2-kazus
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga 2019-
yilning
23-dekabr kuni bo‘lib o‘tgan saylovlarda eng ko‘p deputatlik o‘rinlarni qo‘lga
kiritgan siyosiy partiya tomonidan belgilangan
tartibda va muddatlarda
O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri nomzodi bo‘yicha taklif O‘zbekiston
Respublikasi Prezidentiga taqdim etildi. Davlat boshlig‘i taqdim etilgan
nomzodni qo‘rib chiqib, Oliy Majlis palatalariga ko‘rib chiqish va tasdiqlash
uchun taqdim etdi. Parlament palatalarining qo‘shma majlisida Bosh vazir
nomzodi ko‘rib chiqilayotganda va tasdiqlanayotganda
u Vazirlar
Mahkamasining yaqin muddatga va uzoq istiqbolga mo‘ljallangan harakat
dasturini taqdim etdi, so‘ng nomzod ovozga qo‘yildi. Ovoz berish natijasiga ko‘ra
Bosh vazir nomzodi Qonunchilik palatasi tomonidan ma’qullandi, biroq Senat
tomonidan rad etildi va bu hususida parlament palatalarning tegishli qarorlari
qabul qilindi.
Vaziyatga huquqiy baho bering.
JAVOB
Bu kazusni javobini har tomonlama tahlil qilish
uchun IRAC texnikasidan
foydalanamiz.
Avvalo, kazusga javob berish jarayonida quyidagi savollarning mohiyatini
ochib berish talab etiladi:
1.
O’zbekiston Respublikasi Bosh Vaziri nomzodini kimlar taklif eta oladi
ya'ni bu vaziyatda ma'lum siyosiy partiya taklif eta oladimi?
2.
Ovoz berish jarayonida O’zbekiston Respublikasi Senati Bosh Vazir
nomzodini tasdiqlamasligi mumkinmi yoki tasdiqlamasligiga sabablar
nimalardan iborat?
Kazusga tahliliy javob berish uchun quyidagi normativ-huquqiy hujjatlar hamda
olimlarning ilmiy ishlaridan foydalanish maqsadga muvofiq:
1.
O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi(Toshkent, 2018) ;
2.
“O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi to'g'risidagi" O’zbekiston
Respublikasi Qonuni;
3.
“Siyosiy partiyalar to’g’risidagi “ O’zbekiston Respublikasi Qonuni;
4.
O.T. Husanovning Konstitutsiyaviy huquq darsligi(Toshkent, “Ilm-Ziyo”
-2017);.
Yuqoridagi birinchi masala ya'ni Bosh Vazir nomzodini kimlar taqdim eta olishi
haqida to’xtalib o'tamiz. O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 98moddasida
shunday deyilgan:”
O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri nomzodi O‘zbekiston
Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga saylovda eng ko‘p
deputatlik o‘rinlarini olgan siyosiy partiya yoki teng miqdordagi eng ko‘p
deputatlik o‘rinlarini qo‘lga kiritgan bir necha siyosiy partiya tomonidan taklif
etiladi”. Ya’ni siyosiy partiya nomzodni taqdim etish huquqiga ega. Bundan
tashqari “Siyosiy partiyalar to’g’risidagi “ qonunda
siyosiy partiyalarga
quyidagi vakolatlar berilgan:”Qonunda belgilab qo‘yilgan tartibda O‘zbekiston
Respublikasi Prezidenti, davlat hokimiyati organlari saylovlarida ishtirok etish;
Siyosiy partiyalar ushbu Qonunda hamda O‘zbekiston Respublikasining boshqa
qonun hujjatlarida nazarda tutilgan o‘zga huquqlarga ham ega bo‘lishlari
mumkin”. Bu holatdagi vaziyat ya'ni 2019yil 23dekabrdagi Qonunchilik
palatasiga saylov bo'lib unda ko'p ovoz olgan siyosiy partiya nomzodni taqdim
etyapti.
Qonunda
belgilangan holda, Vazirlar Mahkamasining tarkibini
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti shakllantirishi Konstitutsiyamizning 98-
moddasida belgilangan. O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik
palatasi deputatlari va Senat a'zolarining yarmidan ko'pi Bosh Vazir nomzodini
ovoz berish yo'li bilan tasdiqlangan bo'lsa, u o'z ishini boshlaydi.Prezident taqdim
etgan nomzod 10kun ichida Oliy Majlis tomonidan ko'rib chiqilishi kerak.
Nomzod ham Vazirlar Mahkamasining yaqin
muddat va uzoq muddatga
mo'ljallangan xarakatlar dasturini taqdim etadi. Konstitutsiyamizning 98-
moddasida shunday deyilgan:”
Bosh vazir nomzodi uning uchun tegishincha
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi deputatlari va
Senati a’zolari umumiy sonining yarmidan ko‘pi tomonidan ovoz berilgan
taqdirda tasdiqlangan hisoblanadi”.
1
Bu vaziyatda
Senat Bosh vazir nomzodini
tasdiqlamadi. Unda “Vazirlar Mahkamasi to’g’risidagi” Qonunga.murojaat
qilamiz .“Agar ovoz berish vaqtida Bosh vazir nomzodi O‘zbekiston Respublikasi
Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi yoki Senatida O‘zbekiston Respublikasi
Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi deputatlari yoki Senati a’zolari umumiy
sonining ko‘pchilik ovozini ololmasa, O‘zbekiston
Respublikasi Prezidenti
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasidagi barcha
siyosiy partiyalar fraksiyalari bilan qo‘shimcha maslahatlashuvlar o‘tkazganidan
so‘ng Bosh vazir lavozimiga nomzodni yana bir marta taqdim etish huquqiga ega.
Vazirlar Mahkamasining a’zolari Bosh vazirning O‘zbekiston Respublikasi Oliy
Majlisining Qonunchilik palatasi ma’qullaganidan keyin kiritilgan taqdimiga
binoan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tasdiqlanadi va
lavozimidan ozod etiladi”
2
Bu holatga huquqiy yechim beradigan bo'lsak, Senat
Bosh vazir nomzodini ma'qullamagandan so'ng, Qonunchilik palatasi fraksiyalar
bilan qo'shimcha maslahatlashuv o'tkazadi va yana bir marta taqdim etadi .
Xulosa qilib aytadigan bo'lsak, O’zbekiston Respublikasi
Oiy Majlisining Senati Bosh
Vazir nomzodini tasdiqlamadimi, u holda
Qonunchilik palatasi va siyosiy fraksiyalarning maslahatlashuv uchrashuvi
o'tkaziladi va yana bir marta Bosh Vazir nomzodini taqdim etadi.
1
O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi
2
Https://m.lex.uz