4. MAVZU
Mushaklar turi, shakli.
REJA
1.Mushaklar tuzilishi va funksiyalari
2.Mushaklarning tonusi va ishi
3.Gavdaning tashqi mushaklari
Tayanch so`z va ibоralar:
Pay, fastsiya, uzun muskul, ikki bоshli muskul, yelka muskuli, panja muskuli, sоn muskullari, bоldir muskullari
1.Mushaklar tuzilishi
Ko'ndalang-targ'il mushaklar ipsimon tolalardan tuzilgan. Bu mushaklarni mikroskopda ko'rganda xuddi ko'ndalang chiziqlar chizilganga o'xshaydi. Shuning uchun bu mushaklar ko'ndalang-targ'il mushak deb ataladi. Bu mushaklar skeletning tashqi tomonini qoplab turadi va skelet suyaklariga birikkan bo'ladi (4.1-rasm).
4.1-rasm. Ko'ndalang-targ'il mushaklar: G’ - mushaklar tolasi; 2 - miofibrillar.
4.2- rasm. Silliq mushaklar.
Silliq mushaklar urchuqsimon shaklga ega bo'lib, bir-birining ustiga joylashgan, ular ichki organlar, oshqozon, ichak, qon tomirlari devorlarini hosil qiladi (4.2- rasm).
Ko'ndalang-targ'il mushaklar bizning ixtiyorimizga bo'y-sunadi. Ular odamning har xil harakatlarini ta'minlaydi. Faqatgina yurak mushaklari bundan mustasnodir, chunki ular ko'ndalang-targ'il mushaklar hisoblanadi, lekin beixtiyor qisqaradi. Silliq mushaklarning qisqarishi esa odamning ixtiyoriga bog'liq emas.
Mushaklar ko'pgina qon tomirlari va nerv oxirlari bilan ta'minlangan. Nerv oxirlarining bir guruhi sezuvchi, bir guruhi esa harakatlantiruvchi nerv oxirlaridir.
Mushaklar paylar bilan boshlanadi va tugaydi. Ular paylar yordamida skelet suyakJariga, bo'g'im xaltasiga yoki teriga birikadi. Har bir mushak yoki mushaklar guruhi fassiya deb atalgan ingichka biriktiruvchi to'qimali qobiq bilan o'ralgan. Fassiya mushaklarning bir-biri bilan ishqalanishini oldini oladi.
Mushaklar shakli har xil bo'lib, bir-biridan farq qiladi, bu esa mushaklarning joylashishiga va bajaradigan ishiga bog'liqdir.
Mushaklar uzun, qisqa (kalta), keng (yassi) va yumaloq shaklli turlarga bo'linadi.
Uzun mushaklar odatda qo'l va oyoq suyaklarida, qisqa (kalta) mushaklar umurtqalar, qovurg'alar orasida, qo'l va oyoq kaftlarining bo'g'inlarida, keng (yassi) mushaklar ko'proq gavda-ning old va ort taraflarida (qorin, ko'krak va orqa mushaklari), yumaloq mushaklar esa odam yuzida, og'iz va ko'z atrofida joylashgan.
Mushaklar skeletning turli suyaklariga bog'langan bo'lib, murakkab harakatga egadir. Shunga muvofiq ikki boshli, uch boshli, to'rt boshli mushaklar farqlanadi. Ba'zi mushaklarda pay qismi ularning uchlarida emas, butun uzunligi bo'ylab o'rnash gan bo'ladi, bunday mushaklar patsimon, bir patli, ikki patli deb ataladi (4.3-rasm).
Do'stlaringiz bilan baham: |