O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi farg‘ona davlat universiteti tarix fakulьteti



Download 62,45 Kb.
bet2/12
Sana22.06.2021
Hajmi62,45 Kb.
#72911
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
kurs ishi-2020 (Lotincha)

O‘rganilganlik darajasi. Yurtimizda A.P.Okladnikovning tarix fani rivojiga qo‘shgan hissasini o‘rganish borasida alohida bir tadqiqotlar amalga oshirilmaganligini hisobga olish muhim. SHu jihatdan olimning fanga qo‘shgan hissasini ba’zi hududlarni eng qadimgi davrini o‘rganish, asosan tosh davrini o‘rganish bilan bog‘liq tadqiqotlarga bog‘lab yoritishni maqsad qilib oldik. Misol tariqasida Farg‘ona vodiysi hududining eng qadimgi tosh davri tarixi shular jumlasidandir. Farg‘ona vodiysini tosh davri yodgorliklarini o‘rganish XX asrning 30-40 yillaridan boshlangan. Ayniqsa 1938-39 yillarda rus olimi A.P.Okladnikov tomonidan Surxondaryo viloyatidagi o‘rta paleolit davriga oid Teshiktosh g‘orini o‘rganishi natijasida undan neandertal odamini topilishi olamshumul ahamiyatga ega bo‘ldi, chunki bu skelet Evroosiyo qit’asida hozirgi kunga qadar topilgan neondertal odamlarning eng sharqdagisi edi1.

A.P.Okladnikov tomonidan topilgan Teshiktosh odami to‘liq ko‘mish marosimlariga amal qilgan holda, echki shoxlarini qabr atrofiga qo‘ygan holda ko‘milgan. Bunday ko‘mish marosimini paydo bo‘lishi eng dastlabki e’tiqodni paydo bo‘lganligidan, nimagadir ishonish belgilari paydo bo‘lganligini ko‘rsatuvchi belgidir. Teshiktoshdagi bunday topilmalar O‘rta Osiyoning boshqa xududlarida ham tosh davrini keng miqyosda o‘rganishga turtki berdi. 1960 yildan boshlab Farg‘ona vodiysini tosh davri yodgorliklarini o‘rganishga YA.G‘.G‘ulomov boshchiligidagi ekspeditsiya kirishadi. 1960 yillarda Selung‘ur g‘ori topib o‘rganildi, shu yillari Obishir I va V topildi.

Mustye davrini o‘rganish jarayoni 1938 yili Hisor tizmasidan topilgan Teshiktosh g‘oridan boshlanadi. U A.P.Okladnikov tomonidan to‘la o‘rganilib, neandertal bolaning qabri topilganligi bilan dunyoga mashhurdir. Fop shimoli-sharqqa qaragan bo‘lib, kengligi old qismida 20 metr, chuqurligi 21 metr va balandligi 9 metrdir. YOdgorlik 5 ta madaniy qatlamdan iborat, bu esa manzilgoh bir necha marotaba tark etilganidan dalolat beradi. Qatlamlardan o‘choq qoldiqlari, 3000 dan ortiq tosh qurollar va ularning qoldiqlari, arxar, kiyik, yovvoyi ot, qoplon, quyon kabi hayvonlar va qushlarning suyaklari topilgan2.

Qurollar ohaktosh, yashma, kvarsit va vulqoniy jinslardan tayyorlangan. Ular orasida paykonlar, qirg‘ichlar, tosh pichoqlar va chopqilar bor. Teshiktoshdan topilgan mehnat qurollarining aksariyati qirquvchi va tarashlovchi vazifalarni bajargan. Bunga misol tariqasida rapidasimon nukleuslarni ko‘rsatish mumkin.

G‘orda gulxan o‘rinlari ham aniqlangan. Olov inson uchun juda zarur bo‘lgan, chunki muzlik davridagi iqlimning o‘zgarishi natijasida o‘rta paleolit Er yuzida eng sovuq davrlardan biri bo‘lgan. Olov odamlar jamoasi hayotida muhim o‘rin tutgan. U odamlarni birlashtirgan. Gulxan atrofiga ovlangan va terib olingan mahsulotlar keltirilgan. Bu erda ovqat tayyorlangan. Hayvonlar olovdan qo‘rqqanligi sababli odamlarga hamla qila olmagan, odamlar bundan foydalanishgan.

Teshiktosh g‘oridan 9 yoshli neandertal bolaning suyaklari topilgan. Bola jasadi g‘orda o‘sha davr qoidasi bilan ko‘milgan.Jasad atrofiga tog‘ echkisi shoxlari aylana shaklida qadab chiqilgan. Ular bolani narigi dunyoda muhofaza qiladi, deb o‘ylaganlar. Bu dastlabki birinchi tosh asri qabrlaridan biri edi. Demak, ajdodlarimizda ko‘mish marosimi o‘rta paleolit davridan boshlangan.




Download 62,45 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish