Dinamik muvozanatlashtirish. Berilgan aylanuvchan detall yoki qismlar uchun bitta statik muvozanatlashuv kamlik qiladi, aylanish oʼqiga perpendikulyar turli tekisliklarda mujassamlangan massalar tayanch konstruktsiyalarni katta dinamik oʼta yuklanishga olib keluvchi markazdan qochma kuch juftligini yuzaga keltirmasligi kerak, yaʼni dinamik disbalansga olib kelmasligi kerak. Аgar statik muvozanatlanishda massalar kompensatsiyasi tekisliklari notoʼgʼri tanlangan boʼlsa, (oʼta malakali ish bajarishda ham buning ehtimoli bor) statik muvozanatlashuv dinamik disbalans sabab boʼlib qolishi mumkin.
Dinamik muvozanatlashuvga uzunligi diametridan katta boʼlgan rotorlar xosdir. Muvozanatlashtirish maxsus moslamalarda muvozanatlovchi dastgohlarda (masalan, M-48 dastgoxida ogʼirligi 80 kg gacha boʼlgan detallar uchun M-40 ogʼirligi 450 kg gacha boʼlgan detallar uchun, M-50 dastgohida 1500 kg gacha ogʼirlikdagi detal) oʼtkaziladi.
Barcha muvozanatlashtiruvchi mashinalarda tez aylanuvchi rotorlarning tayanchlarini tebranishlari oʼlchanadi, mexanik optik yoki elektrik usulda oʼlchanadigan tebranishlar oʼlchanadi, mexanik optik yoki elektrik usulda oʼlchanadigan tebranishlar amplitrudasi va fazasiga qarab muvozanatlashtiruvchi yukchalarning kattaligini va holatini aniqlanadi. Muvozanatlashtiruvchi yukchalari rotorning konstruktik xususiyatlarini xisobga olgan holda tanlab olingan ikkita tekislikda joylashtiradi. Toʼgʼrilovchi yuklardan boʼlgan markazdan qochma jufti, rotorning dinamik nomuvozanatlashuvidan boʼlgan kuchlar juftini muvozanatlashtirish kerak.
Dinamik muvozanatlashtirish uchun 2 xil turdagi mashinalar qoʼllaniladi: tebranma va qoʼzgʼaluvchan tayanchli. Birinchi mashinalarda aylanuvchan rotorli tayanchlar oʼrnatilgan ramalar, orʻtacha holatda purjinalarda ushlab turiladi.Аgar rotor dinamik muvozanatlashgan boʼlsa, bu orʻtacha holat saqlab qolinadi, oʼrnatilgan ramalar, orʻtacha holatda purjinalarda ushlab turiladi.Аgar rotor dinamik muvozanatlashgan boʼlsa, bu orʻtacha holat saqlab qolinadi, oʼrnatilgan aylanish rejimida ramalar tebranishi kuzatilmaydi. Qoʼzgʼaluvchan tayanchli mashinalarda disbalans boʼlib qolganda, aylanuvchan rotor bu tayanchlarni gorizontal tekislikda tebranuvchan xarakatga keltiradi. Аylanish oʼqiga perpendikulyar rotorning ikki tekis liklarida ogʼirlikni qoʼshish yoki olib tashlash orqali rotor tebranishi va muvozanatlashtiruvchi mashina tayanchlari yoʼqotilganda muvozanatlashuv oxiriga yetadi.
Kimyo va neftni qayta ishlash uskunalari rotorlari va muvoazantlashtiruvchi mashinalar konstruktiv xilma – xilligi rotorlarni muvozanatlashtirishni bir necha umumiy texnologiyasini tuzishga imkon bermaydi, shuning uchun har bir konkret holatda tegishli instruktsiyalarga amal qilish shart.
Do'stlaringiz bilan baham: |