatli tuzum g’oyasini adolatli shoh timsolida bayon qilgan. A. Navoiy bu muammoni adolatli shoh - adolatli davlat - adolatli qonunlar - adolatli tartib sifatida poetik tasvirlagan. SHuningdek, daho shoir turli xalqlar, ijtimoiy guruhlar va tabaqalar o’rtasidagi oqilona, ma’rifatga asoslangan munosabatlar ijtimoiy barqarorlikka olib kelishini go’zal timsollar orqali kuylagan.
Navoiy hayotining mezoni inson, uning faoliyati, sifati va fazilatlari deb bilib, inson o’z hayotini o’zi uchun ham, butun jamiyat uchun ham foydali bo’lgan ishga bag’ishlangan, kasb - hunar o’rganishi, ma’rifatli bo’lishi kerakligini ta’kidlaydi.
Navoiy siyosiy qarashlarida ko’proq adolatli qonunlarga asoslangan ma’rifatli shoh hokimiyatini orzu qilib, uni ozmi - ko’pmi Husayin Boyqaro davridagi vazirlik faoliyatida amalga oshirishga uringan. Alisher Navoiyning bu kabi ilg’or siyosiy qarashlari keyinchalik Boburning davlat faoliyatida va uning butun dunyoga mashhur «Boburnoma» asarida yanada boyitilgan va Boburiylarning amaliy siyosatida ma’lum ma’noda o’z ifodasini topgan edi.
SHarqda, xususan Markaziy Osiyoda siyosiy fikrlar va ta’limotlar to’g’risidagi an’analarga dunyoning ayrim boshqa davlatlariga xos bo’lgan: a) falsafiy - axloqiy qarashlar; b) diniy qarashlar; v) fuqarolik; g) ijtimoiy kontseptsiyalar to’g’risidagi g’oyalarning muayyan darajada o’ziga xos ko’rinishda mavjud bo’lmaganligini ko’ramiz. Xarakterli joyi shundaki, bunday yondoshuvlar siyosiy fanlar nuqtai nazaridan tahlil etilmagan bo’lsada, ammo «siyosat» alohida ilm yo’nalishi sifatida qayd etiladi. Bu merosimiz hozirgi davrda demokratik jamiyat to’g’risidagi ilmiy nazariyani ishlab chiqish va uni hayotga tadbiq etishda katta ahamiyatga molikdir.



Download 425,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   85




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish