O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi farg‘ona davlat universiteti


Ovozdan foydalanish va nutq texnikasi



Download 4,24 Mb.
Pdf ko'rish
bet133/247
Sana26.01.2022
Hajmi4,24 Mb.
#411182
1   ...   129   130   131   132   133   134   135   136   ...   247
Bog'liq
Ped mahorat ma\'ruza matni

                              Ovozdan foydalanish va nutq texnikasi
 
O’qituvchilik  kasbi  bevosita  o’qituvchining  ovoz  xususiyatlari  bilan  bog’liq. 
YOqimli va jarangdor ovozga ega bo’lgan o’qituvchi o’z o’quvchilarini ovozining 
shiradorligi bilan asir etadi. Bunday muvaffaqiyatga erishish uchun o’qituvchi o’z 
ovozini kuchini, shiradorligini, yoqimliligini bilishi zarur. Lozim bo’lganda undan 
foydalana  bilish  malakasiga  ega  bo’lishi  kerak.  O’z  ovozida  kamchilik  sezgan 
o’qituvchi  uni  yo’qotishga  harakat  qiladi.  Buning  uchun  ovozdan  foydalanish  va 
uni  yaxshilash  texnikasi  ustida  hamma  vaqt  uzluksiz  mashq  qilib  borishi  lozim 
bo’ladi. CHunki birikki mashq bilan ovozni yaxshilab bo’lmaydi. 
O’qituvchining ovozida quyidagi xususiyatlar bo’lmog’i lozim: 

 
jarangdorlik (tovushning tozaligi va tembrning yorqinligi); 

 
keng  diapazonlik  (ovozning  eng  pastlikdan  eng  yuqorigacha  bo’lgan 
darajasi); 

 
havodorlik (erkin so’zlaganda yaxshi eshituvchanlikka ega bo’lishi); 

 
ixchamlik, harakatchanlik; 

 
chidamlilik (uzoq ishlash qobiliyatiga ega bo’lishi); 

 
moslashuvchanlik  (dinamika,  tembr,  melodikaning  eshtilish  sharoitiga 
moslasha olishi); 

 
qarshi  shovqinlarga  nisbatan  barqarorlik  (halaqit  beruvchi  shovqinga  tembr 
va tessituraning o’zgarib turishi); 

 
suggestivlik  (ovozning  hayajon  ifodalash  va  bu  orqali,  qanday  so’z 
aytilayotganidan  qat’iy  nazar,  tinglovchining  xulqiga  ta’sir  qilish 
xususiyati). 
Nutq  texnikasi  deyilganda,  nutqning  tinglovchi  yoki  o’quvchiga  yetkazishda 
qo’llaniladigan vositalar tushuniladi. Nutq ikki xil ko’rinishda bo’lganligi sababli, 
uning texnikasini ham ikki xilda ko’rsatish mumkin: 1. og’zaki nutq texnikasi; 2. 
yozma nutq texnikasi. 
Og’zaki nutq texnikasi tovush, bo’g’in, so’zlarni, uning shakllarini talaffuz etishni 
yaxshilash borasida nutq  organlarini  faollashtiruvchi  mashqlarni  anglatadi. Bunga 
nafasdan  foydalanish,  tovush  tembrlarini  yaxshilash,  fiktsiyaga  e’tibor  berish, 
tovushlarning pastbaland tovlanib turishi, unli va undoshlarni talaffuz etish, ohang 
kabilar kiradi. 
O’quv vaqtining ko’p qismi (1/4, 1/2) o’qituvchining nutqi bilan bog’liq bo’ladi. 
SHuning  uchun  o’quv  materialini  o’quvchilar  tushunish  darajasi  o’qituvchi  nutqi 
mukammalligiga ham bog’liqdir. 
Ba’zilar tovush va uning tembri tug’ma deb bilishadi. Lekin hozirgi eksperimental 
fiziologiya tovushni to’liq qayta qurish mumkinligini aniqlamoqda. 


141 
 
Tarixdan  ham  ma’ulumki,  ba’zi  kishilar  o’zlarining  nutq,  tovushlarini 
takomillashtirib 
borganlar. 
Masalan, 
Demosfen 
o’zining  bu  sohadagi 
kamchiliklarini tugatib borib Qadimgi YUnonistonning siyosiy oratorlaridan biriga 
aylangan.  Yoki  Vladimir  Mayakovsiky  ham  20  yoshdan  o’zini  rasmiy  chiqishlari 
uchun  tayyorlagan,  og’ziga  toshchalar  olib,  Rion  daryosi  bo’yicha  nutqlar 
tayyorlagan. 
O’zbek  adabiy  tili  og’zaki  nutq  texnikasining  rivojiga  o’zbek  madaniyatining 
atoqli  namoyondalari,  shoirlar,  yozuvchilar,  san’atkorlar,  aktyorlar  katta  hissa 
qo’shdilar.  Bu  borada  H.Olimjon,  G’.G’ulom,  aktyorlardan:  A.Hidoyatov, 
SH.Burhonov, 
O.Xo’jayev, 
S.Eshonto’rayeva, 
R.Hamroyev, 
H.Umarov, 
suhandonlardan:  Q.Maxsumov,  N.Qambarova,  O’.Jobirovlarning  xizmatlarini 
ko’rsatib  o’tish  joizdir.  Ular  o’zlarining  shirali  ovozlari  bilan  tinglovchilarni 
maftun qilib kelganlar. 
Hozirgi  she’r  o’qish  texnikasida  ikki  xil  yo’nalish  mavjud.  Bu  she’rxonlikda 
yaqqol  sezilib  turadi.  Biri  an’anaviy  she’r  o’qish  bo’lib,  unda  asosan  she’r 
turoqlarga,  she’r  birikmalariga  bo’lib  o’qiladi.  Bu  usul  keska  shoirlarning  she’r 
o’qiganida eshitamiz. 
Ikkinchi  xil  she’r  o’qishni  esa,  shoir  A.Oripov  va  H.Xudayberdiyevalar  boshlab 
berdi.  Bu  usulda,  asosan  misradagi  har  bir  so’zga  alohida  urg’u  beriladi,  so’zlar 
birbiridan kichik pauza bilan ajratib o’qiladi. 
YOshlar orasida keyingi yo’nalishga, usulga ergashish kuchlidir. Bunday yangicha 
she’r o’qish usullariga mutaxassislar tomonidan hali baho va nom berilgan emas. 
YOzma  nutq  texnikasi  o’z  mohiyatiga  ko’ra  ikki  turga  bo’linadi:  har  qanday 
yozma nutq uchun zarur bo’lgan texnik xususiyat va ish qog’ozlariga xos bo’lgan 
texnik xususiyat. 
YOzma nutq ham xuddi og’zaki nutq kabi tinglovchi (o’quvchi) uchun yaratiladi. 
Uning  qulayligidan,  o’quvchiga  tez  va  butun  mohiyati  bilan  yetib  borishidan 
yozuvchi  ham,  o’quvchi  ham  manfaatdor.  SHuni  nazarda  tutganda  yozma  nutq 
texnikasi quyidagilarni o’z ichiga olishi mumkin: 
a) har qanday yozma nutq xat boshidan, bosh harf bilan boshlanishi kerak, har bir 
gap  mazmunan  nisbatan  tugallangan  bo’lishi,  yorqin  fikr  anglatilishi  kerak.  Gap 
tugagandan  keyin  mazmunga  ko’ra  tegishli  tinish  belgilari  qo’yilgan  bo’lishi 
kerak; 
b) ma’lum bir fikr bayon etilgandan so’ng, nutqning tarkibiy qismi bo’lgan boshqa 
fikr ham boshidan boshlanishi zarur. Xat boshilar (abzatslar) birbiri bilan mantiqiy 
bog’langan bo’lishi lozim; 


142 
 
v)  dialoglardan  tashkil  topgan  yozma  nutqda  har  bir  shaxsning  gapi  tire  orqali 
yoziladi; 
g) ko’chirma gaplar, ko’chirmalar, o’z ma’nosida ishlatilmagan so’zlar, birikmalar 
qo’shtirnoq ichiga olinadi; 
d)  nutq  uchun  ikkinchi  darajali  hisoblangan,  undagi  gaplarning  tarkibiy  qismi 
hisoblanmaydigan narsalar tire yoki qavs bilan ajratiladi
e)  ot,  kesim  (bog’lamasiz  bo’lganda),  izohlovchi,  undalma,  ajratilgan  bo’laklar 
tegishli tinish belgilar bilan ajratiladi; 
j) nutqning xat boshidan yirik qismlari boblarga bo’lib ko’rsatiladi. 
Ish  qog’ozlari  ham  yozma  nutq  hisoblanadi.  Ularning  yozilishi  ham  nutqqa  xos 
umumiy talablardan chetga chiqmaydi. Ish qog’ozlari ham o’quvchiga mo’ljallab 
yoziladi. Ish qog’ozlari mazmun va shakl jihatidan turlitumandir. Masalan, ariza, 
ma’lumotnoma, tilxat, qaror, buyruq (farmon), annotatsiya, taqriz, ishonch qog’ozi, 
tavsifnoma, tavsiyanoma, hisobot, rahmatnoma, munosabatnoma, telegramma, akt, 
salomxat va h.k. 
Ish qog’ozlarining katta qismi o’zining qat’iy texnik shakliga ega. Bunday qat’iy 
shakl ularni tayyorlashni yengillashtirishdan tashqari o’quvchi uchun o’zida bayon 
etilgan  fikrni  tezroq  va  yorqinroq  anglashga  ham  yordam  beradi.  Hamma  texnik 
qoidalarga amal qilib yozilgan ish qog’ozlarga o’z tashqi ko’rinishi bilan chiroyli, 
mazmunan ravshan bo’ladi va o’quvchida qandaydir darajada zavq uyg’otadi. 
Har  bir  ish  qog’ozi  lug’aviy  tarkibi  bilan  boshqasidan  va  o’zga  nutq 
ko’rinishlaridan ajralib turadi. Masalan, ma’lumotnoma uchun xos bo’lgan so’zlar, 
tavsifnomaga yoki qarorga muvofiq bo’lmaydi. Ish qog’ozlarida gaplar kam so’zli, 
har  bir  so’z  esa,  aniq  maqsadni  ko’zlagan  bo’ladi.  Ish  qog’ozlarida  badiiy 
adabiyotga xos qochirimlar, o’xshatishlar, so’z o’yinlari deyarli ishlatilmaydi. 
Har bir ish qog’ozining boshqasidan ajratib turadigan o’z shakli (tashqi ko’rinishi) 
bo’ladi.  Masalan,  ma’lumotnomaga  chap  tomondan  shtampga  joy  qoldiriladi, 
sarlavha sifatida birinchi bo’lib, ma’lumotnoma so’zi yoziladi. Arizada esa, avval 
ariza 
beriladigan 
tashkilot, 
rahbarning 
nomi, 
so’ngra 
satrning 
yarmidan arizachining  manzilgohi,  tashkiloti,  familiyasi  yozilib,  «Ariza»  so’zi 
o’rtadan bosh xarf bilan boshlanadi va h.k. 
Kommunikativ  nutqning  muvaffaqiyatli  bo’lishi  o’qituvchida  qator  maxsus 
qobiliyatlar  rivojlanishini  talab  qiladi:  sotsial    perseptiv  qobiliyati,  ijtimoiy 
tasavvur  qobiliyati,  o’zini  boshqara  olish  qobiliyati,  muloqotda  o’zining  ruhiy 
holatini  boshqara  olish  qobiliyati,  irodaviy  ta’sir  ko’rsatish,  ishontira  olish 
qobiliyati. 


143 
 
Nutq  malakalari  va  ko’nikmalarini  muvaffaqiyatli  egallash  uchun  sharoit 
yaratuvchi  kishining  umumiy  ruhiy,  jismoniy  xususiyatlarini  rivojlantirish,  bunda 
tasavvurni, obrazli xotira va fantaziyani rivojlantirish ko’zda tutiladi. 
Tovush.
 Ba’zilarga  tovush  tug’ma  berilgan,  lekin  bu  ham  mashq  qilib  turilmasa 
buziladi. Kishi tovushini kuchli, egiluvchan, jarayonli qila olishi mumkin. 
O’qituvchi tovushining o’ziga xosligi nimada? 
Avvalo  bu  tovushning  kuchliligi.  Uning  kuchi  nutq  apparati  organlarining 
faolligiga bog’liq. 
Tovush  eshitilishining  uchuvchanligi, bu  ovozni  masofaga  moslay  olish, tovushni 
boshqara  olishdir.  Egiluvchanlik  va  harakatchanligi  tovushni  yengil  o’zlashtira 
olish, tinglovchilarga moslashdir. 
Diapazon    tovushning  hajmi.  Uning  chegarasi  juda  yuqori  va  past  ton  bilan 
aniqlanadi. 
Tembr    tovush  bezagi,  yorqinligi,  shu  bilan  birga  uning  yumshoqligi,  iliqligi, 
o’ziga xosligi. 
O’qituvchida  kasbiy  kassallik  kelib  chiqmasligi  uchun  tovush  gigiyenasiga  amal 
qilish kerak. O’qituvchi ish vaqtining 50% davomida gapirib turadi. Pedagog ish 
vaqti tugagach 23 soat davomida uzoq vaqt so’zlashishdan qochishi kerak. Zarur 
bo’lib qolsa qisqa va sekin gapirishi lozim. 
Dars jadvali qo’yilishida shunga e’tibor berish kerak. 3  4 soat darsdan so’ng nutq 
apparati  charchaydi,  shundan  so’ng  1  soat  tovush  dam  olishi  kerak.  Ko’p  stajli 
o’qituvchi 2  3 soatda charchaydi va 2 soat dam olishi kerak. YUqori nafas yo’llari, 
nerv sistemalari, ovqatlanish rejimiga e’tibor berish kerak. 
Bugunda  nutq  texnikasi  bo’yicha  ishlashning  teatrli  pedagogika  tajribasi  asosida 
nutqiy nafas, tovush, diksiya, ritmika kabi komplekslarini ishlash ko’zda tutiladi. 
a)  Nafas  olish.  Nafas  olish  organizmga  hayot  bag’ishlovchi  fiziologik  funksiyani 
bajaradi. SHu bilan birga nutqning energiya bazasi bo’lib ham hisoblanadi. 
Nutq  so’zlayotganda  nafas  olish  fonatsion  nafas  olish  deb  ataladi  (fonotovush). 
Kundalik hayotdagi nutq asosan dialog shaklida bo’ladi. SHuning uchun ham nafas 
olish  ortiqcha  qiyinchilik  tug’dirmaydi.  Dars  davomida  o’qituvchi  juda  ko’p 
gapiradi, yangi mavzuni tushuntiradi, ma’ruza o’qiydi. Agar o’qituvchi nafas olish 
texnikasini  yaxshi  egallamagan  bo’lsa,  uning  qon  tomirlarini  urishi  tezlashib, 
yuzini qizarib ketishi, nafas qisishi sodir bo’lishi mumkin. 
Qaysi mushaklarning ishtirok etishiga qarab nafas olish 4 turga bo’linadi: 


144 
 
1.  YUqori  nafas  olish  yelkalarni  ko’tarilib  tushishi  va  ko’krak  qafasining  yuqori 
qismi  ishtirokida  hosil  qilinadi.  Bu  bo’sh,  yuzaki  nafas  olish  bo’lib,  unda  faqat 
o’pkaning yuqori qismi ishtirok etadi; 
2.  Ko’krak  qafas,  qovurg’alar  o’rtasidagi  mushaklar  yordamida  hosil  qilinadi. 
Bunda  ko’proq  nafasning  ko’ndalang  hajmi  o’zgaradi.  Diafragma  kam  harakat 
qiladi. SHuning uchun ham nafas chiqarish kuchsiz bo’ladi. 
3.  Diafragma  ishtirokidagi  nafasko’krak  qafasning  bo’ylama  hajmini  ortishi 
hisobiga vujudga keladi. Bunda diafragma qisqaradi. 
4. Diafragmaqovurg’ali nafasdiafragmaning qisqarishi, qovurg’achalar oralig’idagi 
nafas mushaklar hamda qorin mushaklari ishtirokida vujudga keladi. 
b)  Tovushchiqarilgan  havoni  hiqildoqdan  o’tish  paytida  ovoz  pardalarning 
tebranishi natijasida vujudga keladi. Tovush o’zining quyidagi xususiyatlari bilan 
harakterlanadi: 
 tovush 
kuchitovush 
apparati 
organlarining 
faol 
ishlashiga 
bog’liq. 
CHiqarilayotgan  havo  oqimining  tovush  tirqishiga  bo’lgan  bosimi  qancha  katta 
bo’lsa, tovush ham shuncha kuchli bo’ladi; 
 tovush  pardozitovushni  uzoq  masofaga  uzatilishi  va  qattiqligini  sozlay  olishini 
bildiradi; 
 tovushning  ixchamligi  va  harakatchanligi  uning  mazmuniga,  tinglovchilarga 
moslab o’zgartira olish qobiliyatini bildiradi; 
 diapazontovush  hajmi  bo’lib,  uning  chegarasi  eng  yuqori  va  quyi  ohanglar  bilan 
belgilanadi. Diapazonning qisqarishi nutqni bir ohangli (zerkarli) bo’lib qolishiga 
sabab  bo’ladi.  Bir  ohangda  gapirish  axborotni idrok  qilishni  susaytiradi,  uyquni 
keltiradi. 
 tembr tovush rangdorligi, yorqinligi hamda uning yumshoqligi va alohidaligidir. 
v) 
Diksiya
   so’z,  bo’g’in,  tovushning  aytilishidagi  to’g’ri  va  aniqlik,  diksiya  aniq 
talaffuz qilish. Talaffuzning aniqligi o’qituvchi uchun professional zarurat bo’lib, 
o’qituvchi  nutqini  o’quvchilar  tomonidan  to’g’ri  tushunilishini  ta’minlaydi. 
Talaffuzning aniqligi aytilayotgan so’z, bo’g’in va tovushlarning qat’iy aniqligidir. 
U nutq apparati barcha a’zolarini (lablar, jag’, tishlar, yumshoq va qattiq tanglay, 
kichik  til,  kyokirdak,  tomoq  orqa  devori, tovush  naychalari)  birgalikda  ishlashiga 
bog’liqdir.  Til,  lablar,  yumshoq  tanglay,  kichik  til,  va  pastki  jag’  nutqda  faol 
ishtirok  etadi.  SHuning  uchun  ham  ularni  mashq  qildirish  muhim  ahamiyatga 
egadir. 


145 
 
Aniq 
talaffuz 
qilishni 
takomillashtirish 
artikulyatsiyanutq 
organlarini 
harakatlantirish  orqali  vujudga  keltiriladi.  Artikulyatsiya  gimnastikasi  ikki  turga 
bo’linadi. Birinchisi nutq apparatini dastlabki mashqlari va ikkinchisi har bir unli 
va  undosh  tovushlarni  to’g’ri  aytishga  o’rgatuvchi  mashqlar  (ifodali  o’qish,  tez 
aytishlar). 
g) Ritmika bu ayrim so’z va bo’g’inlarning aytilish muddati va to’xtalishi, nutq va 
ifodalarning  navbat  bilan  o’z  o’rnida  ishlatilishini  bildiradi.  Bu  nutqning  muhim 
elementi bo’lib, ba’zan intonatsiya va pauza so’zdan ko’ra kuchli emotsional ta’sir 
qiladi. 
Ritm  nutqning  eng  asosiy  qismidir,  chunki  «nutq  ohangi»  va  to’xtamlar  ham 
tinglovchilarga  beixtiyor  o’zgacha  hissiy  tasir  ko’rsatadi.  K.S.Stanislavskiy 
fikricha  “«quruq  so’z»  novdan  tushayotgan  no’xatdek  yopirilib  chiqadi,  ma’noli 
so’z esa xuddi simob to’ldirilgan sharcha kabi astasekin shakllanadi”. Berilayotgan 
bilimlarning  qiyin  qismini  o’qituvchi  astasekin  tushuntiradi  va  so’ngra  yanada 
tezroq gapirishga o’tishi mumkin. 
Nutq tezligi o’qituvchining individual sifatiga, nutq mazmuni va muloqot holatiga 
bog’liq  bo’ladi.  Turli  millatlarda  nutq  tempi  turlicha  bo’ladi,  masalan,  ruslarda 
minutiga  120  so’z  atrofida,  inglizlarda  120  150  so’z  ishlatiladi.  Tadqiqotlarga 
ko’ra 5  6 sinflarda o’qituvchi minutiga 60 so’z, 7  – 9 sinflarda 75 so’z gapirishi 
to’g’ri bo’ladi. 
Materialning murakkab qismini o’qituvchi past tempda, keyin esa tezroq gapirishi 
kerak.  Qonun,  qoida,  teoremalarni  aytayotganda,  xulosa  chtqarayotganda  nutq 
sekinlashadi. 

Download 4,24 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   129   130   131   132   133   134   135   136   ...   247




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish