O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi farg’ona politexnika instituti r. J. Tojiev, R. X. Mirsharipov


 Kranlarning hisobiy yuklanishlari



Download 8,76 Mb.
Pdf ko'rish
bet85/126
Sana31.05.2022
Hajmi8,76 Mb.
#622276
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   126
Bog'liq
fayl 1789 20210911

11.3. Kranlarning hisobiy yuklanishlari 
Metall konstruktsiyalarini hisoblashda ularga ta’sir etuvchi barcha 
yuklanishlar, ya’ni doimiy va o’zgaruvchi yuklanishlar, vertikal va 
gorizontal tekislikda ta’sir etuvchi inertsion yuklanishlar, shamol 
yuklanishi va burovchi yuklanishlar hisobga olinadi.
Mustahkamlikka va ustuvorlikka hisoblashda hisobiy nagruzkalar 
me’yoriy yuklanishlarga teng qilib olinib, yuklanish koeffisientiga 
ko’paytiriladi.
Doimiy yuklanishlarga metall konstruktsiyaning o’z massasi, kran 
mexanizmining boshqarish kabinasi va shunga o’xshash metall 
konstruktsiya bilan bog’langan qismlarning massalari kiradi. Metall 
konstruktsiyaning o’z massasidan hosil bo’ladigan yuklanishni 
hisoblashda, uni konstruktsiya uzunligi bo’yicha teng tarqalgan deb 
olinadi. Metall konstruktsiya bilan bog’langan qismlarning massasidan 
hosil bo’ladigan yuklanishlarni ma’lum kesimlarda to’plangan yuk deb 
olinadi. Kran harakatlanganda uning metall konstruktsiyasi zarblarni 
qabul qiladi. SHuning uchun konstruktsiyaning o’z massasi butunlay 
statik deb olinmaydi, aksincha dinamik ish rejimini hisobga olgan holda, 


151 
nisbiy yoyilgan doimiy yuklanishni ma’lum koeffisientga ko’paytirib 
qabul qilinadi, ya’ni: 
q
x
=
K
q

q (11.1)
bu yerda: q – metall konstruktsiyaning teng tarqalgan o’z massasidan 
hosil bo’ladigan doimiy yuklanish; K
q
– metall konstruktsiya elementlari 
massasining hisobiy qiymatidan o’zgarishi va inertsion yuklanishni 
hisobga oluvchi umumiy yuklanish koeffisienti; uning qiymati kranning 
harakatlanish tezligi 60 m/min dan kichik bo’lganda 1,1; 60 dan 120 
m/min gacha bo’lganda 1,2; 120 m/min dan ortiq bo’lganda 1,3 ga teng 
qilib olinadi.
Strelali va aylanma kranlarda ko’tariladigan yukning massasi ham 
doimiy nagruzka hisoblanadi. Yukni ko’tarish va tushirishda inertsiya 
kuchlari hosil bo’ladi. SHu sababli yukdan hosil bo’ladigan hisobiy 
doimiy yuklanish quyidagi ifoda bilan aniqlanadi: 
R
a
=
K
a

G
g

N (11.2)
bu yerda: G
g
– yuk massasi; K
a
– yuk massasining o’zgarishi va yukni 
ko’tarib turishda inertsiya kuchlarining hosil bo’lishini hisobga oluvchi 
yuklanish koeffisienti. Uning qiymati 11.1-jadvaldan olinadi.
K
a
koeffisienti
11.1-jadval 
Kranlar gruppasi 
K
a
Umumiy ishlarga mo’ljallangan kranlar: 
engil ish rejimi 
1,2 
o’rta ish rejimi 
1,3 
og’ir ish rejimi 
1,4 
Greyfer kranlari 
Montaj kranlari (Q>50,0 t) 
1,1 
Quymachilikda ishlatiladigan kranlar 
1,1 
O’zgaruvchi yuklanishlarga yukli aravachalar g’ildiraklarining 
metall konstruktsiyasiga ta’sir etuvchi bosim kuchi kiradi.
Bunday yuklanishlar yuk va yukli aravachalarning o’z massasidan 
hosil bo’ladi. Ular quyidagi ifoda bilan aniqlanadi: 
R
uzg
=
R
G
+
K
Yu

R
a

N (11.3) 
bu yerda: R
uzg
– o’zgaruvchi yuklanish, N; R
a
– yukli aravacha 
massasidan 
uning 
g’ildiraklarida 
hosil 
bo’ladigan, 
metall 
konstruktsiyaga ta’sir etuvchi bosim kuchi; uning qiymati 1,05 R ga 
teng, bu yerda: R
a
– g’ildirakning spetsifikatsiya bo’yicha hisoblangan 


152 
bosim kuchi; R
a
– yukning massasidan aravacha g’ildiraklari orqali 
balkaga ta’sir qiladigan bosim kuchi, N.
Gorizontal inertsion yuklanishlar mashina yuritmali kranlarda 
metall konstruktsiyaning harakatlanish jarayonida tormozlash va 
yurgizishda hosil bo’ladi. Ularning qiymati tajribalar asosida aniqlangan 
bo’lib, amaliy hisoblashlarda vertikal yuklanishning ma’lum foiziga teng 
qilib, turli kranlar uchun turlicha olinadi.
Shamol yuklanishi. Bunday yuklanish kran ishlaydigan relef 
sharoitiga bog’liq bo’lib, kranning ish holati va tinch holatida ta’sir 
etadi.
Shamol kuchidan hosil bo’ladigan yuklanish kran metall 
konstruktsiyasining shamol keladigan tomonidagi yuzasiga tik ta’sir 
etadi va teng tarqalgan bo’ladi.
Burilish yuklanishlari vertikal yuklanishlar va gorizontal inertsion 
yuklanishlarning 
buralish 
o’qiga 
nisbatan 
ekstsentrik 
holda 
joylashishidan hosil bo’lib, to’plangan kuch deb qabul qilinadi.
Bundan 
tashqari, 
metall 
konstruktsiyalarni 
loyixalashda 
haroratning (

40
0
S da) o’zgarishini hisobga oluvchi temperatura 
yuklanishi, kranlarni ko’chirib yurishda montaj remont hamda ish 
sharoitlarini hisobga oluvchi montaj va transport massasi yuklanishlari 
hisobga olinadi. Buning uchun to’g’rilash koeffisientlari kiritiladi, ya’ni 
montaj yuklanish uchun 1,2 transport yuklanishi uchun avtotransport 
bilan tashishda 1,3 temir yo’l va suv transporti bilan tashishda 1,1 ga 
teng yuklanishlari koeffisienti hisobga olinadi.
Metall konstruktsiyalarni loyihalashda yuqorida qayd etilgan 
yuklanishlar, quyidagi kombinatsiyalarda hisoblanadi.
1. Doimiy va o’zgaruvchi yuklanishlar va agar mavjud bo’lsa, 
buralish yuklanishlari hisobga olinadi.
2. Birinchi kombinatsiyada hisobga olingan yuklanishlardan 
tashqari, yana gorizontal inertsion yuklanish va kranning ish holatida 
ta’sir etuvchi shamol yuklanishi hisobga olinadi.
3. 
Yuqoridagi 
ikki 
kombinatsiyada 
hisobga 
olingan 
yuklanishlardan tashqari, montaj va transport yuklanishlari hisobga 
olinadi. 
4. Strelali kranlar uchun yuqorida hisobga olingan yuklanishlardan 
tashqari, kranning tinch holatida (to’g’rilash «K
Q
» koeffisientini hisobga 
olmagan holda) kranning o’z massasidan, strela qulochi eng kichik 
bo’lganda strelaning bosh qismlarining elementlari massasidan hosil 


153 
bo’luvchi yuklanishlar va tinch holat uchun shamol yuklanishi hisobga 
olinadi.

Download 8,76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   126




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish