Etalon moddaga qo’yiladigan talablar:
modda iloji boricha bitta kuchli (intensive) signal berishi;
ko’pchilik protonlar signalidan chetda joylashishi kerak bo’ladi.
Etalon sifatida (CH3)4Si olishning Afzalliklari:
1. Undagi 12 ta proton ham bir xilda qurshab olingan Shuning uchun TMS (tetrametilensilikon) bitta chastotadagi energiyani yutadi, ya’ni spektrda yagona signal kuzatiladi;
2. Bu signal eng kuchli maydonda joylashgan. Organik birikmalardagi barcha protonlar esa nisbatan kuchsiz maydonda rezonansga uchraydi;
3. TMS boshqa organik birikmalar bilan kimyoviy ta’sirlashmaydi va nihoyat, u uchuvchandir. Spektr olib bo’lingandan keyin moddani yana osongina ajratib olish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |