Aktivlar
Boshqa sektorlarning aktivlari 87 mln. dollarga kamaydi, majburiyatlari
esa 448 mln. dollarga ortdi. Shunday qilib, sof investision pozisiya
535 mln. dollarga qisqardi va -3,5 mlrd. dollarni tashkil qildi.
Aktivlarning o‘sishi «Valyuta va depozitlar» komponenti bo‘yicha kuzatilib, mazkur komponent O‘zbekiston Respublikasining chet elda ishlayotgan fuqarolari daromadlarining repatriasiya qilinishi (O‘zbekistonga qaytarilishi), shuningdek rezident – yuridik shaxslarning chet eldagi hisobvaraqlariga tushumlar hisobiga
195 mln. dollarga ortdi. «Savdo kreditlari va avanslari» komponenti (debitor qarzdorlik) bo‘yicha aktivlarning 283 mln. dollarga kamaydi.
Majburiyatlar
Savdo kreditlari bo‘yicha majburiyatlarning o‘sishi 912 mln. dollarni tashkil qildi. Tashqi savdo aylanmasining, xususan, import operasiyalari bo‘yicha oshishi majburiyatlar o‘sishining asosiy sababi bo‘lib qolmoqda.
Bundan tashqari, qayd etish lozimki, savdo kreditlari va aholi qo‘lidagi xorijiy valyuta qoldig‘ining o‘sishi qisman o‘zaro kompensasiyalanadi, ya’ni import qilinayotgan tovarlar to‘lovining ma’lum bir qismi naqd xorijiy valyutada amalga oshirilayotgan bo‘lishi mumkin. Shu munosabat bilan, aholi qo‘lidagi horijiy valyutadagi mablag‘lar hamda rezidentlarning savdo kreditlari bo‘yicha majburiyatlari oqimlari va qoldiqlari qayta ko‘rib chiqildi. Shuningdek, savdo kreditlari bo‘yicha majburiyatlarni hisoblashda statistik xatolarga yo‘l qo‘yilgan bo‘lishi mumkin.
To‘g‘ridan-to‘g‘ri investisiyalar komponenti bo‘yicha MTB doirasida xorijiy investorlardan kelib tushgan mablag‘lar 302 mln. dollarni5, shuningdek, xorijiy investorlarga hisoblangan kompensasion to‘lovlar 443 mln. dollarni tashkil qildi. Shunday qilib, MTB korxonalari bo‘yicha investisiyalarning sof o‘zgarishi-141,5 mln. dollarga teng.
MTB doirasida ishlaydidan korxonalarni istisno qilganda, nomoliyaviy korxonalar bo‘yicha kapitalga investisiyalarning sof o‘sishi 145,6 mln. dollarni, daromadlar reinvestisiyasi 157,6 mln. dollarni, bosh kompaniyalarning qarz instrumentlari shaklidagi investisiyalari esa 15,5 mln. dollarni tashkil qildi. Nomoliyaviy korxonalarga amalga oshirilgan investisiyalar o‘sishi 318,7 mln. dollarni tashkil etdi, MTB doirasida ishlaydigan korxonalar bundan mustasno.
Nobank moliya muassasalari bo‘yicha kapitalga kiritilgan investisiyalarning sof o‘sishi 0,1 mln. dollarni tashkil etgan bo‘lib, reinvestisiya qilingan daromadlar 0,6 mln. dollarga ortdi.Shu bilan birga, o‘tgan davrlar uchun ma’lumotlarda aniqlangan statistik xatolar bilan bog‘liq 1,0 mlrd. dollar6 qiymatidagi boshqa manfiy nooperasion o‘zgarishlar ham kuzatildi. Natijada, joriy yilning I choragida to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investisiyalar qoldig‘i kamayish tomonga 865,5 mln. dollarga tuzatildi.Portfel investisiyalarning o‘sishi rezident korxonalarning kapitaliga investisiyalarning kelib tushishi hamda to‘g‘ridan-to‘g‘ri investisiyalarning portfel investisiyalarga qayta tasniflanishi bilan bog‘liq nooperasion o‘zgarishlar hisobiga ta’minlandi. Shuningdek portfel investisiyalar bo‘yicha majburiyatlar qoldiqlari ham qayta ko‘rib chiqildi7.Ssudalar va qarzlar bo‘yicha majburiyatlarning kamayishi xususiy sektor tashqi qarzi bo‘yicha qarzdorlikning so‘ndirish muddatlari kelgani bilan bog‘liq.
Do'stlaringiz bilan baham: |