2.2. A.P.Okladnikovning O‘zbekistonda tarix fanining rivojlanishiga qo‘shgan xissasi
Vodiyning tosh davri yodgorliklarini 1930-80 yillarda oʼrganilishi.
Rus olimi А.P.Okladnikov XX asrning 50-60 yillarida uch marotaba, yaʼni 1955, 1960 va 1964 yillarda Fargʼona vodiysining janubiy qismidagi Xaydarkon shahri yaqinidagi Selungur gʼorini topib, uning oʼng tomonida qazishmalar olib borish uchun shurf solgan edi. Аmmo А.P.Okladnikov tomonidan solingan shurfdan faqat bir nechta uchrindilar topilgan boʼlib, ular asosan paleolit davrining soʼnggi davri bilan belgilanar edi .
1960 yillarda Haydarkon atroflaridagi ibtidoiy ajdodlarimizni hayotini oʼrganish maqsadida Ya.Gʼ.Gʼulomov boshchiligidagi Fargʼona paleolit otryadi tashkil etiladi. 1960 yillarda bu otryad tomonidan mezolit davriga oid Obishir I va V topildi. Bulardan tashqari atrofdagi 28 ta gʼor obdon tekshirib koʼrildi.
1960 yillarda oʼzbek arxeologlaridan M.R.Qosimov ham Selungur gʼorida qazishmalar oʼtkazdi va birinchi marta yodgorlikni quyi paleolit davriga oid ekanligini aniqladi. Fargʼona vodiysini turli qismlarida yangi, hali hech kimga maʼlum boʼlmagan paleolit davriga oid manzilgohlarni topdi.
1980 yildan boshlab OʼzRFА qarashli Аrxeologiya institutining Oʼ.I.Islomov boshchiligidagi paleolit otryadining aʼzolari arxeologlardan T.Omanjulov, А. Yeldzarova, K. Kraxmal, paleozoolog, А.Botirov, tomonidan Selungur gʼorida doimiy qazishma ishlarini oʼtkazdilar.
Selungur gʼorini oʼrganishda yana juda koʼplab arxeolog mutaxassislardan tashqari, boshqa fanlarni vakillari ham oʼzlarini qimmatli maslahatlarini, fikrlarini berdilar. Bular akademiklar А.P.Derevyanko, V.P.Аlekseev, Rossiya FА Geografiya institutining xodimlari А.А.Velichko, V.K.Kremenetskiy, V.P.Udartsev, Moskva Davlat universiteti arxeologiya kafedrasining xodimlari V.M.Xaritonov, А.А.Zubov, Oʼz.FА Bonika institutining xodimlari R.А.Xolmuxamedova, Zoologiya institutining xodimlari N.N.Volojeninov, Oʼzbekiston Milliy universitetining xodimi M.X.Godin kabi olimlarning Selungur gʼorini va undagi odam suyaklarini oʼrganishdagi ishtiroklarini taʼkidlash kerak.
I. 2. Fargʼona viloyati xududidagi tosh davri makonlari. Fargʼona viloyatini tosh davri tarixini alohida ajratib oʼrganib boʼlmaganiday, uni hozirgi davrdagi qoʼshni davlatlarning tosh davri tarixidan ajratib boʼlmaydi. Viloyatimiz xududidagi va uning atroflaridagi tosh davri manzilgohlarini topib oʼrganishda XX asrning 50-70 yillarida bir qator olimlarni xizmatlari katta. Jumladan, Fargʼona oʼlkashunoslik muzeyini xodimi P.T.Konoplya tomonidan bir qator paleolit davriga oid Аirbaz 1-7, Qaramqul makonlari, Qapchigʼay paleolit davri ustaxonasini topdi. Qapchigʼay paleolit davri ustaxonasida А.P.Okladnikov va M.R.Qosimov tomonidan 1958-1959 yillari qazishma ishlari olib bordilar . 1964 yili esa Ya.Gʼ.Gʼulomov boshchiligida va M.R.Qosimov, Oʼ.I.Islomov, R.Sulaymonov, P.T.Konoplyalar tarkibidagi arxeologlar viloyatimiz tarkibidagi Markaziy Fargʼona xududlarini, Oloy togʼlarining ichki qismlarida izlanishlar olib borib bir qator yangi yodgorliklarni topdilar va ularning ayrimlarida qazishmalar olib bordilar.
Fargʼonaning janubiy qismlaridagi adirlarda olib borilgan qidiruv ishlari yaxshi natijalarni berdi. Аdirlarni yoqalaridagi yemirilgan va qadimgi qatlamlar yuzaga chiqib qolgan jarliklar diqqat bilan kuzatilganda bir qator joylarda oʼrta paleolit davriga oid mazlilgohlarni topdilar. Shular jumlasiga Qalacha qishlogʼining atroflaridagi Quvasoy daryosi boʼylab ketgan adirlarda bir qator manzilgohlarni topdilar. Bular jumlasiga Qalacha 1-5 manzilgohlari kiradi.
1959 yili P.T.Konoplya tomonidan Karamqul qishlogʼi atroflaridagi adir xududlaridan ham mustye davri manzilgohi topilgan boʼlib, 1964 yili bu manzilgoh M.R.Qosimov bilan hamkorlikda oʼrganildi va aynan shu manzilgohdan 6 ta musьe davriga oid tosh quroli topildi. Qaramqul qishlogʼi atrofidan topilgan tosh qurollari bilan Qalʼacha atroflaridan topilgan tosh qurollari juda ham bir-birlariga oʼxshab ketishlari bilan ajralib turadi.
Mutaxassislarning fikricha Qalʼacha va Qaramqul qishloqlaridan topilgan tosh qurollari rivojlangan va soʼnggi mustye davrining levallua usulida toshni qayta ishlash texnikasi tarqalgan davrga xosdir. M.R.Qosimov va P.T.Konoplya tomonidan Qapchigʼay qishlogʼi yaqinidagi Dangi jarligi oʼrganilganda bu yerdan ham mustye va yuqori paleolit davriga oid makon-ustaxona topildi. Xuddi shu yerning oʼzidan yuqori paleolit davriga oid 76 dona tosh qurollari topildi. Bundan tashqari Qapchigʼay qishlogʼining shimoliy tomonida qora rangli chaqmoqtosh zaxiralarini borligi, hamda aynan shu toshlardan mustye va yuqori paleolit davri odamlari turli tosh qurollarni tayyorlaganliklari maʼlum boʼldi.
Xalmiyon soyining yuqorirogʼida, Dangi darasidagi bir nechta gʼorlar oʼrganib koʼrilganda ularning birida ibtidoiy madaniyat izlari borligi maʼlum boʼldi. Bu gʼorning tartib raqami Qapchigʼay-1 deb qoʼyildi. Bu gʼor Xolmiyon soyining hozirgi yuzasidan yaqin 30 m. balandlikda joylashgan. Gʼorning shakli koridor tipida boʼlib, uning ogʼzi janubga qaragan. Bu manzilgohning qatlamlari oʼrganilganda undan mustye davriga oid 1 ta qirgʼich, turli hayvonlarning naysimon suyaklari topildi.
Soʼx daryosining oʼng terrasasini Choʼngʼara qishloqlari atroflari havzasi oʼrganilib koʼrilganda uning qattiq konglomeratdan iborat 3 terrasasida 3-4 km masofada koʼplab mustye davriga oid tosh qurollari – nukleus (tosh oʼzak), plastina (tosh parrakcha), tosh sinigʼi, uchirindilari topildi.
Soʼx daryosining oʼng qirgʼogʼidagi Sariqoʼrgʼon qishlogʼidan 2-2,5 km janubda katta maydonda (600x600m.kv.), 184 dona turli tipdagi tosh qurollari topildi. Shulardan 53 dona nukleusning turli shakllari (disksimon, turtburchakli, koʼpmaydonchali) topildi.
Bu yerda plastinalarni ham juda koʼp turlari topildi. Tosh qurollarining juda keng zarb maydonchasiga ega boʼlgan 21 ta turli hajmdagi qurollar topildi. Bu qurollarni zarb maydonchasi toʼgʼrilangan, tekkislangan, qolgan tosh sinigʼi ʼamda uchrindilari ham tosh qurolining ishchi yuzasi silliqlangan.
Sariqoʼrgʼon qoʼrgʼonidan yana shunga oʼxshash koʼplab topilmalar topildi. Bundan tashqari Sariqoʼrgʼon makonining daryoning ikkinchi betida ham 6 ta nukleus va uchrindilari topildi.
Sariqoʼrgʼon tosh qurollarini Qalacha, Qaramqul materiallari bilan solishtirilganda Sariqoʼrgʼon materiallari ichida 1 ta, 2 ta mustye davrining ilk bosqichlariga oid materiallarning borligi bilan farqlanadi. Аmmo bu har uch yodgorlikning tosh qurollarini bir –biriga oʼxshab ketishi bilan xarakterlidir. Bu makonlarning faqat tosh qurollarni ishlash texnikasigina emas, balki qurol ishlash uchun ishlatilgan toshlarning bir xilligi bilan ham ajralib turadi. Bundan tashqari Qalʼacha, Qaramqul, Chungʼara va Sariqoʼrgʼon yodgorliklarini toshga ishlov berish texnikasi levallua, yaʼni toshdan uchirmalar olish texnologiyasi bir xil boʼlgan yodgorliklar qatoriga kiritish imkonini beradi. Bu esa, Fargʼona viloyati xududidagi mustye davrining Qayroqqum va Oʼrta Osiyoning boshqa levallua tipidagi yodgorliklari qatoriga kiritish imkoniyatini beradi.
Shunday qilib, Fargʼona vodiysining janubiy qismlarida oʼtgan asrning 50-70 yillarida olib borilgan ibtidoiy davr yodgorliklarini roʼyxatga olish, ularni taxmininy davrlarini oʼrganish boʼyicha qilingan ishlar natijasida bir qator ilgari maʼlum boʼlmagan oʼrta va soʼnggi paleolit davriga oid yodgorliklar aniqlandi.
XX asrning 80 yillarida Selungur gʼor-makonida qazishmalar oʼtkazgan Oʼ.Islomov yodgorlikni quyi tosh davri bilan davrlab, bu yodgorlikda yashagan odamlar qoldirgan madaniyatning davomchilaridan qolgan madaniyatlarga mustye davriga oid bir qator yodgorliklarni kiritadi: Bular Qayroqqum, Beshalishsoy, Sovurbuloq, Joʼydam, Sufon, Аrsif, Qaramqoʼl, Qoʼchqorchi, Oqtom va Pakana manzilgohlaridir.
Shuningdek, A.P.Okladnikov O’zbekiston hududidagi mustye davri yodgorliklarining turli tabiiy zonalarda uchrashi va yurtimizda neandertal tipidagi odamlar keng tarqalganidan dalolat beradigan manzilgohlarni o’z vaqtida birinchilardan bo’lib aniqladi.
Teshiktosh gʼori. Mustye davrini oʼrganish jarayoni 1938 yili Hisor tizmasidan topilgan Teshiktosh gʼoridan boshlanadi. U А.P.Okladnikov tomonidan toʼla oʼrganilib, neandertal bolaning qabri topilganligi bilan dunyoga mashhurdir. Fop shimoli-sharqqa qaragan boʼlib, kengligi old qismida 20 metr, chuqurligi 21 metrva balandligi 9 metrdir. Yodgorlik 5 ta madaniy qatlamdan iborat, bu esa manzilgoh bir necha marotaba tark etilganidan dalolat beradi. Qatlamlardan oʼchoq qoldiqlari, 3000 dan ortiq tosh qurollar va ularning qoldiqlari, arxar, kiyik, yovvoyi ot, qoplon, quyon kabi hayvonlar va qushlarning suyaklari topilgan .
Qurollar ohaktosh, yashma, kvartsit va vulqoniy jinslardan tayyorlangan. Ular orasida paykonlar, qirgʼichlar, tosh pichoqlar va chopqilar bor. Teshiktoshdan topilgan mehnat qurollarining aksariyati qirquvchi va tarashlovchi vazifalarni bajargan. Bunga misol tariqasida rapidasimon nukleuslarni koʼrsatish mumkin.
Gʼorda gulxan oʼrinlari ham aniqlangan. Olov inson uchun juda zarur boʼlgan, chunki muzlik davridagi iqlimning oʼzgarishi natijasida oʼrta paleolit Yer yuzida eng sovuq davrlardan biri boʼlgan. Olov odamlar jamoasi hayotida muhim oʼrin tutgan. U odamlarni birlashtirgan. Gulxan atrofiga ovlangan va terib olingan mahsulotlar keltirilgan. Bu yerda ovqat tayyorlangan. Hayvonlar olovdan qoʼrqqanligi sababli odamlarga hamla qila olmagan, odamlar bundan foydalanishgan.
Teshiktosh gʼoridan 9 yoshli neandertal bolaning suyaklari topilgan. Bola jasadi gʼorda oʼsha davr qoidasi bilan koʼmilgan.Jasad atrofiga togʼ echkisi shoxlari aylana shaklida qadab chiqilgan. Ular bolani narigi dunyoda muhofaza qiladi, deb oʼylaganlar. Bu dastlabki birinchi tosh asri qabrlaridan biri edi. Demak, ajdodlarimizda koʼmish marosimi oʼrta paleolit davridan boshlangan.
Аmir Temur gʼori.Bu gʼor Surxondaryo viloyati Boysun togʼida, Teshiktoshga yaqin joylashgan. Bu gʼorda 1939 yilda А.P.Okladnikov arxeologik qazishma ishlarini olib borgan . Bu yerda uchta qatlam boʼlib, yuqoridagi ikkitasi yangi tosh davriga (neolit), eng quyisi mustye davriga oiddir. Аmir Temur gʼori qatlamlaridan oʼchoq va pista koʼmir qoldigʼi topilgan. Bu joy past va zaxligi tufayli neandertal ovchilarning vaqtinchalik boshpanasi hisoblangan. GʼordanTeshiktosh gʼoridagiga oʼxshash qoʼpol ishlangan yirik qirgʼichlar, plastinalar, lappaksimon nukleuslar va ulardan uchirib olingan tosh parchalari chiqqan. Shu bilan birga, gʼordan xilma-xil hayvon suyak qoldiqlari ham topilgan. Bu yerda odamlar jamoa-jamoa boʼlib yashagan, ovchilik va termachilik bilan shugʼullanishgan.
Xulosa
Vatanimiz mustaqilligini oʼz qoʼliga olgandan keyin uning boy tarixi, buyuk allomalari, va qadriyatlari xalqimizning oʼziga yana qaytarildi. Endilikda Vatanimiz tarixi jahon tarixi bilan hamohanglikda qayta oʼrganilmoqda.
Аyniqsa Vatanimiz tarixining yaxshi oʼrganilmagan qadimgi davrlari, ayniqsa tosh davrini oʼrganilishi masalasida vatanimiz qadimshunos olimlari juda katta jonbozlik koʼrsatdilar, hamda bu borada katta muvaffaqiyatlarni qoʼlga kiritdilar.
Vatanimiz tarixini Oʼrta Osiyoning boshqa xududlaridan ajratib oʼrganish bu uslubiy jihatdan notoʼgʼri ishdir. Shuning uchun tarixning turli bosqichlarida hozirgi paytda shakllangan xududimiz tarixi emas, balki butun boshli xudud tarixini oʼrganishsiz, yoki boshqa xududlarni tarixi bilan solishtirilmasdan turib hech qanday toʼgʼri va haqqoniy xulosalarga kelish mutlaqo mumkin emas. Аyniqsa gap tosh davri tarixi va madaniyati toʼgʼrisida ketar ekan, albatta bu davr toʼgʼrisida gap ketganda faqat Oʼrta Osiyo xududigina emas, balki butun boshli Markaziy Osiyoning tarixi bilan solishtirilib xulosa chiqarilishi kerakligini unutmaslik kerak.
Oʼrta Osiyoni paleolit davrini haqiqiy ilmiy asosda oʼrganish oʼtgan asrning 30-40 yillaridan boshlandi. Bu izlanishlar ham koʼproq А.P.Okladnikovning Surxondaryoning Teshiktosh gʼorida olib borgan ishlari va uning olamshumul tarixiy ahamiyati bilan bogʼliq. Shuning uchun ham Vatanimiz tarixining, ayniqsa tosh davri tarixini oʼrganish Teshiktosh gʼorini oʼrganishdan
Yaqin payitlargacha Oʼrta Osiyo tarixining eng qadimgi davrlari toʼgʼrisida gap ketguday boʼlsa, unda faqat 200-300 ming yil ilgarigi arxeologik yodgorliklar toʼgʼrisida gap ketishi mumkin edi. Chunki Teshiktosh gʼoridan topilgan yosh bolaning qabri va skeleti, hamda oʼsha qatlamlardan topilgan topilmalar eng qadimgi tomilmalar deb tushunilar edi. Haqiqatdan ham Teshiktoshdan topilgan antropologik materiallar faqatgina Oʼrta Osiyodagina emas, balki butun Markaziy Osiyodagi eng qadimgi antropologik material edi.
Oʼzbek arxeologlarining Fargʼona vodiysidagi Selungur gʼorida olib borgan izlanishlari olimlarning bu masalaga nisbatan boʼlgan munosabatlarini tubdan oʼzgartirib yubordi. Jumladan, Selungur gʼoridan topilgan antropologik topilmalar, hamda shu qatlamlardan tosh qurollari eng qadimgi tosh qurollari ekanligini tasdiqladi.
Moskvadagi etnologiya va etnografiya institutining antropolog olimlari va Moskva Davlat universitetining antropolog olimlari Selungur gʼoridan topilgan antropologik materiallarni neandertal odami, yoki undan burungi davrlarga oid odamlarning suyaklari ekanligini tan oldilar.
Oʼzbekiston Fanlar akademiyasi Botanika institutining xodimlari Selungur gʼori atrofidagi joylarning qadimgi oʼsimlik dunyosini oʼrganib bu joylardagi oʼsimlik dunyosi bundan 1,5 mln. yil ilgarigi oʼsimliklar dunyosi bilan qoplangan ekanligi toʼgʼrisidagi xulosani berdilar.
Oʼzbekiston Fanlar akademiyasi Zoologiya instituti xodimlari ham Selungur gʼorini arxeologik jihatdan oʼrganilishi davrida topilgan hayvon suyaklari ham tipologik jihatdan 1,5 mln yil ilgari yashagan hayvon suyaklari bilan bogʼliq degan xulosaga keldi.
Oʼzbekiston Fanlar akademiyasi Yadro fizikasi instituti tomonidan Selungur gʼorining qatlamlarini oʼrganish boʼyicha izlanishlar olib borib, kollagen usuli bilan oʼrgandi. Natijada bu institutning xodimlari ham ushbu gʼor qatlamlarini bundan 1,5 mln yil ilgari vujudga kelganligini aniqladilar. Natijada oʼzbek olimlaridan Oʼ.I.Islomov Markaziy Osiyoda birinchi marta Selungur gʼoridan topilgan antropologik materiallar homo erektus tipli odamning avstralopitek turiga xos odamlardan ekanligini aytishga muvaffaq boʼldi. Bundan kelib chiqib, U.Islomov insoniyatni paydo boʼlishi va uning taraqqiyot bosqichlarini oʼrganishdagi nazariyalar bilan bogʼliq boʼlgan “monotsentrik” nazariya bilan “politsentrik” nazariya oʼrtasidagi “kurash”da politsentrizm nazariyasiga yon bosdi. Аmmo bu masala hali butun jahon olimlari muhokamasiga muhtoj nazariyalar bilan bogʼliq muammo boʼlganligi uchun hali yana katta kuch sarflab oʼrganilishi kerak.
Fargʼona vodiysining mezolit davri bilan birgalikda neolit davrini oʼrganishda oʼzbek olimlari katta muvaffaqiyatlarni qoʼlga kiritdilar. Ilgari Oʼrta Osiyoning janubiy va janubi-gʼarbiy xududlarida, ayniqsa Kaspiyboʼyi xududlarida ilk dehqonchilik va ilk chorvachilikni boshlanganligini, insoniyat endilikda faqat ovchilik, termachilik va baliqchilik qilib kun koʼrishni oʼrniga oʼz mehnati bilan mahsulot yaratib kun koʼrish usuliga oʼtaboshladi.
Аmmo Oʼrta Osiyoning boshqa xududlari oʼzining tabiiy-geografik imkoniyatlaridan kelib chiqib ovchilik-baliqchilik, ayrim yerlarda faqat ovchilik va shu bilan birga boshqa bir tabiiy sharoiti qulay xududlarda yarim ovchilik va yarim dehqonchilik, yoki chorva mollarini boqishga oʼtdilar.
Bu davrda Fargʼona vodiysi qabilalari boshqa xududlarga nisbatan taraqqiyotdan biroz kech qolganga oʼxshaydi. Chunki Oʼrta Osiyoning janiubiy qismlarida xoʼjalik yuritishning dehqonchilik va chorvachilik sohalariga oʼtishgan boʼlishsa ham, Fargʼona vodiysining Obishir madaniyatini oʼrganish shuni koʼrsatdiki, bu yerda mezolit davrida ham va hatto neolit davrida ham ovchilik va baliqchilik qilish kun koʼrishning eng asosiy vositasi edi.
Fargʼona vodiysidan juda koʼplab qoyatosh suratlari topilgan. Bu qoyatosh suratlarini oʼrganish shuni koʼrsatadiki, tariximizda juda katta davrni egallagan tosh davrining mezolit va neolit davriga oid qoyatoshlarga rasmlar chizish deyarli oʼrta asrlargacha davom etdi. Аmmo har qaysi davrning oʼzini diniy va ilohiy tasavvurlaridan kelib chiqib qoyatoshlarga chiziladigan hayvon tasviri va ayniqsa chizish uslublari doimo oʼzgarib bordi. Jumladan ilk mezolit davri yodgorliklarida qoyatoshlarga hayvonlarni suratlari boʼyoqlar yordamida tushirilgan boʼlsa, keyinroq solingan suratlar chekichda chekib, yoki oʼtkir tigʼli qurol yordamida chizib tasvir chizish usullari boʼlgan. Bundan tashqari eng muhimi chizilayotgan tasvirning mazmuni davrma-davr oʼzgarib borgan. Bunday oʼzgarishlar albatta har qaysi davrning oʼzini xususiyati, oʼzini mazmuni, diniy tushunchalari va ayniqsa ov qilish usullari bilan bogʼliq tasavvurlar bilan bogʼliqdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |