KAPITAL OPERASIYALARI HISOBI
2020 yil I choragida kapital operasiyalari hisobining ijobiy saldosi yirik transfertlar hisobiga 135,1 mln. dollarni tashkil qildi (2018 yilda 28,1 mln. dollar).
MOLIYAVIY HISOB
2020 yil I choragida moliyaviy hisobning manfiy saldosi 2,4 mlrd. dollarni tashkil qildi. Bunda, majburiyatlarning o‘sishi aktivlarnikiga nisbatan besh barobar ko‘p bo‘ldi. Moliyaviy hisob balansining o‘tgan yilning mos davriga nisbatan keskin o‘zgarishiga kreditlar va qarzlar (1,9 mlrd. dollar)1, asosan davlat sektori tomonidan olingan, hamda savdo kreditlari va bo‘naklari (912 mln. dollar) bo‘yicha norezidentlar oldidagi majburiyatlarning ortishi asosiy sabab bo‘ldi. Bundan tashqari, rezerv aktivlarining 755 mln. dollarga oshishi kuzatildi (3-jadval).
3-jadval
Do'stlaringiz bilan baham: |