O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi farg‘ona davlat universiteti



Download 4,24 Mb.
Pdf ko'rish
bet81/247
Sana26.01.2022
Hajmi4,24 Mb.
#411182
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   247
Bog'liq
Ped mahorat ma\'ruza matni

 
  O‘quvchilarda  o‘rganilayotgan  predmetga  qiziqishi,uni  yaxshi  ko‘rishini 
shakillantirishiga,  izlanuvchanlikka,  yangi  bilimlarni  ochishga,  muammoli 
xarakterdan  masalalarni  echishga  jalb  qilish  muhimdir.  SHunday  ekan,  o‘qitish 
turlituman bo‘lganda qiztq bo‘ladi. Bir hil axborot va faoliyatning bir xil usullari 
tezgina zeriktirib yuboradi. 
  O‘qitilayotgan  predmetga  qiziqishni  orttirish  uchun,  uning  umuman  yoki 
alohida bo‘limlarda kerakligi, muhumligi, maqsadga muvofiqligini anglatish kerak. 
Yangi  material  qanchalik  oldingi  material  bilan  bog‘liq  bo‘lsa,  u  shunchalik 
qiziqarliroq  bo‘ladi.  Unchalik  oson  yoki  unchalik  qiyin  bo‘lmagan  material 
qiziqish  uyg‘otmaydi.  O‘qitish  qiyin,  lekin  uddalash  mumkin  bo‘ladigan  bo‘lishi 
kerak. 
O‘quvchi  ishini  qanchalik  tez  tekshirilib  va  baholab  turilsa,  o‘quvchi  uchun 
ishlash shunchalik qiziqarli bo‘ladi. 
O‘quv materialining yorqin bo‘lishi o‘quvchilarda  qiziqish uyg‘otadi. 
Tajribali  pedagoglar  o‘qitish  usullarini  tanlashda  ijodiy  va  katta  mahsuliyat 
bilan  yondashadilar.  Agar  guruh  yosh  gruppa  bilan  ishlash  jarayonida  bir  xil 
metodlardan foydalaniagan bo‘lsa, tarbiyalash jarayonida ijodkorlikning asari ham 
qolmaydi. 
Pedagog  o‘qitish  jarayonida  har  xil  qiziqarli  vositalar,  o‘yinlardan, 
masalalardan, misollardan foydalansa maqsadga muvofiq bo‘ladi. 
O‘qitishda  hamma  narsa  ham  qiziq  bo‘lavermaydi.  Shuning  uchun 
pedagogo‘quvchilada iroda, qathiyatlikni shakllantirishi kerak. 
Darsdagi ishi formalarning turlitumanligi. 
Tajribali  pedagoglar  asosiy  ehtiborni  ma’ruzadarslar,  semenar    mustaqil  ish 
darslar,  konkrusdarslarni  o‘tishga  qaratadi.  Pedagogning  mahorati  shunday 
turlardan darslarni o‘ta olish tnxnikasida ham namayon bo‘ladi. 
Ma’ruza  darsi  o‘quvchilar  ongiga,  fikrlashini  faollashtirishda  katta  yordam 
beradi.  Tajribalar  shuni  ko‘rsatadiki,  ma’ruza  boshlashida  o‘qitilayotgan 
materialning  maqsadini,  nimaga  o‘qitilayotganini  tushuntirish  maqsadga 
muvofiqdir.  Keyin  esa  kerakli  bilim  olishda  asos  bo‘ladigan  prinsiplar,  fikirni 
isbotlash va qanday yo‘l to’tish kerakligini  ko‘rsatadi. 
SHundan keyingina ko‘rib chiqilayotgan masalani mag‘zi chaqiladi. 
Ma’ruza  darsida  pedagog  savollar,  dialog,  takrorlash,  taqqoslashlardan 
foydalaniladi. 
Seminar darsi o‘quvchilarni yuqori aqliy faoliyatini, yangi bilim va  ko‘nikma 
olishga  intilishini  kelib  chiqaradi.  Bunday  pedagog  nostandart  usullaridan 
foydalanishi maqsadga muvofiq bo‘ladi. 


76 
 
Munozara  darsi    o‘quvchilarni  muammoli  masalalar  bilan  to‘qnashtirish 
o‘zlarining fikirlarini bayon ettirish uchun (o‘quv) pedagogdan katta mahorat talab 
etiladi. 
Pedagog  xar  bir  darsni  muammoli,  izlanuvchan,  faol  bo‘lishi  uchun,  
o‘quvchilarga savol va topshiriqlar tizimini  yaratadi.  Bu  savollar qisqa va  lo‘nda 
bo‘lishi  kerak.  Bunday  savollar  o‘quvchilarning  nafaqat  fikirlash  doirasi, 
izlanuvchanligini 
kengaytiradi, 
balki 
ularni 
ijodiy 
qobliyatlarini, 
tashkilotchililigini,  intizomliligini,  kuchaytiradi. 
SHunday  savollarni  qo‘llash  kerakki,  ularda  ehtirozli,  qaramaqarshilik 
tomonlari bo‘lsin. O‘quvchi mulohaza yuritsin. SHuni aytish kerakki, savollarning 
ko‘pligi yoki kamligi guruxdagi o‘quvchilarning yoshga  intellektual qobiliyatiga 
mos kelish kerak. 
  Pedagog o‘zining darsida  o‘quvchilarning xatoga yo‘l qo‘yish mumkinligini 
inobatga  olish  kerak.  O‘zi  esa  savollarni  to‘ldirib,  javoblarni  xam  to‘la  berishi 
kerak. 
Javoblarni  yuzaki,  sayoz  bo‘lishi  keyingi  savol  berishga  bo‘lgan  hohishni 
sundirishi mumkin, shu bilan birga o‘quvchilarni faolligi ham so‘nadi. 
Darsdagi  mustaqil  ish.  Tajribali  pedagogning  yosh  pedagogdan  farqi  u  kam 
kuch  sarf  qilib  yaxshi  natijaga  erishadi,  chunki  u  o‘quvchilarni  mustaqil  bilim 
olishga o‘rgatadi. U shunday qoidaga bo‘ysunadi; agar material osonroq bo‘lsa, u 
o‘quvchilarga  mustaqil  ish  qilib  beradi,  agar  qiyinroq  bo‘lsa,  o‘zi  tushuntiradi. 
Mustaqil  ishning  ko‘p  turlarini  o‘kituvchilar  o‘quvchilarni  yangi  bilimni 
egallashga  tayyorlash  uchun  qo‘llashadi.  Birinchi  navbatta  bu  takrorlash 
xarakteridagi ishlar. Ularga oldingi o‘tilgan mavzular yuzasidan masala, misollar, 
pedagogning topshirig‘iga asosan biror darslikni tanlab berish, grafik ishlar, yahni 
sxema, jadval va boshqalar. 
Bundan  tashqari  mustaqil  ishni  yangi  materialni    o‘rganishda  ham  qo‘llash 
mumkin.  Birinchi  va  ikkinchi  xolatlarda  mustaqil  ishni  o‘qitish  jarayoniga 
singdirish pedagog rahbarligida olib boriladi. 
Tajribali pedagoglar o‘quvchilarni darslik bilan mustaqil ishlashga, konspekt 
qilish texnikasiga, ijodiy ishlarning metodikasiga o‘rgatib borish kerak. 
Tajribali  pedagog  darsda,  o‘quvchilarning  darslik  bilan  ishlayotgan  paytida, 
tez  ishlaydigan  o‘quvchini  to‘xtatmaydi,  sekin  ishlaydigan  o‘quvchini 
shoshiltirmaydi. 
Berilgan  savolga  to‘g‘ri  javob  bergan  o‘quvchiga  keyingi  savolni  beradi. 
Xatoga yo‘l qo‘ygan o‘quvchiga tezgina qo‘shimcha topshiriq beradi. 
  Mustaqil  ishni  tashkil  qilishda  yosh  pedagog  o‘ziga  kamroq  majburiyatni 
oladi.  O‘quvchilar  shunga  o‘rganib  qolishadiki,  pedagog    xamma  narsani 
tushuntirib, kerakli joyini muhimligini ta’kidlab o‘tadi. Vaholanki, shu materialni 
mustaqil o‘rganib chiqishga, uni qayta ishlashga o‘quvchilar o‘rganmagan bo‘ladi.
  
Har doim o‘quvchilarning individual qobiliyatlarini o‘rganib, kuzatib, hisobga 
olib  yuradigan  pedagog  ularning  mustaqil  ishini  tashkillashtirishda  pedagogik 
mahoratga ega bo‘ladi. 


77 
 
Bunday 
mahoratga 
pedagog 
o‘quvchilar 
bilan 
muloqot 
qilgan 
kuzatuvchanligi, yaxshi rivojlangan tasavvur va chuqur muloxazali bo‘lgandagina 
erishiladi. 
Bunday pedagoglar to‘g‘risida o‘quvchilar; «Ular hamma narsani ko‘radilar, 
ulardan xech narsani yashirib bo‘lmaydi.” deb gapirishadi, odatda. Shuning uchun, 
munosabatni  amalga  oshirishning  asosiy  talabi  tarbiyalanuvchi  psixologiyasini 
anglay olishdir. 
Savol  tugiladi;    qaramaqarshi  munosabatni  qachon  amalga  oshirsa  yaxshi 
bo‘ladi?  Ilg‘or  pedagoglar  ko‘pincha  darsni  oldingi  bilimlarni  faollashtirishdan 
emas, balki muammoli vaziyatni tug‘dirish yoki oldin qo‘yilgan muammoni echimi 
to‘g‘risidagi taxminlarni, o‘rtaga tashlangan tahminni isbotlash vaqtida, ular avval 
egallagan  bilimlarni  dolzarb  ekanligini  qo‘llashadi.  Muammoni  dolzarb  g‘oyasi 
pedagogga  darsni  nimadan  boshlash  kerakligini  ham  ko‘rsatib  beradi.  Bahzida 
darsni  og‘zaki  so‘roq  bilan  boshlash,  bahzida  esa  masala  beruvchi  yoki  misolni 
echish bilan boshlash maqsadga muvofiq . 
Shuni  aytish  kerakki,  darsning  boshlanishi  uning  keyingi  borishini  ham, 
o‘qitish  usulini  ham  tanlashni  belgilab  beradi.Bu  albatta  pedagogning  o‘z 
tashabbuskorligi va ijodkorligiga bog‘liq. 

Download 4,24 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   247




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish