2.1. Elektr energiyasi tejamkorligi haqida ma`lumot.
Energiya tejamkorlik - energiya resurslaridan samarali foydalanish uchun ko‘riladigan tadbirlar majmuasi. Misol uchun ishlab chiqarishda elektr energiyani iqtisod qilishga qaratilgan tadbir.
Energiya hajmi - mahsulot ishlab chiqarishda yoki biror ishni bajarishda sarf bo‘ladigan energiya miqdori. «Energiya hajmi» atamasi hozirgi paytda ko‘proq energiya solishtirma sarfining pul birligiga nisbatan ko‘rsatgich sifatida qaraladi (milliy daromad, mahsulot tannarxi).
Energiyadan samarali foydalanish - ijtimoiy, siyosiy, moliyaviy cheklanishlar, atrof-muhit, ekologiya va h.k. lami hisobga olgan holda energiyani iste'molchilarga eng maqbul yo‘l bilan taqsimlash va ishlab chiqarishda qo‘llash natijasida iqtisodiy foyda oiishga erishish.
Energiyani iqtisod qilish - ishlab chiqarishdagi ishlab chiqarishga sarf bo‘layotgan energiyani kamaytirishga qaratilgan tadbir. Misol uchun, elektr motorlarda quwat isrofini kamaytirishga qaratilgan tadbir.
Elektr energiyasini tejashning 2-xil usuli mavjud
Elektr energiyasini kerak bo’lmagan paytlarda ishlatmaslik.
Katta quvvatli elektr qurulmalarni kichik quvvatli qurulmalar bilan almashyirish orqali.
O’zbekistonning energiya sig’imi iqtisodi o’rta rivojlanish darajasidagi davlatlarga nisbatan taxminan ikki hissa yuqoriligi energiya tejamkorligi bo’yicha keng masshtabli tadbirlar o’tkazilishi uchun asos bo’lib hisoblanadi. Zamonaviy energiyaga bo’lgan talabdagi energiya tejamlik potensialining 40-45% dan foydalanilmayapti.Bu potensialdan foydalanish yoqilg’i qazib olishdan ancha arzon. Uning uchdan bir qismidan ko’prog’i yoqilg’i energetika kompleksining butun texnologik zanjiri va sanoatda, shuncha qismi kommunal-maishiy sektorda, 20% qishloq xo’jaligida va 10 % ga yaqini transportdadir.
Respublikada energiyaga bo’lgan talabning yuqori darajadaligi energiya talab etadigan jarayonlarning past texnikaviy darajasi va ishlab chiqarish energiya sig’imi tizimi bilan belgilanadi.O’zbekiston Respublikasining 2010 yilgacha energiya tejamkorlik Davlat dasturining asosiy vazifasi yangi texnologiyalar, mashinalar, jihozlar, maishiy uskunalar asosida yoqilg’i-energetik manba‘larini ishlatish samarasini oshirishni ta‘minlash va dunyo miqyosidagi boshqa texnikaviy vosita va transportni qo’llash, hamda ularni tejashning ma‘muriy-huquqiy, texnikaviy, iqtisodiy, texnologik va tashkiliy tadbirlari kompleksini o’tkazishdan iborat.
Sanoatda energiya iste‘molini tejash bo‘yicha 10 yil mobaynida, ya‘ni 1995 yilgacha amalga oshirilgan har xil tadbirlar natijasida yevropa mamlakatlarida energiyaning umumiy iste‘molini qisqartirish va 20% tejalishiga yerishildi. 1995 yilgacha esa energiyani sanoat ishlab chiqarishining qo‘shimcha ravishda ko‘payishiga erishilishi hisobiga yana 20% ga o‘sdi. Birinchi 20% tejamkorlik juda kam miqdorda kapital mablag‘ sarflanishi hisobiga amalga oshirildi. 1995 yildagi 20% tejamkorlikka esa katta mehnat sarfi evaziga erishildi, bu miqdordagi tejamkorlikka erishish ko‘p darajada samarali bo‘lgan yangi texnologiyalarni qo‘llash va ko‘p miqdorda kapital yo‘naltirishni talab etdi.
Energiya tejamkorligi masalalarini ko‘rib chiqishda elektr energiya, issiqlikni tejashga doir barcha chora-tadbirlarni qo‘llagan holda kompleks yondoshuvdan foydalanish muhimdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |