DAVLAT BOSHQARUVI SEKTORI
Aktivlar
2020 yilning I choragida davlat boshqaruv sektori aktivlari 554 mln. dollarga ortdi. Bunda, monetar oltinning qayta baholanishi davlat boshqaruvi sektorining investision pozisiyasiga ijobiy ta’sir ko‘rsatdi.
Majburiyatlar
Davlat boshqaruv sektorining majburiyatlari davlatning tashqi qarzidan iboratdir. 2020 yilning I choragi mobaynida norezidentlar oldidagi majburiyatlar kreditlar va qarzlar bo‘yicha, asosan yangi qarzdorliklarning jalb qilinishi hisobiga, 652 mln. dollarga, shuningdek, kapital bozorlarida xalqaro obligasiyalarning joylashtirilishi evaziga 1 mlrd. dollarga ortdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |