О‘zbekiston respublikasi oliy va о‘rta maxsus ta’lim vazirligi e. D. Yusupov, Z. K. Kusharov



Download 3,2 Mb.
Pdf ko'rish
bet211/312
Sana18.01.2022
Hajmi3,2 Mb.
#388324
1   ...   207   208   209   210   211   212   213   214   ...   312
Bog'liq
menejment nazariyasi (1)

*ishlab chiqarishda: 
                                                           
87
 https://center-yf.ru/data/stat/Vidy-konfliktov.php 


230
 
 

 
 
xodimbilan xodim о‘rtasida; 

 
 
xodimbilan rahbar о‘rtasida; 

 
 
rahbar  bilan  rahbar  о‘rtasida
va  hokazolarо‘ptasida  bо‘lishi 
mumkin.
 
Shaxslar о‘rtasidagi
 nizo kо‘p hollarda ularning u yoki bu masalaga 
bо‘lgan  nuqtai  nazarlarining  mos  tushmasligi,  rahbarlar  о‘rtasida 
resurslarni  taqsimlash,  xodimlar  bilan  rahbar  о‘rtasida  esa  ish  sharoitini 
qoniqarsizligi  kabilar  yuzasidan  vujudga  kelishi  mumkin.  Bir  lavozimga 
ikki  nomzod  qо‘yilganda  ham  shu  turdagi  nizolar  kelib  chiqish  hollari 
bо‘ladi. 
Shaxslar  tо‘qnashuvi  ham  shaxslararo  nizo  tufayli  bо‘lishi  mumkin. 
Zero,  har  xil  toifa,  fe’ldagi  odamlar  hamma  vaqg  ham  bir-birlarini 
tushunavermaydilar.  Garchi  bir  kо‘rinishda  bizga  shunday  tuyulsada, 
shaxslararo  nizolarning  75-80  foizi  moddiy  manfaatdorlik  zamirida  sodir 
bо‘ladi. 
Aholida  shaxsning  guruh  bilan  tо‘qnashuvi  ham  alohida  shaxs  va 
guruh  о‘rtasidagi  kelishmovchilik  oqibatida  bо‘ladi.  Masalan,  mahsulot 
ishlab  chiqarishni  kо‘paytirish  yо‘llaridan  biri  uning  narxini  nisbatan 
pasaytirish  yо‘lidir.  Bu  masalani  korxona  yig‘ilishida  muhokama  qilish 
jarayonida bir guruh xodimlar bunday yо‘l korxona zimmasiga yuklatilgan 
rejani  bajarilishiga  imkon  berishini  aytsa,  boshqa  bir  xodim  bunday  yо‘l 
mahsulot  sifatining  pasayishiga,  uning  ustiga-ustak  hozirgi  ishlab 
chiqarayotgan mahsulotning sifati shundoq ham raqobatdosh korxonalarda 
ishlab  chiqarilayottan  aynan  shunday  turdagi  mahsulot  sifatidan  past 
ekanligiga shama qilib, bu yо‘lning notо‘g‘riligini isbotlamoqchi bо‘ladi. 
Bu yerda bir guruh xodimlarning fikri alohida xodimning fikriga mos 
tushmayapti. Bunday holat ham nizo kelib chiqishi uchun sabab bо‘ladi. 
Har  bir  ishlab  chiqarish  jamoasida  xodimlarning  о‘zaro  munosabati 
ikki tarkibiy doirada: 

 
formal (yoki rasmiy) 
 

 
noformal  (yoki  norasmiy)
  doirada  amalga  oshadi. 
Formal  guruh 
xodimlarning ishlab chiqarish va ijtimoiy faoliyatidagi ma’muriy jihatdan 
mustahkamlangan  rasmiy  aloqalarini  kо‘rsatib  beradi.  Formal  guruh 
kishilarning lavozim burchlaridan kelib chiquvchi о‘zaro munosabatlariga 
kо‘ra belgilanadi. 
Noformal  guruh
  shaxsiy  simpatiya  va  antipatiyalar  asosidagi 
norasmiy  munosabatlarni,  manfaatlarning  umumiyligini,  xarakterlarning 
о‘xshashligini, о‘zaro bir-birini tushunishni ifodalaydi. 
Har ikkala guruh doimo bir-biriga ta’sir qilib turadi va shu jarayonda 


231
 
 
nizoli holatlar ham vujudga kelib turadi. 
Guruhlararo nizolarga: 

 
bо‘limlar bilan bо‘limlar о‘rtasidagi; 

 
ma’muriyat bilan kasaba uyushmasi о‘rtasidagi; 

 
bо‘limlar bilan ma’muriyat о‘rtasidagi; 

 
bо‘limlar bilan kasaba uyushmasi о‘rtasidagi nizolar misol bо‘la 
oladi. 
Bu  turdagi  nizolar  ayniqsa,  bir  yо‘nalishdagi  boshqaruv  guruhlari 
bilan  shtabli  boshqaruv  guruhlari  о‘rtasida  sodir  bо‘ladigan  nizoli 
vaziyatlarda yaqqolroq kо‘rinadi. 
Shtabli  boshqaruv  guruhlarida  band  bо‘lganlar,  odatda  bir 
yо‘nalishdagi boshqaruv guruhlarida band bо‘lganlarga qaraganda yosh va 
iqgidorli  kishilar  bо‘ladilar.  Ular  kо‘pincha  “kо‘cha”  sо‘zlari  bilan 
muomala qilishni  xush kо‘radilar. Bu esa guruhlar о‘rtasidagi  muomalani 
jiddiylashtiradi.  Bir  yо‘nalishdagi  rahbarlar  axborotlarni  olish  nuqtai 
nazardan  shtabli  rahbarlarga  tobe  ekanliklarini  pesh  qilib,  ular  bergan 
tavsiyalarini rad etishlari mumkin. 
Ekstremal  sharoitda  bir  yо‘nalishdagi  rahbarlar  shtabli  rahbarlar 
tomonidan  qilinadigan  tavsiyalarning  shunday  variantini  ataylab 
tanlaydilarki,  bu  variant  pirovard  natijada  mazkur  ishning  barbod 
bо‘lishiga sabab bо‘ladi. Bu harakat mutaxassislarni “о‘z о‘rniga qо‘yish” 
yoki о‘ch olish maqsadida qilingan harakat bо‘ladi. Bundan g‘azablangan 
shtabli  rahbarlar  bir  yо‘nalishdagi  rahbarlarni  axborotga  kirib  borishini 
yanada qiyinlashtirib, ularni о‘zlariga tobeligini kuchaytiradi. 
Bunday  hollarda  nizoli  vaziyat  yuzaga  keladi  va  bora-bora  u  pishib 
о‘zaro tо‘qnashish sodir bо‘ladi. 
Bir  korxona  doirasidagi  bо‘limlarning  maqsadlari  bir-biriga  mos 
tushmasligi sababli ham tez-tez nizolar chiqib turadi. Masalan: 

 
korxonaning  muayyan  bо‘limi  о‘zining  mahsulotlarini  chetga  sotib 
yuqori  foyda  olishni,  shu  korxona  doirasidagi  bо‘limlarga  past  narxda 
sotib foyda olishdan afzal kо‘radi; 

 
kunduzgi  smenada  band  bо‘lgan  tibbiy  xodimlar  ishchilarga  xizmat 
kо‘rsatish  darajasi  past  bо‘lganligidan  kechki  smenadagi  band  bо‘lgan 
tibbiy xodimlar ustidan shikoyat qilishlari mumkin va aksincha; 

 
tovarlarni  sotish  bо‘limi  iste’molchilarning  talabini  qondirish  uchun 
har  doim  omborda  kо‘proq  tovar  g‘amlamasini  yetarli  bо‘lishini  xohlasa, 
ishlab  chiqarish  bо‘limi  esa  bundan  manfaatdor  emas,  chunki  bunday  ish 
tutish  ishlab  chiqarish  xarajatlarining  oshishiga,  bu  esa  о‘z  navbatida 
mahsulot bahosining oshishiga olib keladi. 


232
 
 
Guruhlararo  nizolar  о‘z  tabiatiga  kо‘ra  aralash  nizolardir,  chunki 
ularning  vujudga  kelishi  barcha  yuqoridagi  nizo  turlarining  ta’siri  ostida 
bо‘ladi. 
Mavhumligiga  qarab  nizolar  ochiq  yoki  yopiq  kо‘rinishlarda  bо‘lishi 
mumkin. 
Ochiq  nizolar
  odatda  qarama-qarshi  tomonlarning  kо‘z  oldida, 
tо‘g‘ridan-tо‘g‘ri  vujudga  keladi.  Ular  tо‘qnashish  sodir  bо‘lgunga  qadar 
tо‘liq yetilgan bо‘ladi. Bunday nizolar rahbariyat nazorati ostida turganligi 
sababli,  korxona  uchun  unchalik  xavf  tug‘dirmaydi  va  ularni  boshqarish 
oson kechadi. 
Yopiq nizolar
 о‘ta xavflidir. Bunday nizolarni asta-sekin, belgilangan 
fursatda  portlaydigan  minaga  о‘xshatsa  bо‘ladi.  Agar  nizo  hali 
“yetilmagan”  yoki  ularni  odamlar  nigohidan  yashirilsa,  boshqacha  qilib 
aytganda, nizo kishilar “ichida” bо‘lsa, bilingki, bu nihoyatda xavfli va uni 
boshqarish juda qiyin. Yopiq nizolar kо‘pincha fitna, ig‘vo, hiyla-nayrang, 
fisq-fasod  shaklida  rivojlanish  oqibatida  vujudga  keladi.  Ular  oraga  nifoq 
solish,  buzg‘unchilikka  qaratilgan  bо‘lib,  yolg‘on-yashiq,  uydirma, 
bо‘hton gaplar muxoliflar uchun asosiy qurol vazifasini bajaradi. 
Ochiq nizolar kо‘pincha nido, chaqiriq shaklida rivojlanishi oqibatida 
vujudga  keladi.  Ular  ochiqdan-ochiq  chaqiriq,  tovush  chiqarish,  da’vat 
etishda  о‘z  ifodasini  topadi.  Bunda  bir  guruh  xodimlar  о‘zlariga  qarama-
qarshi  bо‘lgan  rasmiy  yoxud  norasmiy  guruhlarning  manfaatini  о‘zining 
manfaati tomon burishga harakat qiladi. 
Xarakteriga qarab nizolar obyektiv yoki subyektiv nizolarga bо‘linadi. 

Download 3,2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   207   208   209   210   211   212   213   214   ...   312




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish