O’zbekiston Respublikasi Oliy va O’rta Maxsus Ta’lim Vazirligi Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti Ijtimoiy- gumanitar fakulteti Tarix yo’nalishi 3-bosqich 306-guruh talabasi Fayzullayev Abduholiqning Jahon tarixi fanidan Kurs ishi


AQSHning ХIХ asrdagi iqtisоdiy taraqqiyoti



Download 242,5 Kb.
bet5/6
Sana14.06.2022
Hajmi242,5 Kb.
#669965
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
306g — копия

2.2. AQSHning ХIХ asrdagi iqtisоdiy taraqqiyoti.
XIX asrning birinchi yarmida AQSHda kapitalizm jadal rivojlandi. Mamlakatning sbimoli-sharqiy qismida fabrika sanoati va kapitalistik fermerchilik xo'jaligi taraqqiy etdi. AQSHning g'arbida esa mayda fermerchilik, mustaqil mayda hunarmandchilik ishlab chiqarishi hukmronlik qildi. Umuman olganda mamalakatning Shimoli va G'arbida kapitalistik munosabatlar tez o'sdi. Janubda esa AQSH iqtisodining boshqa bir ko'rinishi plantatsiya quldorchilik xo'jaligi rivollanib bordi. Shimol va Janubda iqtisodiy taraqqiyotning yo'llaridagi turli xillik mamlakat taraqqiyotiga juda katta ta'sir o'tkazdi.
AQSHning G'arbidagi yangi yerlarni o'zlashtirilishi Yevropadan ko'p miqdorda ko'chkinchilar (emigrantlar) ommasining kelib o'rnashishiga qulay sharoit yaratdi. Emigrant aholi orasida yuz minglab malakali hunarmand'lar va ishcbilar mavjud edi. Emmigratsiya shusiz ham tez o'sayotgan mamlakat aholosi sonini keskin oshirib yubordi. 1800-1820 yillarda mamlakat aholisi 5,3 mln. kishidan, 9,6 mln. kishiga ko'paydi. 1850 yilda esa aholi soni 23,2 mln. kishiga etdi. 1820-1850 yillar mobaynida AQSHga keigan" ko'chkinchi aholining soni 2.455 ming kishiga yetdi. Ammo shunga qaramasdan, AQSHda ishchi kuchlariga bo'lgan ehtiyoj F.vropaga qaraganda ancha ortiq edi. Bu hoi ma'lum bir miqdorda AQSHning shimoliy hududlarida mashinalardan foydalanishga ertaroq o'tilishiga ham sabab bo'ldi. Vaholanki, bu vaqtda mamlakat janubida qullar mehnatidan keng foydalanilar edi.
Shunday qilib, AQSHda kapitalistik munosabatlarning rivoji nihoyatda bir murakkab jarayon bo'lib, unda turli ishlab chiqarish usul va shakllari, ekspansiya, immigralsiya kabi omillar bilan qorishib kelgan.20
AQSH tarixining XIX asrning birinchi yarmi uchun xos bo'lgan cng jirkanch xususiyatlaridan biri, bu mahalliy aholi hindularni qirg'in qilinishi va Afrikadan tutib keltirilib, qulga aylantirilgan negrlarning shafqatsiz ekspluatatsiya qilinishi edi. AQSH ahoiisining keltirilgan har ikkala toifasi ham barcha fuqarolik huquqlaridan manrum qilingan edi. G'arbdagi unumdor yerlarda yashayotgan hindu qabilalari bilan ko'pincha amerikalik mustamlakachilar hindularning mazkur yerlarga cgalik huquqini tan olgan shartnomalarni imzolaganlar, ammo kcyinchalik bu shartnomalar buzilib, ularning yerlari tortib olingan, o'zlari esa qirilgan yoki G'arbga tomon siqib qo'yilgan. Mustamlakachilar hindularning harbiy kuchlarini zaiflashtirish maqsadida qabilalar orasida nifoq chiqarish usullaridan, ya'ni, birini ikkinchisiga qarshi qo'yish kabi hollardan ham foydalanganlar.
1812-1814 yillardagi Angliya bilan bo'lgan urushdan so'ng hindularni G'arbga siqib borish kuchaydi. Hindular majburiy ravishda "rezervatsiya" deb ataluvchi tabiati noqulay bo'lgan, maxsus ajratilgan rayonlarga ko'chirilgan. Hindularning qarshilik harakatlari maxsus ravishda qonli jazo otryadi yoki ekspeditsiyalari tomonidan bostirilgan. Masalan, Indianada hindularning krik qabilasi ko'targan qo'zg'olon bostirilib, qabila boshlig'i Tekumse o' Idiriladi. Amerikalik muslamlakachilar uning terisidan kamar yasatadilar.
Hindularni asoratga solish jarayoni kopincha boshqa davlattarning hududlariga boslirib kirish bilan birga davom etgan. AQSH qo'shinlari hindularni ta'qib qilib. Ispaniyaga tegishli bo'lgan Sharqiy Floridaga bostirib kirganlar. Bungacha ham, AQSHning ko'pgina quldor plantatorlari Floridada yashaganlar. Ularning qo'llab-quwatlashi natijasida AQSH 1819 yilda Ispaniya hukumatini Sharqiy Floridadan voz kechishga majbur qildi. Buning uchun AQSIT Ispaniyaga 5 mln. dollar to'ladi. Bu bilan AQSTI o'zini mazkur hududni bosib olgan emas, balki sotib olgan qilib ko'rsatdi. Sharqiy Floridada yashagan hindularning seminola qabilasining bir qisrai qirib tashlandi.21
XIX asrning 20-30 - yillarida hindular Missisipi daryosi ortiga siqib chiqarilgan. Ularning ko'p qismi qirib tashlangan. Jorjiyadan g'arb tomonda hindularning chirok qabilasining tinch aholosi istiqomat qilgan. Ular o'zlarining maktablari, aliaviti, tipografiya va hatto gazetalariga ega bo'lgan. Chirok qabilalari yashayotgah hududda oltin zahiralari kashf o’ilgach, ularninh mazkur hududdagi yerlarga cgalik huquqini kafolatlovchi sharlnomalar bekor qilinib, u yerlar jamiyat mulki deb e'lon qilindi. AQSH qo'shini chiroklarni G'arbdagi rezervasiyalarga haydadi. Bunda 4 000 dan ziyod hindular halok bo'ldi.
1835-1842 yillarda Floridadagi seminola qabilalari bilan AQSH qo'shini o'rtasida ikkinch urushi bo'lib o'tdi. Natijada hindularning qarshiligi bulunhy tugatildi. Yuqorida ta'kidlanganidek, AQSHning ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotida ikki xil xususiyat: kapitalistik va quldorlik ishlab chiqarish munosabatlari mavjud bo'lgan.
Mamlakat Shimoli va G'arbida kapitalizm tez suratlar bilan o'sgan. XVTI asr oxirlaridan shimoli-sharqiy shtatlarda mexanik ip yigirish. paxta tozalash (chigitlash) dastgohlari paydo bo’lgan. 1814 yil Massachusetsda mexanik dastgohlardan keng foydalanilgan. 1815 yilda AQSHning engil sanoatida 130 mingdan ziyodroq mexanik urchuqlar bo'lgan bo'lsa, 1860 yilda ularning soni 5236000 ga etgan. Mexanik urchuglar bo'yicha AQSII dunyoda Angliyadan keyin ikkinchi o'rinda turgan. Shunday qilib, XIX asrning 40 yillarida AQSHning to'quvchilik sanoati tez o'sdi.
1837 yildan AQSH metallurgiyasida toshko'mir yonilg'isidan foydalanishga o'tila boshlagan. Buning natijasida tcmir ishlab chiqarish ko'rsatkichlari lez oshib bordi. Og'ir sanoatning cng rivojlangan rayonlaridan biri bu Pensilvaniya edi. XIX asrning 40 -yillaridan AQSHda qishloq xo'jalik mash in alar ining o'rish, ekish kabi mexanizmlarga ixtisoslashtirilgan turlaridan foydalana boshlashgan. Sunday qishliq xo'jalik mashinalarining aksariyati Angliyadan keltirilgan. Tcxnika sohasida AQSH hali Angliyadan ortda edi. Bug' dvigatellaridan foydalanish AQSH sanoatida XIX asrning 50-yillaridan keng foydalana boshlangan.
30-40 - yillarda AQSHning transport sohasida to'ntarish yuz berdi. 1807 yildayoq sinalgan Fultonning bug' kemasidan 20-yillarga kelib daryolardagi qatnovda keng foydalanildi. 1838 yildan esa Atlantika okeani orqali bug' kemalarining doimiy qatnovi yo'lga qo'yilgan. AQSHning dengiz savdosi floti yuk ko'tarish ko'rsatkichlari bo'yicha Angliyanikiga tenglashgan bo'lsada, u asosan elkanli kemalardan iboral edi.22
1825 yilda Buyuk Ko' llarni Gudzon daryosi orqali Atlantika okeani bilan birlashtirgan Eri deb nomlanuvchi kanal qurildi. 20-yillarning oxirlaridan temir yo'llar qurilishi boshlandi. 1850 yilda AQSH temiryo'llarining uzunligi 9 ming milga etdi. Temiryo'llar va kanallar mamlakalning Shimoli-G'arbiy hududlarini Janubiy shtatlar bilan birlashtirib G'arbni o'zlashtirishda katta ahamiyat kasb etdi. Shimolda sanoat to'ntaruvi fabrika ishchilarining sonini oshishi balan birga bordi.
XIX asrning birinchi yarmi AQSH Janubida quldorlik plantatsiyalarning jadal o'sish davri ham bo'ldi. 1793 yilda E.Uitni tomonidan paxta tozalash (chigitlash) dastgohini ixtiro qilinishi natijasida XIX asrning birinchi yarmida quldorlik plantasiyalarida tamaki o'rniga paxta keng ravishda etishtirishga o'tildi. Shuningdek, Janubda shakar qamish ekish ham kengaydi. Paxtaning aksariyati Angliyaga eksport qilindi. Paxta etishtirishga ixtisoslashuv AQSH Janubini G'arbiy Yevropa mamlakattarining agrar xom ashyo bazasiga aylantirdi. Keyinchalik Janubda etishtirilayotgan paxtaning bir qismi Shimoldagi to'qimachilik sanoatida qayta ishlana boshlandi.
Quldorlik plantasiyalarida paxta monokulturasi (yakka hokimligi) Janub yerlarining unumdorlik darajasini tushirib yubordi. Natijada yangi unumdor yerlarga ehtiyoj orta bordi. Buni paxta xom ashyosiga bo'lgan talabning kuchayishi natijasida, ekin maydonlari hajmini kengaylirish zaruriyati ham taqozo etmoqda edi. Quldorlar mamlakat janubidagi va g'arbidagi yerlarni ekspansiya qilishga kirishdilar. Shimoli-G'arbdagi capitalist-termerlar han bunday ekspansiyadan manfaatdor edilar. 1809 yilda AQSHga quliarni keltirishni taqiqlovchi qonun chiqdi. Biroq. endi kontrabanda yo'li bilan yiliga 15 mingga yaqin qullar keltirilgan. 1790 yilda AQSIIda 760 ming negr qul bo' Igan bo' Isa, 1860 yilda ularning soni 4 mln.ga etdi.23 AQSHda fermerlar bilan plantatorlar o'rtasida Missisipidan g'arbdagi yerlar uchun keskin kurash davom etdi. Shimol aholisining tez o'slshi natijasida shtatlarning vakillik palatasida Shimol deputatlari sonining oshisbi tufayli qulchilik bekor qilindi. Ammo Scnatda quldorlik shtatlarining mavqei baland edi. Quldorlik va ozod shtatlar soni o'zaro tenglashgach, quldorlar quldorlik shtatlarini sonini oshirishga harakat qildilar. 1820 yilda Missuri va Men kabi yangi shtatlar tashkil qitindi. Qullik masalasini endi bu shtatlarning o'zlari hal qilishi lozim edi. Shu yili AQSH kongressi 36° 3()" dan shimolda (Missuridan tashqari) qullikni ta'qiqlivchJ qaror chiqardi. Bu AQSH tarixida Missuri kelishuvi deb nom oldi.
XIX asrning 30-yillaridan AQSHning ijtimoiy hayotida qulchilik masalasi muhim o'rin egalladi. Buning asosiy sabablaridan biri qullar qarshiligining kuchayishi edi. AQSH tarixida qullarning isyonlari va qo'zg'olonlari ko'p bo'lgan. XIX asrning birinchi yarmida ko'tarilgan qullarning qo'zg'olonlari orasida eng yirigi 1831 yil avgustida Virginiyada negr qul Nat Terner rahbartigida ko'larilgan qo'zg'olon edi. Qo'zg'olonlar bilan birga 30-yillardan qulchilikni bekor qilish (abolitsion - bckor qilish) uchun oq tanli aholi orasida ham harakat bohlandi. Bu "abolitsion harakat" deb nomlandi. Abolitsion harakat asosida fermerlar, hunarmandlar va qisman o'rta burjuaziya vakillarining demokratik huquq va erkinliklar, ayniqsa, g'arbdagi yerlarga borib o'rnashishi uchun kurash yotar edi. 1838 yil abolitsionistlar qochoq negr qullarga yordam berisb maqsadida "Yer osti temir yo'llari jamiyati" nomli maxsus tashkilot tuzdilar. Bu maxfiy jamiyat 10 minglab qochoq va ta'qibdagi qullarni mamlakat shimoliga o'tkazib yuborib, ularning xavfsizligini ta'minlash bilan shug'ullandi.
1848 yil Shimol fermerlari, hunarmandlari va burjuaziyasining bir qismi Buffalo shahrida yangi partiya - frisoylerlar (free soil - bo'sh yer) partoyasini tuzdilar. Bu parliyaga ishchilar va negr qullar ham kirdilar. Frisoylerlar, asosan, yangi hududlarda quichilikni joriy qilmaslikni, g'arbdagi yerlarni skvatterlar (ko'chib borib o'rnashib oluvchilar) ga bcpul tarqatilishini va u yerlarni yirik yer egalariga sotilmasligini talab qildilar. Frisoylerlar partiyasining paydo bo'Ioshi 40-yillarning oxirlaridan quldorlarfa qarshi kurashish uchun fermerlar va hunarmandlarning Shimol burjuaziyasi bilan siyosiy ittifoqchilik qilganligidan dalolat beradi. Prczidenl saylovlarida nomzodlarni ilgari surish uchun Shimol burjuaziyasi va fermerlari Janub quldor plantatorlari bilan turli guruh va oqimlarga birlashishi natijasida' AQSHda burjua siyosiy partiyalari tashkil topdi. Jumladan, demokratik partiya tuzildi.24 XIX asrning 20-yi!larida AQSHning ichki siyosiy hayotida muhim o'zgarishlar ro'y berdi. Fermerlar sonining oshishi, hunarmandlar va ishchilarning siyosiy huquqlar uchun kurashi. ko'pchilik shtatlarda faqat oq tanli erkaklar uchun umuniy saylov huquqini joriy qilinishi va mulkiy senzni bekor qilinishi natijasida ko'p sonli yangi saylovchilar paydo bo'ldi. Fermerlar, hunarmandlar va ishchilarning aksariyati chet el mahsulotlariga bojxona tariflarini oshirilishidan, 1816 yilda Filadelfiyada ochilgan AQSH Banki tomonidan yirik ycr egalari va sanoatchilarini imtiyozli kreditlar bilan rag'batlantirilishidan norozi cdilar. Chunki, katta kreditlarni olgan mulkdorlar g'arbdagi yer mulklarini davlatdan sotib olib qo'yayotgan edilar. 1828 yilgi prezident saylovlarida plantatoplar, fermerlar. hunarmandlar va hatto ishchilar Janubiy Karolinaga tug’ilib o`sgan Endryu Jekson(1767-1845)ni prezidentlik lavozimiga saylash uchun birlashdilar. Jekson tarafdorlari o'zlarini demokratik partiya a'zolari deb atay boshladilar. Bu partiya rasmiy ravishda 1828 yilda tashkil topdi.AQShning 7-prezidenti (1829-1837) Jekson prezidentligi davridan boshlab AQSHning siyosiy hayotida ilk bor saylovda g'olib kelgan partiya vakillari muhim davlat. lavozimlarini cgallash tartibi odat tusiga kirdi. Keyinchalik demokratik partiya, asosan, quldorlarning manfaatini aks ettira boshladi. Quldorlik va fermerlik xo'jaliklarining rivoji nafaqat mamlakatning ichki siyosatiga, balki uning tashqi siyosatiga ham o'z tasirini o'tkazdi. Bu AQSHning g'arbiy va janubiy yo'nalishlarda hududiy- ekspansiya harakatlarini olib borishida yaqqol namoyon bo'idi.
Mustaqillik urushidan so'ng AQSH tashqi siyosatining xarakterli xususiya(]ari: l)Yevropa davlatlarining ittifoqlari va urushlarida qatnashmaslik; 2)ular o'rtasidagi ziddiyatlardan o'zining manfaatlari yo'lida foydalanish va 3)Amerika savdo kemalarini daxlsizligini ta'minlashdan iborat edi. Shunday qilib, XIX asrning birinchi yarmida AQSH Amerika qita'sida G'arhiy Yevropa mamlakatlarining ta'sirini susaytirish evaziga o'zining mavqesini mustahkamlashga intildi, Angliya bilan birgalikda Lotin Amerikasi mamlakatlarini siyosiy jihaldan tarqoq, mayda va zaif davlatlarga aylantirishda faol ishtirok etdi. AQSHning ekspansiya (“Dollar siyosati”) siyosati 1803 yilda arzimas 1,5 mln dollarga Fransiyadan Luizianani olish bilan boshlandi. Fransiya mazkur hududni 1800 yilda Ispaniyadan lorlib olgan edi. Yevropadagi urush tufayli uni himoya qila olmasligi va moliyaviy zaruriyal sababli Napoleon uni sotishga majbur bo'tdi. Luizianani olinishi AQSH hududini 888,8 ming kv mildan 1715,9 milga ya'ni, qariyb 2 baravar kengaytirdi.
Kontinental blokada tufayli Angliya Fransiya bilan savdo aloqalarini olib borayotgan davlallarning savdo kemalari qatorida AQSHning ham savdo kemalini tutib ola boshladi, Bunga javoban AQSH 1812 yilda Angliyaga urush e'lon qildi. Urush harakatlaru asosan, Kanada hududidagi ingliz qo'shiniga qarshi olib borildi. AQSH Yevropadagi urushlardan foydalanib Kanadani egallamoqchi edi. Ammo uning maqsadlari amalga oshmadi. 1814 yil dekabrida Belgiyaning Gent shahrida anglo-amerika sulh shartnomasi imzolandi. Urush AQSH hududini kengaytirmadi, biroq uning mustaqilligini mustahkamlashda katta ahamiyatga ega bo'idi. Angliya yana bir bor AQSH mustaqilligini tan oldi. 1810-1818 yillar mobaynida AQSH Ispaniyaga tegishli bo'lgan Floridani qismlarga bo'lib bosib oldi. 1819 yilda rasmiy ravishda Ispaniya Floridani AQSHga berishga majbur bo'idi. Ispaniya mustamlakachilik imperiyasining inqirozi Lotin Amerikasi mamlakatlariga mustaqillik olib keldi. 20-yillarning boshlarida "Muqaddas ittifoq" qo'shinlarini (Ispaniya mustamlakachiligini tiklash maqsadida) Lotin Amerikasiga kiritish haqidagi xabarlarning tarqalishi AQSH hukumatini tashvishga soldi. 1823 yil 2 dekabrda AQSH prezidenti Monro kongressga murojaatnorna yubordi. Bu murojaatnomaga ko'ra, AQSH Yevropa mamlakallarining Amerikadagi mavjud mustamlakalafini tan olinishini. biroq ularning Amerika qifasida yangi mustamlakalarga asos solishiga yo'l qo'ymasligini, Yevropa mamlakatlarining Amerika mamlakatlaining ichki ishlariga aralasbmasligini ma'Ium qildi. Bu harbiy doktrina "Monro doktrinasi" deb nom oldi.25
Xulosa
Xulosa qilib aytganda Amerika Qo’shma Shtatlari hozirda eng rivojlangan davlatlar qatorida turadi. Amerika qit’asi XV asrda kashf qilingan bo’lishiga qaramay, juda tez rivojlanib ketdi. Bunda mustamlakachilarning ham hissasi bor deb ayta olamiz. Yevropaning qudratli davlatlari Buyuk Britaniya, Portugaliya, Ispaniya va boshqalar AQShga o’z taraqqiyotini olib kira oldi. Shu o’rinda AQSh dan dastlab xomashyo va tekin ishchi manbai sifatida ham foydalanishgan. Shu sababli Amerika xalqlari o’z mustaqilligini talab qila boshladilar va bunga erishdilar ham. Amerika qit’asi ikki qismdan:Shimol va Janubdan iborat bo’lgani uchun fuqarolari o’rtasida huquqiy tengsizlik bo’lib turgan. Bu esa XIX asrda fuqarolar urushiga olib keldi. Fuqarolar urushi ko’p talafot keltirgan bo’lsada huquqiy tenglikni yuzaga keltirdi. Fuqarоlar urushining asоsiy yakuni qulchilikni bеkоr qilinishidan ibоrat bo’ldi. Amеrika iqtisоdiyotining bоshqa unsurlari – sanоat, savdо, fеrmеrlikga asоslangan qishlоq хo’jaligi undan оldin ham muvaffaqiyatli rivоjlanib kеlmоqda edi, jumladan AQSHning Shimоli-sharqida 60-yillarda sanоat to’ntarishi amalga оshgan edi. 1862 yilda qabul qilingan gоmstеdalar to’g’risidagi qоnun agrar masalani hal qilishda dunyo tariхidagi eng prоgrеssiv qоnun hisоblanadi. XIX asrning 30-yillaridan AQSHning ijtimoiy hayotida qulchilik masalasi muhim o'rin egalladi. Buning asosiy sabablaridan biri qullar qarshiligining kuchayishi edi. AQSH tarixida qullarning isyonlari va qo'zg'olonlari ko'p bo'lgan. XIX asrning birinchi yarmida ko'tarilgan qullarning qo'zg'olonlari orasida eng yirigi 1831 yil avgustida Virginiyada negr qul Nat Terner rahbartigida ko'tarilgan qo'zg'olon edi. Qo'zg'olonlar bilan birga 30-yillardan qulchilikni bekor qilish (abolitsion - bckor qilish) uchun oq tanli aholi orasida ham harakat bohlandi. Bu "abolitsion harakat" deb nomlandi. Abolitsion harakat asosida fermerlar, hunarmandlar va qisman o'rta burjuaziya vakillarining demokratik huquq va erkinliklar, ayniqsa, g'arbdagi yerlarga borib o'rnashishi uchun kurash yotar edi. AQSh doimo dunyodagisiyosiy vaziyatdan ustalik bilan foydalana olgan va eng katta foyda bilan chiqqan. Bunga birinchi va ikkinchi jahon urushlari misol bo’la oladi.

Download 242,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish