Ishlab chiqarishni konstruktorlik va texnologik tayyorlash.
Konstruktorlik tayyorgarlik biron bir yangi mahsulot yoki texnologiyani loyihalashtirish bilan bog’liq bo’lgan ishlardan tashkil topadi.
Konstruktorlik tayyorgarlikni amalga oshirishda iqtisodiy hisob- kitoblar katta ahamiyatga ega bo’ladi, chunki ular yangi mahsulot ishlab chiqarishni yoki modernizasiya qilishning maqsadga muvofiqligini aniqlab bo’ladi, sarflanadigan xarajatlar «min» bo’lgan shaoritlarni yaratishlari lozimdir. Mashina va priborlarning yangi turlarini ishlab chiqarish jarayonida ularning texnik afzalligini xarakterlovchi quyidagi ko’rsatkichlar hisobga olinadi:
- yangi mashina va proiborlarni (mahsulotlarni) yaratishga sarflangan
mehnat sig’imi;
- mahsulot o’lchovi;
- metaldan foydalanish koeffisiyenti;
Mahsulot tannarxi va boshqalar yangi mahsulot yaratish quyidagi
etaplardan tarkib topadi:
1. texnik vazifalarni ishlab chiqarish;
2. texnik taklifni tuzish;
3. eskiz loyihasini yaratish;
4. texnik loyihalashtirish;
5. ishchi hujjatlarni ishlab chiqarish.
Texnik vazifada ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning barcha texnik iqtisodiy xarakteristikalari, ularga quyidagi talabalar, ekspluatasiya qilish shartlari aniq belgilab beriladi. Texnik vazifaga asoslanib texnik taklif ishlab chiqariladi. Unda mahsulotni ishlab chiqarishning texnik-iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiq ekanligi asoslab beriladi, mumkin bo’lgan bir necha variantlar solishtiriladi, mexnatni loyihalashtirish va ishlab chiqarishga sarflangan harakatlarning hisob-kitobi, undan olinadigan iqtisodiy samara hisob-kitob beriladi.
Eskiz loyihasi tanlangan texnik parametrlarni va iqtisodiy ko’rsatkichlarni tekshirish imkoniyatini beruvchi hujjatdir. Eskiz loyihasi ishlab chiqarilayotgan mahsulotni umumiy ko’rinishi chizmasidan, mahsulotning tuzilishi va ishlash prinsipi, asosiy o’lchovlari, tannarxi to’g’risida tushuncha beruvchi, konstruktiv yechimlardan tashkil topadi. Texnik loyiha eskiz loyihaning to’ldirish natijasida tuzilib, mahsulotning barcha asosiy bo’g’inlarini yaratish, barcha ko’rsatkichlarni aniqlashtirishdan iborat. Ishchi loyihani tuzishda, barcha hujjatlar ishlab chiqish yakunlanadi, ishlab chiqarilayotgan mahsulotning barcha ko’rsatkichlarini ko’rsatuvchi ishchi chizma, tushuntirish xati, ekspluatasiya qilish instruksiyasi, tajriba
protokollari beriladi.
Konstruktorning asosiy vazifasi tuzilishi jihatdan sodda va ixcham, lekin
texnik jihatdan takomillashgan chidamli mahsulot yaratishdan iboratdir.
Yaratilayotgan mahsulotning iqtisodiyligi:
- Ishlab chiqarish jarayonida konstruksiyani normalashtirish darajasi
bilan, metallar sarfi, mehnat sarfi, tannarx texnologik ishi bilan;
- ekspluatasiya jarayonida unumdorligi, xizmat ko’rsatish davomida ish
birligiga to’g’ri keladigan mehnatning iqtisod qilish, baxosi, qoplash muddati
bilan xarakterlanadi.
Yirik korxonalarda konstruktorlik tayyorgarlik bilan bosh konstruktor bo’limi shug’ullanadi. Kichik korxonalarda esa, ishlab chiqarishni tayyorlash yagona bo’limi bu ish bilan shug’ullanadi.
Texnologik tayyorlash o’z ichiga texnologik jarayonlarni takomillashtirish,
texnik jihatdan asoslangan normalarni ishlab chiqish, texnik nazorat
usullarini tanlash, maxsus asboblarni tayyorlashga qaratilgan chora
tadbirlarni oladi.
Texnologik tayyorgarlik ikki etapda amalga oshriladi.
Birinchi etapda konstruktorlik bo’limida tayyorlangan barcha chizmalar
tekshirilib, tahlil qilinadi.
Ikkinchi etapda, esa ishchi chizmalarga, detallarning harakat yo’nalishlariga, texnik shartlariga, ishlab chiqarish vositalarining hujjatlariga asoslanib loyihalashtirilayotgan mahsulotning barcha detal va bo’g’inlari uchun texnologik jarayonlar ishlab chiqiladi va texnologik marshrut kartalarda aks ettiriladi. Texnologik jarayonlarni tuzish ishlab chiqarish turi va operasiyalar murakkabligiga bog’liq.
Yirik seriyali va ommaviy ishlab chiqarish sharoitida texnologik jarayon to’lig’icha detallashtiriladi. Operasiya va uzatishlarga taqsimlanadi, ishlab chiqarish vositasi tanlanadi, samarali ishlov berish tartibi o’rnatiladi, barcha ishlarni normallashtirish amalga oshiriladi. Bularning natijasida operasion karta tuziladi.
Yakka tartibli va kichik seriyali ishlab chiqarishda esa, faqat marshrut kartalari tuziladi xolos. Unda faqat asosiy operasiyalar ko’rsatilib, vositalarni tanlash va ishlov berish tartibi sex va uchastkalarda amalga oshiriladi. Texnologik tayyorgarlikning yakuniy qismda yangi texnologik jarayonlarning o’nglash va ishlab chiqarishga joriy qilish amalga oshiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |