Иккинчи ютилиш максимуми, lмакс
|
e-
интенсивлик
|
Учинчи ютилиш максимуми, lмакс
|
e-интенсивлик
|
Н
|
203
|
74000
|
256
|
200
|
СН
|
206
|
7000
|
261
|
225
|
F
|
204
|
8000
|
248
|
500
|
Cl
|
210
|
7400
|
264
|
190
|
Br
|
210
|
7900
|
261
|
192
|
OH
|
211
|
6200
|
270
|
1450
|
SH
|
236
|
8000
|
271
|
630
|
NH
|
230
|
8600
|
280
|
1430
|
CH=CH2
|
244
|
12000
|
282
|
750
|
NO2
|
259
|
8000
|
-
|
-
|
OCH3
|
217
|
6400
|
269
|
1480
|
COOH
|
230
|
11600
|
273
|
970
|
Конденсирланган ароматик бирикмаларнинг УБ соҳадаги ютилиш максимумининг интенсивлиги юқори бўлиб, уларда бензолга нисбатан батахром силжиш намоён бўлади. Масалан, нафталин lмаксқ221 нм (e 117000), 275 нм (e 10000), 297 нм (e 650), антрацен lмаксқ251 нм (e 200000), 265 нм (e 7500).
Жадвал
Органик моддаларнинг УБ ютилишидаги маълумотлар
Макси-мумлар сони
|
Максимумлар параметрлари
l (e)
|
Молекула тузилиши ҳақида хулоса
|
0
|
-----------
|
Хромофор гурухлар йўқ
|
1
|
200-225 нм (10000-15000)
|
a,b-тўйинмаган карбон кислоталари ва ҳосилалари.
|
|
215-235 нм (10000-20000)
|
Халқали ва очиқ занжирли диен бирикмалар (транс изомер)
|
|
240-270 нм (3000-8000)
|
Цис конфигурацияли халқали диен
|
|
275-290 нм (15-25)
|
Тўйинган альдегид ёки кетон
|
|
270-370 нм (50000-150000)
|
Таркибида 3-6 коньюгирланган қўш боғли полиен
|
|
400-470 нм (150000-180000)
|
Таркибида 7-12 коньюгирланган қўш боғли полиен
|
|
200-230 (7000-9000)
260-280 (200)
|
Бензол ҳосилалари
|
2
|
200нм (500)
276-280 нм (20)
240-230 нм (1200-20000)
320-340 нм (20-40)
|
a,b-тўйинмаган альдегид ёки кетон нитробирикмалар
|
3
|
221 нм (117000),
275 нм (10000),
297 нм (650)
|
Кўп халқали ароматик бирикмалар (нафталин, антрацен ва бошқалар)
|
Тўйинмаган гетерохалқали бирикмаларнинг УБ спектрлари халқанинг тузилишига боғлиқ бўлиб, беш аъзоли бундай бирикмаларда электрон ўтишга тегишли максимум кузатилмайди, чунки гетероатомдаги тақсимланмаган электронлар жуфти халқадаги қўшбоғнинг p электронлари билан ўзаро тасирида бўлади (делокалланиш). Айрим гетерохалқали бирикмаларнинг УБ соҳадаги ютилиш максимумлари қуйидаги қийматларда бўлади:
Жадвал
Айрим бирикмаларнинг УБ соҳадаги ютилиш максимумлари
|
lмакс (гексан)
|
e
|
Фуран
|
200,
|
252
|
10000,
|
1,0
|
Тиофен
|
- ,
|
235
|
- ,
|
4500
|
Пиррол
|
210,
|
350
|
15000,
|
300
|
Пиридин
|
195,
|
250
|
7500,
|
2000
|
Хинолин
|
275,
|
311
|
4500,
|
6300
|
Келтирилган маълумотлар тўйинмаган гетерохалқали бирикмаларнинг УБ соҳада ютилиш максимумлари бензол молекуласининг ютилишига яқинлигидан далолат беради.
Агар гетерохалқали бирикмалар қўшбоғ тутган бирикмалар билан боғланган бўлса, батахром силжишни кузатиш мумкин.
Агар бензол халқаси беш халқали гетероатом тутган бирикма билан конденсирланган бўлса, масалан индол системасида, иккита ютилиш максимуми намоён бўлади (расм).
Расм. Индолнинг УБ спектри.
Индол молекуласига тегишли бўлган ютилиш максимумларидан табиатда кўп тарқалган ва катта синфни ташкил қиладиган индол алкалоидларининг тузилишини аниқлашда ишлатиш мумкин.
|
|
|
Индол
|
Аллоиохимбин
|
Аймалицин
|
l = 225 (e 2500)
l = 270
|
l = 225 (e 3290)
l = 290 (e 5540)
|
L = 225 (e 4900)
l = 270 (e 6750)
|
Аймалицин алкалоидининг УБ спектрида l=225 нм максимуми ва e қийматининг юқори бўлишига асосий сабаб СН3СОО гурухи ён томонида қўшбоғнинг борлиги деб ҳисоблаш мумкин.
6- mavzu: PMR spektroskopiya parametrlari. Spektrlarni soddalashtirish usullari.
YaMR- spektroskopiya usullari ichida qattiq va suyuq moddalarni o’rganishda eng muhim axborot beruvchi usul hisoblanadi. Bu usul bilan tadqiqot qilinadigan modda diamagnit xususiyatga ega bo’lishi va atomlarining yadrosi magnit xususiyatiga ega bo’lishi kerak, ya’ni yadro spini noldan farq qilishi kerak. I≠ 0
Yadro spini
YaMR usuli bilan o’rganiladigan moddalar quyidagicha bo’lishi kerak:
1.Proton va neytronlar soni juft bo’lgan yadrolarning spinlari I=0 bo’ladi, bunday yadrolar YaMR usuli bilan o’rganilmaydi.(16O va 32S)
2. Proton va neytronlar dan birining soni toq bo’lsa,bunday yadrolar spinlari I=1/2, 3/2, 5/2 …..(1H, 19F I=1/2; 7Li, 24Na I=3/2) bo’ladi.
3. Proton va neytronlar soni ham toq holatda bo’lsa, yadro spinlari butun songa I=1,2,3…..(2H, 14N I=1) (10B, 22Na I=3) teng bo’ladi.
2- va 3 holatdagi yadrolar YaMR usulida o’rganiladi.
Spin (inglizcha — aylanmoq) — kvant tabiatga ega boʻlgan elementar zarralar impulsining xususiy momenti.
Atom yadrosi (va baʼzan atom) harakat miqdorining xususiy momenti ham Spin deb ataladi.
"Spin" tushunchasini1925 yilda amerikalik fiziklar J.Ulenbek va S. Gaudsmitlar kiritgan. "Spin" terminining qoʻllanilishiga sabab, dastlab elektronni oʻz oʻqi atrofida aylanuvchi zaryadlangan sharcha deb tasavvur qilingan. Impulsning xususiy momenti va xususiy magnit momenti ana shu harakat tufayli mavjud, deb hisoblangan. Zarralar Spini shu zarralar boʻysunadigan statistika bilan bir qiymatli bogʻlangan.
Kvant mexanikada "Spin" toʻgʻrisidagi tushunchalar V. Pauliga tegishli.
Pauli (1940) maydonining kvant nazariyasiga asosan butun spinli zarralar-bozonlar, yarim-butun spinlilar-fermionlar deb ataladi.
Yadro kattalik qiymatlari
1936 yilda Gоrtеr litiy yadrоlarida paramagnit rеzоnansni tоpishga harakat qildi, lеkin urinish fоyda bеrmadi.
1944 yilda Е.K. Zavоyskiy CuCl2 × 2 H2O tuzlarida yuqоri chastоtali elеktrоmagnit maydоnning yutilishini tоpdi.
YaMR bo`yicha birinchi muvaffaqiyatli ekspеrimеntlarni 1945 yilda Pеrsеl, Tоri va Paundlar qattiq parafinda o`tkazdilar.
Blох, Хansеn va Pakkard birinchi bo`lib suv prоtоnlarida rеzоnansni tоpdilar.
1945 yildan bоshlab YaMR tехnikasi jadal sur’atlar bilan rivоjlanib kеtdi va shu asоsda fizхimiyaning katta bir bo`lagi – radiоspеktrоskоpiya paydо bo`ldi.
1952-yilda Blox va Perselga YaMR sohasida ishlari uchun Nobel mukofoti berilgan. 1953-yildan organik kimyoda qo’llanila boshlagan.
YaMR ni quyidagi asosiy belgilariga qarab sinflash mumkin:
1. Doimiy va elektromagnit uslubi asosida magnit maydon hosil qilishi.
2.Magnit maydonning kuchlanishi turlicha bo’lishi.(40, 60, 100, 220, 300, 500, 600 MGS)
3.O’rganiladigan yadro turiga qarab. (1H 13C 31P)
Yadro magnit rezonansini kuzatish uchun aniqlanayotgan moddaning 5-20% lik eritmasi diametri 5 mm shisha ampulaga solinib, yuqori kuchlanishli magnit maydoniga kiritiladi. Ampula atrofidagi g’altakdan radiochastotali o’zgaruvchan tok o’tkaziladi va uning chastotasi generatordan o’zgartirib turiladi. G’altakdagi tok yadrolarni qo’zgatuvchi energiya manbai vazifasini bajaradi, o’zgaruvchan tok chastotasi rezonans chastota hisoblanib, uning enargiyasiga tengdir. Rezonans hodisasi sodir bo’ladi va energiyaning yutilishi hisobiga g’altak zanjirida tok kamayib ketadi. Energiya yutilishi tugaganidan keyin, zanjirdagi tok asl holiga qaytadi. G’altakdagi tok qiymatining kamayishi kuchaytirish orqali avtomatik yozuv asbobida tik cho’qqisimon chiziq ko’rinishida (signal) yozib olinadi
YAMR - spektr uchta kattalik (parametr) bilan tavsiflanadi:
1.Signal (cho’qqilarning) o’rni yoki kimyoviy siljish.
2.Signallar soni va ularning intensivligi.
3.Signallarning ajralib ketishi yoki spin-spin ta’siri.
YAMR - spektroskopiyada signallar o’rni mutlaq emas, balki nisbiy qiymatlarda ko’rsatiladi. Aniqlanayotgan modda protonlari signalining o’rni biror standart (etalon) modda protonlarining signaliga nisbatan belgilanadi va bu ikki signal chastotalar farqi (ya’ni oraliq masofa) kimyoviy siljish deb ataladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |