O’zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligi farg`ona politexnika instituti


Oddiy cho‘glanma lampalarning xizmat muddati 1.000 soat bo’lsa,svetodiod lampalarning xizmat muddati 50.000 dan 100.000 gacha soatni tashkil etadi



Download 32,55 Kb.
bet5/8
Sana25.02.2022
Hajmi32,55 Kb.
#463102
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
ITI Nodirbek

Oddiy cho‘glanma lampalarning xizmat muddati 1.000 soat bo’lsa,svetodiod lampalarning xizmat muddati 50.000 dan 100.000 gacha soatni tashkil etadi.Svetodiod lampalar – ekologik toza, qizimaydi va atmosferaga zararli moddalar chiqishini qisqartiradi, foydalanilgandan keyin maxsus utilizatsiyani talab etmaydi.Hozirgi vaqtda respublika elektr energiyasi iste‘molchilari tomonidan 43 milliondan ortiq, quvvati 60 vatt oddiy lampochkalardan foydalaniladi.Ularning umumiy quvvati 2500 MVt bo‗lib, elektr energiyasining iste‘moli esa 6,4 mlrd. kVt∙s ni tashkil etadi.Agarda barcha elektr energiyasi iste‘molchilari oddiy lampalarni svetodiod lampalariga almashtirishsa elektr energiyasi iste‘molini 5 mlrd.kVt∙s kamaytirish mumkin, bunda respublikamiz tabiiy boyliklari bo‗lmish 1,6 mlrd.kub.metr gaz yoki 5 mln. tonna ko‗mir tejaladi.
O‘zbekenergo‖ AJ barcha elektr energiyasi iste‘molchilariga tabiiy boyliklarni asrash hamda oilaviy budjetni iqtisod qilish maqsadida oddiylampalarni svetodiod lampalariga almashtirishni tavsiya etadi.
2.2. Zamonaviy energiya tejamkor maishiy xizmat texnikalari haqida umumiy tushunchalar.
Maishiy xizmat mashinalari va jixozlari sanoat tarmog’idan oquvchi o’zgaruvchan to’k orqali kuchlanishi 220V ,chastotasi 50 Hz bo’lgan o’zgaruvchan kuchlanishda ishlaydi.Elektronikaning hamma sohalarini elektr manbayisiz ko’z oldiga keltirish mumkun emas:sanoat elektronikasi,transport ektronikasi,elektroenergetika,radiotexnika, televdiniya,kompyuter texnikasi va boshqalar. Bu sohalarda ishlatiladigan maishiy xizmat mashinalari va jixozlari o’lchov va nazorat qurulmalarida,boshqaruvchi va muxofazalovchi qurulmalar,o’zgartirgichlar qurulmalarida hamda axborotni uzatuvchi,qabul qiluvchi,kuchaytiruvchi qurulmalarda ishlatiladi.
Bunday qurulmalarni ishlashi uchun albatta elektr manba bo’lishi shart.Aksariyat qurulmalar o’zgarmas elektr manbayida ishlaydi.Elektron qurulmalarning 9V dan kam kuchlanishda ishlaydigani galvanik elementlar –akkumulatorlar va batareyalari yordamida ishlashi maqsadga muvofiqdir (albatta tok kuchiga va xizmat qilish vaqtiga qarab).
Qurilmalarning 9V o’zgarmas kuchlanishdan yuqori kuchlanishda ishlaydiganlari uchun sanoat tarmog’idan oqadigan o’zgaruvchan kuchlanishni o’zgarmas kuchlanishga o’zgartirilib manba sifatida qo’llaniladi.Elektr energiyaning bir shaklidan ikkinchi shakliga o’zgartirib berilishi ikkilamchi elektr manbalarida amalga oshiriladi.
Hozirgi kunda inson hayotini maishiy texnikasiz tasavvur qilish qiyin.Maishiy texnika odamlar va jamiyatning extiyojlarini qondirish maqsadida foydalaniladigan, turli ishlarni tezkor va samarali bajarish imkoniyatini bera oladigan vositadir. Uning asosiy vazifasi qo’l mexnatini yengillashtirish, mexnat unumdorligini oshirish va vaqtni tejashdir. Maishiy texnika inson xayoti bilan bevosita bog’lik bo’lganligi uchun uning tashki ko’rinishi, va energiya samaradorligi xam mukammal bulishi muxim jixatlardan biridir. Insoniyat mushkulini oson qiluvchi maishiy texnika va texnologiya masalasi barcha davrlarda dolzarb bulib kelgan.Bugungi kunda maishiy texnika va texnologiyalar doimiy tarzda takomillashib bormokda va ularni ishlab chiqarish jarayonida dizaynerlarning o’rni muximdir.Insoniyat XXI asrga kelib maishiy texnika va texnologiya masalalarida ildamlab ketdi. Shuning uchun texnologik rivojlanishning yurtimiz ravnaqidagi istikbollarni belgilash bugunning dolzarb masalasi xisoblanadi va bu:
- Uzbekistonning rivojlangan mamlakatlar qatoridan joy olayotganligi;
- Uzbekiston jaxonda mavjud eng ilg’or maishiy texnika va texnologiyalarni yurtimiz ravnaqida joriy etish borasida samarali ishlar olib borayotganligi;
- Jaxon taraqqiyotini kuzatish asosida uz yurtimizda yangi maishiy texnika ishlab chikarish borasida ilmiy-ijodiy izlanishlarni yuksaltirish va ularni amaliyotda qo’llashda jiddiy fikrlashni takozo etadi.
Xozirgi zamon tarakki.tida texnika va texnologiya barcha sanoat soxdlariga jadal kirib kelmokda.Xar qanday maishiy texnik jixozlarni ishlab chiqarish jaraynida uch unsur birligi amalga oshadi: miyada yaratiladigan maishiy texnikaning obrazi va uning maksadi belgilanadi; maishiy texnikaning loyixasi aniq xisob- kitob asosida ishlab chiqiladi; gavdalangan obraz xamda loyixsi asosida yaxlit maishiy texnika ishlab chiqariladi.Bu esa bugungi ishlab chiqarish jarayonida, maishiy texnikalarning doimiy takomillashib borishi davomida, inson tafakkuri, faoliyat ko’nikmalarining ixtisoslashib borishini ham takozo etadi.Bugungi kunda jahon sivilizasiyasida o’zining munosib o’rniga ega bo’lishni istovchi xar bir mamlakat o’z rivoji yo’lida maishiy texnika va texnologiyaning o’rni naqadar yuksak ekanini teran anglamoqda.Xozirda yurtimizda maishiy texnikaga bulgan talab rivojlanmoqda va ehtiyoji kundan-kunga ortib bormokda. Bunga birgina yurtimizda 2011 yildan faoliyat yuritadigan “Artel” kompaniyasini misol qilib keltirish mumkin. Ushbu kompaniya bugungi kunda nafaqat yurtimizda, balki xorijiy davlatlarda xam o’z o’rnini topib bormoqda.
Maishiy texnikaning tarixi ibtidoiy jamiyatga borib takaladi va uning rivojlanishi ancha uzoq vaqtni talab etgan.Qadimdan insonlar o’z xolatlarini yengillashtirishning turli yo’llarini izlay boshlaganlar. Natijada maishiy texnika rivojlanishining ilk bosqichi oddiy ish va mexnat qurollari, keyinchalik murakkab kurinishdagi mehnat kurollari kashf qilinish davri boshlangan. Davrlar o’tib boshqariladigan murakkab maishiy texnika yaratila boshlandi va ishlab chiqarish shakllandi. Xozirgi kunda elektr energiyasi, avtomatlashtirilgan tizim orqali boshqariladigan zamonaviy ko’rinishdagi maishiy texnikalar yaratilmoqda.Unumdorlik, tezkorlik va tejamlilik maishiy texnikaning eng muhum kursatkichlaridir. Darhaqiqat, turli xil maishiy texnika - muzlatgichlar, changyutgichlar, kir yuvish mashinalari, mikroto’lqinli pechlar, televizorlar va boshqalarsiz zamonaviy inson hayotini tasavvur qilish qiyin.Xar bir inson kundalik hayotda turli xildagi maishiy texnikaga duch keladi.Maishiy texnikaning turli xil imkoniyatlari insonga turli sohalarda uz vazifalarini samarali bajarishga imkon beradi. Zamonaviy maishiy texnika vositalaridan foydalanganda, ularning tashqi qiyofasi, dizayni va funksionalligiga insonlar e'tiborini tortadi.Maishiy texnikaning yangi modellarini ishlab chiqishning eng muxim shartlaridan biri energiya tejovchi texnologiyalarni takomillashtirishdan iboratdir. Texnika tabiat qonunlari bilimi asosida inson mehnatining samaradorligini sezilarli darajada oshirish, mehnat faoliyatini amalga oshirish jarayonida o’z imkoniyatlarini kengaytirish imkonini beradi. Maishiy texnikalarni ishlab chiqarishni rivojlantirish va mehnatni amalga oshiruvchi yangi vositalarni yaratish orqali insonlar jismoniy va amaliy mehnat bilan bog’lik funksiyalardan ozod bo’la boradi.


Download 32,55 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish