Birlamchi va ikkilamchi hisob.
Birlamchi daromadlar va transfertlarning ijobiy saldosi jismoniy shaxslarning xalqaro qatnovi sezilarli qisqargani va rezidentlarga xorijdan kelgan transchegaraviy pul o‘tkazmalarining o‘tgan yilning mos davriga nisbatan o‘zgarishsiz qolganligi holatida 19 foizga kamaydi.
O‘z navbatida, norezidentlarning investitsion daromadlari (qarzlar va xorijiy investitsiyalar bo‘yicha) 1,9 mlrd. dollarni tashkil etdi.
O‘zbekistonning 2020 yil uchun to‘lov balansi, xalqaro investitsion pozitsiyasi va tashqi qarzi ko‘rsatkichlarining hisoboti foydalanuvchilarga 2021 yilning mart oyida taqdim qilinadi.
Dastlabki ko‘rsatkichlar tezkor ma’lumotlar va ekspertlik baholashlar asosida tuzilganligi sababli ular yakuniy ma’lumotlar bilan farq qilishi mumkin.
Ma’lumotlar to‘lov balansi va xalqaro investitsion pozitsiya bo‘yicha qo‘llanma (TBQ6) uslubiyatiga muvofiq tuzilgan bo‘lib, Davlat statistika qo‘mitasining savdo balansi ko‘rsatkichlaridan farq qilishi mumkin
Do'stlaringiz bilan baham: |