Tarmoq sathidagi VPN.
Tarmoq sathidagi VPN-mahsulotlar IPni IPga inkapsulyatsiyalashni bajaradi. Bu sathdagi keng tarqalgan protokollardan biri SKIP protokolidir. Ammo bu protokolni autentifikatsiyalash, tunnellash va IP-paketlarni shifrlash uchun atalgan IPSec(IPSecurity) protokoli asta-sekin surib chiqarmoqda.
Seans sathidagi VPN
Ba’zi VPNlar "kanal vositachilari" (circuit proxy) deb ataluvchi usuldan foydalanadi. Bu usul transport sathi ustida ishlaydi va har bir soket uchun alohida trafikni himoyalangan tarmoqdan umumfoydanuvchi Internet tarmog‘iga retranslyatsiyalaydi. (IP soketi TCP-ulanishning va muayyan port yoki berilgan port UDP kombinatsiyasi orqali identifikatsiyalanadi. TCP/IP stekida beshinchiseans sathi bo‘lmaydi, ammo soketlarga mo‘ljallangan amallarni ko‘pincha seans sathi amallari deb yuritishadi.)
Do'stlaringiz bilan baham: |