JORIY OPERASIYALAR HISOBI
2020 yilning I choragi yakunlari bo‘yicha joriy operasiyalar hisobining saldosi manfiy bo‘lib, 733 mln. dollarni tashkil qildi. Bunda manfiy saldoning shakllanishiga omil daromadlari va transfertlarning o‘sishi moʻtadil bo‘lgan bir paytda tovarlar importi o‘sish sur’atlarining eksportga nisbatan yuqori bo‘lishi katta ta’sir o‘tkazdi (1-diagramma).
1-diagramma
JORIY OPERASIYALAR HISOBINING KOMPONENTLAR BO‘YICHA SALDOSI
(mln. dollar)
2020 yilning I choragida joriy operasiyalar hisobining barcha komponentlari bo‘yicha ko‘rsatkichlarda o‘tgan yilning mos davridagi ko‘rsatkichlarga nisbatan daromadlar va xarajatlarning o‘sishi kuzatildi. Shu bilan birga, joriy xarajatlarning o‘sishi joriy daromadlarning o‘sishidan yuqori bo‘lib, bu holat tovarlar importining o‘sishi bilan izohlanadi (2-jadval).
2-jadval.
Do'stlaringiz bilan baham: |