O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi fargʻona politexnika instituti yengil sanoat va to‘qimachilik fakulteti



Download 1,5 Mb.
bet1/15
Sana18.02.2022
Hajmi1,5 Mb.
#453198
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Bog'liq
portfolio shoxdiyor


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI


FARGʻONA POLITEXNIKA INSTITUTI


YENGIL SANOAT VA TO‘QIMACHILIK FAKULTETI

TABIIY TOLALAR” kafedrasi


4- kurs 42-18YeSTJ guruhi


Talaba Shokirov Shoxdiyor ilhomjon o’g’li
Bitiruvoldi amaliyoti davomida “Pilik tayyorlash” mavzuda bajargan
PORTFOLIO
Amaliyotchi talaba: _____________
(IMZO)


Institutdan rahbar: _______________
(IMZO)


Kafedra mudiri: ______________
( IMZO)
Farg‘ona - 2021-2022


KIRISH
So‘nggi yillarda respublikada yengil sanoatning to‘qimachilik, tikuv-trikotaj, charm-poyabzal va mo‘ynachilik tarmoqlarini rivojlantirish, ishlab chiqarilayotgan tayyor mahsulotlarning turlari va assortimentini kengaytirish, shuningdek, tarmoq korxonalarining investitsiya va eksport faoliyatini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Ko‘rilgan chora-tadbirlar respublikada ishlab chiqarilayotgan paxta tolasining 80 foizdan ko‘prog‘ini va ip kalavaning 45 foizdan ko‘prog‘ini qayta ishlash bo‘yicha quvvatlarni yaratish, shuningdek, 2018-yilda tayyor mahsulot eksport hajmini 1,6 milliard AQSh dollariga yetkazish imkonini berdi.
Charm-poyabzal va mo‘ynachilik sohalarini rivojlantirish va eksport salohiyatini oshirish uchun berilgan imtiyozlar va preferensiyalar mahalliy tayyor charm ishlab chiqarish hajmini 6 foizga va krast bosqichidagi charm ishlab chiqarish hajmini 44 foizga oshirish imkonini yaratdi.
Shu bilan birga jahon bozorlaridagi raqobatning kuchayishi, texnologiyalarning rivojlanishi va xorijiy ishlab chiqaruvchilar tomonidan mahsulot ishlab chiqarish xarajatlarining kamaytirilishi ushbu sohalarni rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar ishlab chiqilishini talab etmoqda.
Yengil sanoatning jadal va barqaror rivojlanishini ta’minlash, mahalliy xomashyoni chuqur qayta ishlash orqali birinchi navbatda tashqi bozorlarda raqobatbardosh bo‘lgan yuqori qo‘shilgan qiymatga ega to‘qimachilik, tikuv-trikotaj, charm-poyabzal va mo‘ynachilik mahsulotlari ishlab chiqarishni diversifikatsiya qilish va kengaytirish, shuningdek, salohiyatli xorijiy investorlarni jalb etish maqsadida:
1. Quyidagilar:
xomashyoni chuqur qayta ishlash asosida bozor talablaridan kelib chiqqan holda yuqori qo‘shilgan qiymatga ega to‘qimachilik, tikuv-trikotaj, charm-poyabzal va mo‘ynachilik mahsulotlari ishlab chiqarish va eksport qilishning 2020 — 2025-yillarga mo‘ljallangan maqsadli parametrlari 1 va 2-ilovalarga muvofiq;
2019-2020-yillarda yengil sanoatning to‘qimachilik, tikuv-trikotaj, charm-poyabzal va mo‘ynachilik sohalarini qo‘llab-quvvatlash va jadal rivojlantirish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi” 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, “O‘zto‘qimachiliksanoat” va “O‘zcharmsanoat” uyushmalari bilan birgalikda bir oy muddatda mazkur qaror bilan tasdiqlangan maqsadli parametrlarning bajarilishini so‘zsiz ta’minlashga qaratilgan investitsiya loyihalari ro‘yxatini tasdiqlasin.
2. Belgilab qo‘yilsinki:
a) O‘zbekiston Respublikasining bojxona chegarasi orqali yarim tayyor charmni (TIF TN bo‘yicha 4104, 4105, 4106 21 000 0 kodlari) olib chiqishda 2021-yilning 1-yanvaridan boshlab eksport qilinadigan mahsulot qiymatining 10 foizi miqdorida yig‘im undiriladi;
b) O‘zbekiston Respublikasi bojxona chegarasi orqali paxta ip-kalavasi va trikotaj matoni olib chiqishda 2021-yil 1-yanvardan boshlab olib chiqiladigan har bir kilogramm ip-kalava uchun 0,01 AQSh dollari, 2022-yil 1-yanvardan olib chiqiladigan har bir kilogramm ip-kalava va trikotaj mato uchun 0,05 AQSh dollari, 2023-yil 1-yanvardan — 0,1 AQSh dollari, 2025-yil 1-yanvardan — 0,2 AQSh dollari miqdorida yig‘im undiriladi;
(2-bandning “b” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 8-fevraldagi PQ-4982-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 09.02.2021-y., 07/21/4982/0094-son)
Oldingi tahrirga qarang.
v) mazkur bandning “b” kichik bandida ko‘rsatilgan mablag‘larning (trikotaj mato eksportidan undirilgan yig‘imlar bundan mustasno) 5 foizi, “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasining alohida bank hisob raqamiga quyidagilar uchun yo‘naltiriladi:
(2-band “v” kichik bandining birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 21-yanvardagi PF-53-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.01.2022-y., 06/22/53/0052-son)
to‘qimachilik va tikuv-trikotaj tarmoqlari korxonalarida xalqaro standartlarni joriy etish, tayyor mahsulotlarni tashqi bozorlar talablarini hisobga olgan holda sertifikatlash bo‘yicha tadbirlarni moliyalashtirish;
tarmoq korxonalarining xalqaro ko‘rgazmalar va yarmarkalarda ishtirok etish, milliy brendlarni yaratish va ilgari surish bilan bog‘liq xarajatlarini qoplash;
ilmiy-tadqiqot va innovatsion loyihalarni amalga oshirish, kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish, jumladan ularni xorijga o‘qish uchun yuborish;
“O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, uning ijro etuvchi apparati xodimlarini moddiy rag‘batlantirish, shuningdek, Uyushmaning xorijiy vakolatxonalarini saqlash va xorijiy mutaxassislarni jalb etish xarajatlarini kompensatsiya qilish;
“O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi a’zolari umumiy yig‘ilishining qarori bilan belgilangan va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa maqsadlar.
“O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi Moliya vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga ushbu bandning “v” kichik bandida ko‘rsatilgan mablag‘lar bo‘yicha daromadlarni shakllantirish va mablag‘lardan foydalanish tartibi to‘g‘risidagi nizom loyihasini kiritsin hamda unda har yili daromadlar va xarajatlar smetasi tasdiqlanishini, shuningdek, ushbu mablag‘lardan maqsadli foydalanilishi ustidan Uyushma a’zolarining umumiy yig‘ilishi va O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan nazorat olib borilishini nazarda tutsin.
3. 2020-yil 1-yanvardan boshlab shunday tartib o‘rnatilsinki, unga muvofiq:
hisobot davri natijalari bo‘yicha yalpi tushumning umumiy hajmida tayyor tikuv-trikotaj mahsulotlarining eksporti 60 foizdan kam bo‘lmagan eksport ulushiga ega bo‘lgan korxonalar 2023-yil 1-yanvarga qadar mol-mulk solig‘ini to‘lashdan ozod etiladi;
to‘qimachilik, tikuv-trikotaj, charm-poyabzal va mo‘ynachilik sohalari korxonalarining foyda solig‘i bo‘yicha soliqqa tortiladigan bazasi yetti yil davomida teng ulushlarda zamonaviy tozalash va kanalizatsiya inshootlarini qurish bo‘yicha xarajatlar summasiga kamaytiriladi;
chorva mollarini so‘yish bo‘yicha zamonaviy avtomatlashtirilgan majmualarga ega va ularni yangidan ishga tushirayotgan tashkilotlar va terini qayta ishlovchi korxonalar 2023-yil 1-yanvarga qadar yer solig‘i to‘lashdan ozod etiladi;
(3-bandining to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 8-fevraldagi PQ-4982-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 09.02.2021-y., 07/21/4982/0094-son)
“O‘zto‘qimachiliksanoat” va “O‘zcharmsanoat” uyushmalarining xorijiy konsultantlari, shuningdek, to‘qimachilik, tikuv-trikotaj, charm-poyabzal va mo‘ynachilik sohalari korxonalarida mehnat faoliyatini yuritayotgan xorijiy mutaxassislar O‘zbekiston Respublikasidagi daromad manbalari bo‘yicha jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘ini uning belgilangan stavkasidan 50 foiz miqdorida to‘laydi.
4. Belgilansinki, “O‘zpaxtasanoat” AJ tomonidan 2018 — 2020-yillar hosilidan paxta tolasini mahalliy to‘qimachilik korxonalariga birja savdolarida milliy valyutaga sotish mahsulot yuklab jo‘natilgan kundan 90 kun mobaynida yakuniy hisob-kitob qilgan holda 35 foiz oldindan to‘lov asosida amalga oshiriladi.
5. “O‘zpaxtasanoat” AJga paxta-to‘qimachilik ishlab chiqarishlari va klasterlariga sotish nazarda tutilgan paxta tozalash zavodlari va tayyorlov maskanlarining baholash qiymatidan quyidagi chegirmalarni taqdim etish masalasida paxta tozalash zavodlarining boshqaruv organlarida tashabbus bilan chiqish tavsiya etilsin:
bir yil mobaynida to‘langanda — 50 foiz miqdorida;
ikki yil mobaynida to‘langanda — 40 foiz miqdorida;
uch yil mobaynida to‘langanda — 30 foiz miqdorida.
Bunda paxta tozalash zavodlari va tayyorlov maskanlarining chegirmalarni hisobga olgan holdagi bahosi ularning balans qiymatidan past bo‘lishi mumkin emas.
6. Belgilansinki:
paxta-to‘qimachilik ishlab chiqarishlari va klasterlarining paxta xomashyosini yetishtirish bo‘yicha xarajatlarini moliyalashtirish uchun 2019-yilda O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Qishloq xo‘jaligini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasining (keyingi o‘rinlarda — Jamg‘arma) kredit resurslari hisobidan tijorat banklari tomonidan ajratilgan kreditlar faqat 11 oy o‘tganidan so‘ng qaytariladi, har bir transh uchun qaytarish muddatini hisoblash esa paxta-to‘qimachilik ishlab chiqarishlari va klasterlariga mablag‘lar kelib tushgan paytdan boshlanadi. Xuddi shunday tartib tijorat banklari tomonidan Jamg‘arma kredit resurslarini qaytarishda ham qo‘llaniladi;
paxta urug‘lik chigitini ishlab chiqarish paxta-to‘qimachilik ishlab chiqarishlari va klasterlari tomonidan mustaqil amalga oshirilishi mumkin;
paxta-to‘qimachilik ishlab chiqarishi va klasteri doirasida o‘z ehtiyojlari uchun ishlab chiqarilayotgan paxta tolasini sertifikatlash ixtiyoriy ravishda amalga oshiriladi.
7. Tijorat banklariga paxta xomashyosini yetishtirish va yig‘ib olishni moliyalashtirish uchun valyuta kredit liniyalari jalb qilinishini ta’minlash tavsiya etilsin.
8. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi kelgusi yil uchun paxta xomashyosi yetishtirishning prognoz hajmlari va g‘o‘zani navlari bo‘yicha joylashtirishni nazarda tutuvchi Hukumat qarorlari oldingi yilning 1-oktabridan kechiktirmasdan qabul qilinishini ta’minlasin.
9. Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti qoshidagi O‘zbekiston-Koreya o‘quv-amaliy to‘qimachilik texnoparki belgilangan tartibda tasdiqlanadigan ro‘yxat bo‘yicha o‘z ehtiyojlari uchun olib kiradigan, O‘zbekiston Respublikasida ishlab chiqarilmaydigan uskunalar, butlovchi qismlar, detallar, uzellar, texnologik hujjatlar, dasturiy ta’minotlar uchun 2023-yil 1-yanvarga qadar bojxona to‘lovlaridan (bojxona yig‘imlaridan tashqari) ozod etilsin.
Toshkent viloyati erkin iqtisodiy zonalari va kichik sanoat zonalari ma’muriy kengashi bir oy muddatda Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti qoshidagi O‘zbekiston-Koreya o‘quv-amaliy to‘qimachilik texnoparkining buyurtmanomalariga binoan “Angren” erkin iqtisodiy zonasi hududidan to‘qimachilik va tikuv-trikotaj mahsulotlari ishlab chiqarish bo‘yicha investitsiya loyihalarini amalga oshirish uchun yer maydonlari ajratilishini ta’minlasin.
10. O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi bilan birgalikda uch oy muddatda to‘qimachilik, tikuv-trikotaj, charm-poyabzal va mo‘ynachilik sohalari korxonalarida zamonaviy tozalash inshootlari qurishni va mavjudlarini modernizatsiya qilishni moliyalashtirish uchun donor mamlakatlar, xalqaro hamda xorijiy hukumat va nohukumat tashkilotlari, xalqaro moliya institutlari, xorijiy davlatlar bank tuzilmalarining texnik ko‘mak mablag‘larini (grantlarini) jalb etish bo‘yicha tegishli choralarni ko‘rsin.
11. Toshkent shahar hokimligi “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasiga mahalliy to‘qimachilik va tikuv-trikotaj mahsulotlari ishlab chiqaruvchilarning doimiy faoliyat ko‘rsatuvchi ko‘rgazma maydonchasini tashkil qilish uchun Toshkent shahar, Yakkasaroy tumani, Bobur ko‘chasi, 44-b uy manzilida joylashgan uch qavatli binoni unga tutash hududi bilan balans qiymatida topshirsin.
12. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ayrim qarorlariga 4-ilovaga muvofiq o‘zgartirishlar va qo‘shimcha kiritilsin.
13. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 6-oktabrdagi “To‘qimachilik sanoati xomashyo bazasini diversifikatsiya qilishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-3314-son qarori o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
14. Iqtisodiyot va sanoat vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida takliflarni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.

Download 1,5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish