Geografik tarqalishi. Uzun tolali zig‘ir Ukraina, Belorus, Rossiyaning Y evropa qismining Markaziy va g‘ arbiy viloy atlarida, sershox zig‘ir esa janubiy tumanlarda, g‘arbiy Sibir va Shimoliy Kavkaz hamda 0 ‘rta Osiyoda o‘stiriladi.
Mahsulotning tashqi ko‘rinishi. Tayyor mahsulot yassi, tuxumsimon urug‘dan iborat Urug'ning bir uehi ingichka, ikkinchi tomoni esa enli va yumaloq, usti silliq, yaltiroq va sarglisb-qo‘ng‘ir rangli bo‘ladi. Agar urug‘ning ustki ko‘rinishi yaltiroq bo'lmasa, u pishmagan - sifatsiz hisoblanadi. Mahsulot hidsiz, shilliq, yog‘ga o‘xshagan mazali bo‘lib, suvga solganda usti shilliqlanadi va suv tagiga cho'kadi. XI DF ga ko‘ra, mahsulot namligi 13%, umumiy kuli 6%, o'simlikning boshqa qismlari (ko‘sakcha, meva boiakchalari, meva bandi ezilgan mevalar) 1 % dan, organik aralashmalar 2% dan va mineral aralashmalar 0,5 % dan oshmasligi lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |