Dasturiy ta’minot asosidagi VPN.
Dasturiy usul bo‘yicha amalga oshirilgan VPN mahsulotlar unumdorlik nuqtai nazaridan ixtisoslashtirilgan qurilmadan qolishsada, VPN-tarmoqlarni amalga oshirilishida yetarli quvvatga ega. Ta’kidlash lozimki, masofadan foydalanishda zaruriy o‘tkazish polosasiga talablar katta emas. Shu sababli, dasturiy mahsulotlarning o‘zi masofadan foydalanish uchun yetarli unumdorlikni ta’minlaydi. Dasturiy mahsulotlarning shubhasiz afzalligi—qo‘llanilishining moslanuvchanligi va qulayligi, hamda narxining nisbatan yuqori emasligi.
Do'stlaringiz bilan baham: |