O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi falsafa ma’ruzalar matni


Tsivilizatsiyali  rivojlanish  va  mulkiy  plyuralizm



Download 1,61 Mb.
Pdf ko'rish
bet245/246
Sana27.03.2021
Hajmi1,61 Mb.
#62197
1   ...   238   239   240   241   242   243   244   245   246
Bog'liq
16586 Falsafa asoslari.doc

Tsivilizatsiyali  rivojlanish  va  mulkiy  plyuralizm.  Bozor  munosabatlari  sharoitida  mahsulot  sifati  va 
samaradorligini  yaxshilashning  muhim  qonuniyatlaridan  biri  raqobatli  muhitni  yaratish,  kishilarda  xo’jayinlik 
hissini  shakllantirish,  mehnat  mahsuliga  egalik  qilish,  shaxsiy  manfaatdorlik  va  uni  davlat  manfaatlari  bilan 
bog’lash  muhim  tamoyil  sifatida  joriy  etila  boshlandi.  Mehnatni  tashkil  etish  jarayonida  kishilarning  kasbiy 
mahorati, bilimi, tajribasi, ko’nikma va malakasi, mehnat madaniyati, mehnatni tashkil etishga ijodiy yondashish 
kishilarning mehnat va mulkka bo’lgan munosabatini ko’rsatuvchi mezonga aylandi.  
Mulk nima? Har bir inson o’zining ongli faoliyatida mulkka ega bo’lishni o’z oldiga maqsad qilib qo’yadi. Bu 
mulk  insonning  aqliy  va  jismoniy  mehnat  faoliyatida  yaratilgan  va  uning  barqaror  yashashi  uchun  kafolat 
beradigan moddiy va intellektual boylikdir.  
Mulk  avloddan-avlodga  meros  bo’lib  o’tishi  ham  mumkin.  Mulk  mulkdorning  tasarrufida  bo’lgan  barcha 
tirikchilik  va  ishlab  chiqarish  vositalaridir.  Mulkning  shaxsiy,  xususiy,  jamoa,  davlat  mulki  singari  shakllari 
mavjud.  Mulk  egasi  o’z  tasarrufidagi  mulkni  avaylab-asraydi,  tejaydi,  undan  oqilona  foydalanadi  va  muttasil 
ravishda ko’paytirishga harakat qiladi.  
Bozor munosabatlariga o’tish davrida davlat xususiy mulkni qo’llab-quvvatlaydi, mulkchilikning turli shakllarini 
rivojlantiradi,  xususiy  mulk  daxlsizligini  huquqiy  kafolatlaydi,  tadbirkorlik  va  ishbilarmonlikni  rivojlantirish 
uchun imtiyozli kreditlar berishni yo’lga qo’yadi. Bu esa ularning mulkdor bo’lishi, o’rta mulkdorlar sinfining 
shakllanishi uchun keng imkoniyat yaratadi.  
Mustaqillik sharoitida aqliy mehnat mahsuli bo’lgan fan, san’at asarlari, darsliklar, o’quv qo’llanmalari, ta’lim-
tarbiyaning yangi kontseptsiyalarini yaratish intellektual mulk hisoblanadi. Intellektual mulk egasi o’z mehnati 
mahsulini  o’z  xohishicha  tasarruf  etadi.  Bunday  mulkning  qadr-qimmati,  bahosi,  sifati,  jamiyatda  tutgan  o’rni 
raqobatli muhitda yaqqol namoyon bo’ladi. Intellektual mulkning talabgori, buyurtmachisi davlat va jamiyatdir.  
Mehnat  jarayonida  yaratiladigan  har  qanday  mahsulot  o’z  qiymatiga  ega  bo’ladi.  Qiymat  mahsulotda  o’z 
ifodasini topadigan xodimning aqliy va jismoniy kuchi, qobiliyati, bilimi, sarflagan vaqti, xom ashyo, yoqilg’i, 
energiya, yo’l xarajatlari uchun mablag’i va hokazolardir. Mulkdor mahsulot ishlab chiqarishga kamroq xarajat 
qilib,  ko’proq  foyda  olishga  intiladi.  Foyda  bozor  munosabatlari  sharoitida  amal  qiladigan  muhim 
qonuniyatlardan biridir. Xususiy mulkning rivojlanishida foyda hal qiluvchi o’rin tutadi. Hozirgi paytda mehnat, 
mulk,  foyda  tushunchalarini  falsafiy-iqtisodiy  jihatdan  teran  idrok  etish,  yoshlar  dunyoqarashida  yangicha 
iqtisodiy  tafakkurni  shakllantirish  ularning  jahon  tsivilizatsiyasi  andozasi  talablari  darajasida  fikr  yuritishi  va 
faoliyat ko’rsatishi uchun zamin yaratadi.  
O’zbekistondagi  demokratik  jarayonlar  jahon  tsivilizatsiyasi  bilan  uyg’unlashishning  yana  bir  imkoniyatidir. 
O’zbekistonning jahon tsivilizatsiyasiga qo’shilib borishida demokratik jarayonlarni va rivojlangan davlatlarning 
siyosiy tajribalarini ijodiy o’rganish va hayotga tatbiq etish muhim o’rin tutadi.  


O’zbekiston  qonunchiligini  xalqaro  huquq  talablariga  muvofiqlashtirish,  nufuzli  xalqaro  tashkilotlarga  a’zo 
bo’lish,  hokimiyatni  qonun  chiqaruvchi,  ijro  etuvchi,  sud  hokimiyatlariga  bo’lish,  mamlakat  Prezidentini 
muqobillik  asosida  saylash,  fikrlar  xilma-xilligi  va  ko’ppartiyaviylik  tizimini  qaror  toptirish,  demokratik 
qadriyatlarni  hayotga  tatbiq  etish,  O’zbekistonning  jahon  tsivilizatsiyasiga  qo’shilib  borayotganidan  dalolat 
beradi.  
O’zbekistonning  jahon  tsivilizatsiyasiga  kirib  borishidagi  tajribalarini  falsafiy  idrok  etish  va  umumlashtirish 
ayniqsa muhimdir. Prezident I.A. Karimovning qator asarlarida yuksak ma’naviyat jamiyat taraqqiyotida muhim 
omil  ekanligi  to’g’risidagi  g’oya  yangicha  falsafiy  tafakkurning  metodologik  asosi,  jahon  taraqqiyoti 
tajribalariga  tayanishning  yorqin  namunasidir.  Milliy  g’oya  va  milliy  mafkura  o’zida  mamlakatimizning  jahon 
tsivilizatsiyasiga qo’shilish nazariyasi, yo’llarini yaqqol aks ettiradi.  
O’zbekistonning jahon tsivilizatsiyasiga  qo’shilish tajribasi,  uning  milliy g’oyasi va  mafkurasi rivojlanayotgan 
mamlakatlar uchun olamshumul ahamiyat  kasb etadi. Hozirgi zamon tsivilizatsiyasining muhim  xususiyatlarini 
va O’zbekistonning tsivilizatsiyali taraqqiyot yo’lidan jahon hamjamiyatiga qo’shilib borishini, milliy g’oya va 
mafkurani  falsafiy  idrok  etish  talabalarda  vatan  tuyg’usi,  ma’rifatparvarlik,  milliy  g’urur,  burch,  masuliyat 
hissini tarbiyalashga yordam beradi.  

Download 1,61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   238   239   240   241   242   243   244   245   246




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish