O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi farg‘ona davlat universiteti



Download 4,24 Mb.
Pdf ko'rish
bet132/247
Sana26.01.2022
Hajmi4,24 Mb.
#411182
1   ...   128   129   130   131   132   133   134   135   ...   247
Bog'liq
Ped mahorat ma\'ruza matni

                                      4.O’qituvchi nutqining o’rinliligi. 
 
O’rinlilik  nutqning  fazilatlari  ichida  eng  muhimlaridan  biridir.  CHunki 
nutqning  boshqa  fazilatlari  parcha  uchun,  nutq  so’zlanib  turgan  sharoit  uchun 
o’rinli bo’lsagina, o’zini ko’rsata oladi. Aks holda, to’g’rilik ham, ifodalilik ham 
anglashilmaydi. O’rinlilik nutqning ma’lum bir voqeahodisaga, aloqaning maqsadi 
va  sharoitiga  moslab  tuzilishidir.  O’rinli  nutq  berilayotgan  ma’lumotga, 
tinglovchilarning  nutq  so’zlanilayotgan  paytdagi  ruhiy  holatiga  mos  bo’ladi. 
Masalan,  nikoh  to’yi  kechasida  aytilgan  nutq  bilan  ish  yuzasidan  o’tkazilgan 
majlisda so’zlangan nutq o’z so’z tarkibi, qurilishi, uslubi, ohangi bilan birbiridan 
keskin  ajralib  turadi.  O’rinlilikka  erishishning  asosida  tilning  so’z  boyligini 
egallash,  har  bir  so’zning  ma’no  qirralarini  chuqur  anglash  yotadi.  So’zlovchi 
ayrim  so’z,  so’z  birikmalari  yoki  iboralarining  leksik  ma’nolarini  yaxshi 
anglamasdan  nuqqa  kiritganda,  mazkur  til  vositalari  muallif  ko’zlagan  ma’noni 


138 
 
anglatmaganligi  uchun  maqsad  to’liq  yuzaga  chiqmaydi,  mantiqsizlik  paydo 
bo’ladi: 
Muloqot  paytida  suhbatdoshlarning  shaxsiy  ruhiy  holatlari  muhim  ahamiyat  kasb 
etadi.  Chunki  so’zlovchining  nutqi  uning  nutq  so’zlanib  turgan  paytdagi  ruhiy 
holatiga  ko’ra  turlicha  leksik  tarkibda  va  ohangda  bo’lishi  mumkin.  Bunday  nutq 
tinglovchiga ham turlicha ta’sir ko’rsatadi. Eng o’rinsiz nutqqo’pol nutqdir. Qo’pol 
nutq tinglovchi kayfiyatini vayron qiladi va ruhiga salbiy ta’sir ko’rsatadi. 
O’qituvchining  o’quvchi  bilan  qo’pol  muomalasi  o’quv  materialining  yomon 
o’zlashtirishiga  sabab  bo’lishidan  tashqari,  o’quvchilarni  o’zidanbezdiradi  hm. 
o’pol  so’zli  o’qituvchini  o’quvchilar  yurakdan  sevmaydilar,  o’zlariga  yaqin 
bilmaydilar.  O’quvchilar  sevmaydigan  ustozning  ishdagi  yutug’i  qanday  bo’lishi 
hammaga  ma’lum. SHuning uchun biz nutqimiz tinglovchiga qanday ta’sir etishi 
haqida,  qo’polligi  bilan  jarohatlamayaptimi,  qobiliyatini  yerga  urmayaptimi,  deb 
o’ylashimiz zarur. 
Nutqning  o’rinliligi  ijtimoiy  jihatdan  juda  muhim.  CHunki,  u  bizning  nutqiy 
xulqimizni boshqaradi. 
Maqsadga  muvofiq  pedagogik  nutq  o’zining  mantiqiyligi,  ishonchliligi, 
qo’zg’atuvchanligi bilan xarakterlanadi. 
Pedagogik  nutqning funksiyalaridan  biri   bilimni  to’liq  holda  berilishini 
ta’minlashdan iboratdir. 
O’qituvchi  nutqining  kommunikativ  o’ziga  xosligi  bilan  bilimni  o’quvchilar 
tomonidan qabul qilinishi va esda qolishi o’rtasida to’g’ridan  to’g’ri aloqa bo’lib, 
nutq buni ta’minlashi yoki qiynlashtirishi mumkin. 
O’qituvchining  nutqi  faqat  axborot  berib  qolmay,  o’quvchining  ongi,  sezgisiga 
ta’sir qilishi, ularni o’ylash faoliyatiga undashi kerak. 
O’qituvchi  nutqi ikkinchidan o’quvchining  samarali  o’quv  faoliyatini,  darsda 
samarali o’quv eshituini ta’minlashi kerak. 
O’quvchi  o’qituvchi  nutqini  eshita  turib  qator  operatsiyalarni  bajaradi: 
berilayotgan  axborotni  ko’rgazmali  shaklda  aniqlashtiradi,  o’zidagi  bilim  bilan 
unga  munosabat  bildiradi,  eslab  qoladi,  nutq  mantiqini,  fikrlar  rivojini  kuzatib 
boradi. 
Ovoz  tonining  balandligi,  tovushning  yuqoriligi,  bir  xilda  gapirish  bolalarni 
charchatadi.  O’quv    biluv  jarayonning  samarali  bo’lishiga  darsda  o’qituvchi 
tanlagan  kommunikativ  xulq  uslubi  ham  ta’sir  qiladi.  O’qituvchi  ko’pincha 
"o’chir",  "jim  o’tir",  "o’tir",  "tugat",  "yop"  kabi  norozilikni  bildiruvchi  so’zlarni 
ishlatadi,  o’quvchi  javobini  bo’ladi,  "har  doimgidek  hech  narsa  bilmaysan",  "sen 


139 
 
buni  qayerdan  ham  tushunarding"  kabi  gaplarni  aytadiki,  bo’lar  o’qituvchi 
o’quvchi munosabatini buzilishiga, aqliy faollik pasayishiga olib keladi. 
Pedagogik  nutqning uchinchi  funksiyasi   o’qituvchi  o’rtasidagi  maxsuldor  o’zaro 
munosabatni ta’minlashdan iborat. 
O’qituvchi nutqi o’quvchi  o’qituvchi munosabatini boshqarish rolini ham bajaradi. 
Bu  yerda  hamma  narsa  ahamiyatli:  o’qituvchi  o’quvchilarga  qanday  murojaat 
qiladi,  salomlashadi,  talablarini  qanday  qo’yadi,  qanday  ogohlantiradi,  hoxishini 
qanday  bayon qiladi;  nutqi impotensiyasi,  yuz  ifodasi, qarashi,  ham  bolaga ta’sir 
ko’rsatadi. Darsdan tashqari muloqotda bularning ahamiyati yanada katta bo’ladi. 
Ko’p narsa o’qituvchining individual muloqot uslubiga ham (qurquvga asoslangan, 
o’yinga, do’stona aloqaga asoslangan), muloqot doirasidagi ijtimoiy xarakterlariga 
ham bog’liq bo’ladi. 
O’qituvchi nutqining xususiyati u avvalo o’quvchilarga qaratilgan va yo’naltirilgan 
bo’ladi. O’qituvchi monologi ham o’quvchilar bilan ichki dialog shaklida bo’ladi. 
Uning  nutqida  birgalikdagi  ish  uchun  chaqiruv  bo’ladi:  "Birgalikda  o’ylab 
ko’raylik",  "O’ylaymanki,  bu  ishlar  sizni  qiziqtiradi",  "siz  albatta  esladingiz"  va 
boshqalar. 
O’qituvchi  og’zaki  nutqining yana  bir  xususiyati,  uning  mazmuni  o’quvchilar 
tomondan  ikki  kanal  orqali  tovush  va  vizual  yo’l  bilan  qabul  qilinadi.  Vizual 
harakatlar  o’qituvchi  nutqining  ta’sirchanligi,  ifodaliligini  oshiradi,  u 
o’qituvchining kayfiyati haqida ham o’quvchilarga axborot beradi. SHuning uchun 
yosh  o’qituvchi  muloqotda  o’zining  tashqi  ko’rinishini  boshqara  olish 
ko’nikmasini shakllantirishi kerak. 
Og’zaki nutqning yana bir xususiyati uning improvizatsiya xarakterida ekanligidir. 
Tajribali  o’qituvchi  tekstga  yoki  konspektga  qaramasdan  gapiradi,  o’quvchi  uni 
tinglay  turib,  so’z  va  ifodalar  birdan  tug’ilayotganligini  ko’radi.  SHunday  holat 
vujudga  keladiki,  guyoki  o’qituvchi  bu  haqiqatni  fikrlarini  birinchi  marta 
o’quvchilar bilan ochayotgandek bo’ladi. 
O’qituvchining takomillashgan nutqqa ega bo’lishi, o’quv materialini o’quvchilar 
tomonidan puxta o’zlashtirilishini ta’minlash garovidir. Bolalar o’qituvchi nutqiga 
juda  e’tibor  beradilar.  Biror  harf  yoki  tovushni  noto’g’ri  aytilishi  kulgiga  sabab 
bo’ladi.  Bir  ohangdagi  nutqtezda  charchatadi.  Individual  suhbat  paytidagi  baland 
ovozdan o’quvchi o’zini aldanayotgandek his etadi. Bu o’qituvchga ishonchsizlik 
bilan  qarash  hislarini  uyg’otadai.  Ayrim  mutaxassislar  tovush  va  uning  tembri 
tug’ma  xususiyat  deb  aytishadi.  Lekin  hozirgi  eksperimental  fiziologiya  tovush 
sifatini  o’zgartirish  mumkinligini  tasdiqlaydi.  Bugungi  kunda  nutq  texnikasi 
bo’yicha  bir  necha  mashq  komplekslari  ishlab  chiqilgan.  Ular  asosan  teatr 
pedagogikasi tajribasiga asoslangan bo’lib, so’zlashish paytida nafas olish, tovush 
hosil  qilish  va  uni  ma’noli  ifodalash  malakalarini  takomillashtiradi,  bu  esa 
o’qituvchiga  o’z  so’zi  mazmunini  o’quvchilarga  yanada  to’laqonliroq  qilib 


140 
 
yetkazishga imkon 
beradi. 
 

Download 4,24 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   128   129   130   131   132   133   134   135   ...   247




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish