O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi farg’ona politexnika instituti



Download 281,51 Kb.
bet5/7
Sana13.01.2022
Hajmi281,51 Kb.
#356185
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
mustaqil ish 2

Noosfera — grekchada noos-aql, ong, sfera-sferik qobiq jamiyat bilan atrof-muhitning o’zaro ta’sirlashuv makonidir. Boshqacha qilib aytganda, noosfera - bu fikrlovchi qobik, yoki insonning ongli faoliyati ta’sirida jamiyat va tabiatning evolyusion rivojining asosiy harakatga keltiruvchi kuchi yoki omilidir. Bu omil avval yerda, so’ngra yer atrofidagi kosmik bo’shliqda ham yetakchi o’rin tuta boshlaydi. Noosfera atamasi dastlab fransuz filosofi E.Le-Rua (1927) tomonidan ko’llanilgan. Uning tushunishicha, no­osfera biosferaning oliy «ma’naviy» bosqichi hisoblanadi. Boshqa bir fransuz katolik filosofi P.Teyyar De Sharden esa noosferani b iosferaning ustki fikrlovchi qatlami deb tushungan.

Rus olimi V.I.Vernadskiy o’zining biogeoqimyoviy tadqiqotlariga asoslanib, «insonning xo’jalik va ishlab chiqarish faoliyati tufayli tabiat kuchli o’zgarishga uchraydi, bu jarayonda inson bosh o’zgartiruvchi kuchga aylanadi va u bio­logik evolyusiyaning yunalishini belgilovchisi bo’lib qoladi. Inson bilan biosfera o’rtasidagi o’zaro munosabat umum­sayyoraviy harakter kasb etadi. Inson faoliyati tufayli ta­biatda modda va energiya aylanishining yangi turi, ya’ni antropogen modda aylanishi qaror topadi. Buning natijasida yerdagi biogeosenoz jarayoni noogeosenozga o’tadi. Oqibatda biosfera o’zining sifat jihatidan yangi bosqichi noosferaga o’tadi» degan ilmiy asoslangan xulosalarga keladi. Noosfera hakidagi fikrlar sunggi 30-40 yil ichida dunyo bo’ylab keng tan olindi. Hozirgi ilmiy-texnika taraqqiyoti rivojlangan sharoitda biosferani noosferaga aylanishi umumsayyoraviy miqyosdan fazoviy mikyosga o’tib bormokda. Chunki insonning ongli faoliyati ta’siri nafakat yer, balki unga yakin bo’lgan koinotni ham qamrab olmoqda. Noosfera tushunchasi asl moxiyatiga ko’ra inson bilan tabiat o’rtasida uyg’unlashgan muta-nosib o’zaro munosabatlarni qaror topishini va oxir-oqibatda jamiyat bilan tabiat orasidagi mavjud qarama-qarshiliklarni mukammal darajada hal etilishini bildiradi. Noosferaning shakllanishida atrof-muhit ifloslanishini oldini olish, tabiatga yetkazilgan «jarohatlar»ni davolash, biologik tizimlar evolyusion ongli ravishda boshqarish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish masalalarining to’g’ri hal etilishi muhim ahamiyatga ega.

Biosfera taraqqiyoti faqat insonlarning ilmiy-texnik imkoniyatlari, salohiyatigagina bog’liq bo’lib qolmasdan, balki jamiyatning ijtimoiy siyosiy holatiga, yani tinchlik, barqarorlik, hamjihatlik holatiga ham bog’liq bo’ladi.

Yuqoridagilardan ma’lum bo’ladiki, noosfera ta’limoti ijtimoiy, tabiiy va texnik fanlarni hamda insonning turli ishlab chiqarish sohalarini uzviy integrasiyasini taqozo etadi. Noosfera oqilona tarzda tuzilgan tabiat va jamiyatdan iborat biosferaning kelajakdagi yangi holatidir, ya’ni taraqqiyotning noosfera bosqichida jamiyat bilan tabiat bir butun yaxlit tizim tarzda faoliyat ko’rsata boshlaydi.




Download 281,51 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish