113
Ulug‘ shoir
Yusuf Xos Hoiib
turlriy xalqlaming XII asrdagi ajoyibbadiiy
yodgorligi bo'lgan “Qutadg‘u bilig” (“Baxt keltiruvchi bilim”) asarida so'zlami
to‘g‘ri tanlash va to‘g‘ri qoilash haqida
“Bilib so'zlasa so'z bilig sanalur”
degan.
Mutafakkir so‘zlovchini tilning ahamiyatini tushungan holda, hovliqmasdan,
so'zning ma’nolarini yaxshi anglab, nutqni ravon qilib tuzishga chaqiradi va
so'zning qudratini shunday ifodalaydi:
Kishi so‘z tufayh bo‘ladi malak,
Ortiq so'z
qiladi bu boshni egik,
Tilingni avayla omondir boshing.
So'zingni avayla uzayar yoshing.
Adib Ahmad Yumaktv
(ХПХШ) ham mudanislami so'zlaganda nutqni o'ylab,
shoshilmasdan, aqlidrok bilan tuzishga, keraksiz, bema’ni so‘zlami ishlatmaslikka,
mazmundor so'zlar izlab topishga chaqiradi. Noto’g'ri tuzilgan nutq tufayli keyin
xijolat chekib yurmagin, deb so'zlovchini ogohlantiradi:
Uquv so'zla, so‘zni eva so'zlama, So'zing kizla, keyin, boshing kizlama.
(So'zni uqib so'zla, shoshib gapirma, keraksiz, yaramas so'zlami
yashir, yaramas gaping tufayli keyin boshingni yashirib yurma.)
Nutq odobi deb yuritilgan qoida va ko‘rsatmalarda sodda va o'rinl;
gapirish. qisqa va mazmundor so‘zlash, ezmalik laqmalikni qoralash
keksalar, ustozlar
oldida nutq odobini saqlash, to‘g‘ri, rost va dadil gapirish,
yolg'onchilik, tilyogiamalikni qoralash va boshqa qonuniyatlari to'g'risida fikr
yuritiladi.
Buyuk alloma
Abdurahman Jomiv
o ‘z adabiy merosida so‘z va nutqning
qudrati naqadar ulug‘ligini, tildek insonga chiroyh libos kiydirguvch vosita hech
qayerda bo‘lmasligini bavon etgan: Tildagi ketmaket xatoga hayhot, Chiroyli
kiyimlar berolmas najot So‘zni kiyimingdek bekamu ko‘st qil, Yoki kiyimingni
so‘zinggarost qil. Mutafakkir
Ahsher Navoiy
davlat arbobi sifatida, o‘zbek mumtoi
adabiy tilining homiysi bo‘lgan buyuk shoirdir. Alisher Navoiy turki) tilda go‘zal
nutq tuzishning bayroqdori sifatida, o'zining butun ijodi) merosi bilan o'zbek tili
boyliklarini namoyon etdi. Navoiy o‘zbek adabi} tilida buyuk asarlar yaratish
mumkmligini va shu bilan o‘zbek xalqin butun jahonga mashhur qilishni isbotlab
berdi. Shoir o'zining “Muhokamatul lug'atayn” asarida har bir tilning ijobiy va
salbiy
tomonlari
bor
ligini
eslatib
o'tadi.
Alisher
Navoiyrung
“Muhokamatullug'atayn”, “Mahbubulqulub”, ‘T Mazmul Javohir” asarlari o'zbek
tilida nutq tuzishning go'zal namunalari bo'lishi bilan birga, uning yuksalishiga
ham katt;hissa qo'shdi. U o'zining “Mahbubulqulub”
asarida shunday yozadi
"Til muncha sharaf birla nutqning holatidir va ham nutqdurki, agar nopisand
zohir bo'lsak, boshning ofatidir...”
ya’ni, til shuncha sharaf bilai nutqning
qurolidir, agar u o'rinsiz ishlatilsa boshning ofatidir
Navoiy ta’limi bo'yicha so'z:
Har kimki chuchuk so‘z
elga izhor aylar,
Har neki ag‘yor durur yor aylar.
So‘z qattig‘i el ko‘ngliga ozor aylar,
Yumshog'i ko‘ngillami giriftor aylar.
Xullas, Sharq mutafakkirlari, so‘z va nutqning inson hayotidagi o'rni,
114
vazni va qadr qimmatiga jiddiy ahamiyat berganlar. Ular har bir so'zning nutqda
o'z o‘mi va ahamiyati borligini, nutqni qudratli qiluvchi so'zdan kuchliroq va
buyukroq narsa yo‘qligini, tilga e ’tibor elga e’tibor ekanligini, so‘z sehri ila
odamzod mo‘jizalar yarata olishini doimo ta’kidlab, isbotlab kelganlar. So‘z orqali
nutq va fikr oydinlashadi. O‘qituvchi ta’limtarbiyasining samaradorligi so‘z
boyligi bilan belgilanadi. Demak, “So'z tuzadi, so'z buzadi, olqish ham so'zdan,
qarg‘ish ham so'zdan, omonlik ham, yomonlik ham so'z bilan, borliq ham, yo‘qlik
ham so'zdan, olamning yaralishi va gullabyashnashi ham so'zdan, yo‘q bo'lishi
ham so‘zdan”
.
Do'stlaringiz bilan baham: