O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta`lim vazirligi denov tadbirkorlik va pedagogika instituti


Surxondaryo viloyatininig iqtisodiy yo’nalishlari



Download 1 Mb.
bet3/6
Sana30.04.2022
Hajmi1 Mb.
#600245
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
kurs ishi

Surxondaryo viloyatininig iqtisodiy yo’nalishlari. Surxondaryo viloyati – mamlakatning noyob geografik o‘ringa, ahamiyatli iqtisodiy potensial, malakali ishchi kuchi va boy tabiiy boyliklariga ega bo‘lgan eng janubiy mintaqasidir.

2019-yil " Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili" deb nomlandi, mamlakatda mintaqalarining investitsion jozibadorligini oshirish, yangi ish joylarini yaratish, shuningdek, aholining turmush darajasini ko‘tarishga yo‘naltirilgan qator amaliy chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Xorijiy investitsiyalarni jalb qilish mintaqa uchun ustuvor hisoblanadi, shuning uchun mahalliy hokimiyat bugungi kunda mintaqa hududida investitsion faoliyatni amalga oshirayotgan xorijiy kompaniyalarning huquqiy kafolatini ta’minlashning amaliy masalalariga katta e’tibor qaratmoqda.
“Surxondaryo viloyatiga investitsiya kiriting” investitsiya ma’lumotnomasi O‘zbekistondagi BMT TD tomonidan Savdo-sanoat palatasi va mahalliy hokimiyat bilan hamkorlikda kompaniyalarga mintaqada loyihalarni muvaffaqiyatli amalga oshirish imkonini beradigan xizmatga oid doiralarni shu jumladan, xorijiy kompaniyalarni Surxondaryo viloyatining potensiali, uning boy tabiiy-iqlimiy sharoitlari hamda imkoniyatlari, transport va logistik afzalliklari to‘g‘risida xabardor qilish maqsadida ishlab chiqilgan.
Qadimdan chorvachilik Surxondaryo ahlining doimiy mashgʼulotlaridan biri boʼlib kelgan. Har xonadonda boʼlmasa ham, har ikkidan bir uyda chorva mollari boqiladi. Odamlar kundalik isteʼmol mahsulotlarining maʼlum qismini xonadonidagi chorva, parranda mollaridan oladi. Vohada aholining goʼsht, sut va tuxum maxsulotlariga boʼlgan extiyojini toʼlaroq qondirish maqsadida chorva mollarining tuyoq sonini oshirish, hududning iqlim sharoitiga mos keladigan zotli qoramollarni xorijdan boʼlsada olib kelinishi hamda xalqimizning oziq-ovqat maxsulotlariga, xususan goʼsht, sut va tuxum maxsulotlariga boʼlgan extiyojini toʼla qondirish borasida tizimli ishlar amalga oshirilmoqda. Natijada, 2022 yil 1 yanvar xolatiga koʼra, Surxondaryo viloyatida barcha toifadagi xoʼjaliklarda yirik shoxli mollar 1 023,6 ming bosh, ya’ni oʼtgan yilga nisbatan 103 foizga oʼsgan. Shundan sigirlar 396,3 ming bosh, qoʼy va echkilar 2 478,7 ming bosh, otlar 15 436 bosh, parrandalar 5 079,7 ming bosh koʼpayishiga erishilgan. Birgina Qumqoʼrgʼon tumani misolida oladigan boʼlsak, tumanda nafaqat qoramollar, balki parrandachilikning xadisini olgan tadbirkorlar ham mavjud. Ulardan biri qumqoʼrgʼonlik Meliboy Boboev. U kishi tumanning adirlik joyidan 2 gektar yer maydoni olib, unga parrandachilik kompleksi qurib ishga tushirdi. Natijada kompleksga 15 ming boshdan ziyod parranda parvarishlanmoqda, egaligidagi parrandalar kuniga 11 mingtadan ziyod tuxum maxsulotlari berishyapti. Olingan maxsulotlar nafaqat ichki bozorlar, balki qoʼshni respublikalarga ham yetkazib berilmoqda. Pirovardida, yangi ishga tushirilgan parrandachilik kompleksida 10 nafar ish oʼrni yaratilib, mahalliy aholimizning ish bilan bandligi ham ta’minlanmoqda. Parrandachilikka ixtisoslashtirilgan yana 4 ta istiqbolli loyihalar amalga oshirilishi uchun 8 milliard 36 million soʼm mablagʼ ajratilgan va bu loyihalar boʼyicha yana 10 gektar yer maydoni ajratilishi koʼzda tutilgan. Ushbu ishlarni amalga oshirilishidan koʼzlangan asosiy maqsad aholini parxezbop goʼsht va tuxum maxsulotlariga boʼlgan ehtiyojini qondirishdir. Taʼkidlanganidek, chorvachilik tarmogʻini jadal rivojlantirish, sohada zamonaviy va innovatsion uslublarni joriy etish, mahsulotlar ishlab chiqarish hajmini oshirish va ularning turlarini kengaytirish, shuningdek, aholini mahalliy sharoitda ishlab chiqarilgan sifatli va arzon chorva mahsulotlari bilan uzluksiz taʼminlash hamda chorvachilikka ixtisoslashgan korxonalarni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlashda davlatimiz rahbarining “Chorvachilik tarmogʻini davlat tomonidan koʻllab-quvvatlashning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori muhim dasturilamal boʻlmoqda. Hujjatda belgilangan vazifalarning hayotimizga keng tatbiq etilishi natijada yurtimizda chorvachilik fermer xoʻjaliklari soni 6820 taga yetdi. Shundan 100 boshgacha qoramoli mavjud xoʻjaliklar 5551 ta, 100 boshdan 300 boshgacha 1036 ta, 300 boshdan 500 boshgacha 144 ta, 500 boshdan 1000 boshgacha boʻlgani 63 ta hamda 1000 boshdan yuqori boʻlgan xoʻjaliklar soni 26 taga yetkazilgan. Shuningdek, chorva mollari ozuqa bazasini mustahkamlash maqsadida jami 350 ming gektar asosiy maydonga, jumladan, 56 ming gektar beda, 146,2 ming gektar makkajoʻxori, 36,3 ming gektar oqjoʻxori va 10,6 ming gektar xashaki lavlagi, boshoqli dondan boʻshagan maydonlarning 199 ming gektariga takroriy hamda 108 ming gektar maydonga oraliq ozuqabop ekinlari ekilgan. Qayd etilganidek, oʻtgan 2020-yilda qiymati 1 trln. 800 mlrd. soʻmlik 932 ta, shu jumladan, chorvachilik sohasida 789 mlrd. soʻmlik 506 ta, parrandachilikda 348 mlrd. soʻmlik 183 ta, baliqchilikda 550 mlrd. soʻmlik 134 ta va quyonchilik sohasida qiymati 98 mlrd. soʻmlik 109 ta loyihalar amalga oshirilgan. Shu bilan birga, «Parrandasanoat» uyushmasi bilan Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Andijon, Jizzax, Navoiy, Surxondaryo, Qashqadaryo viloyat hokimliklari bilan hamkorlikda parrandalarning yuqori mahsuldor zotlari va krosslarini urchitish bilan shugʻullanuvchi goʻsht yoʻnalishidagi II tartibli reproduktor naslchilik parrandachilik korxonalari tashkil etilmoqda. «NBU Bunyodkor Invest» MChJ tomonidan Surxondaryo viloyati, Oltinsoy tumani, Ipoq maxallasi manzilida joylashgan «Oltinsoy dehqon bozori» MChJ 4-tipdagi zamanoviy savdo majmuasi ko‘chmas mulk tayyor Market xamda yengil konstruksiyali ochiq rasta pavilonlari sifatida «Ko‘chmas mulk savdo xizmati» MChJ (kmsx.uz) orqali auksion savdosida sotilmoqda. «Oltinsoy dehqon bozori» MChJ zamonaviy savdo kompleksi bo‘lib, bir qavatli Market savdo majmuasi barcha qulayliklarga ega. Shuningdek, mahalliy dehqonchilik mahsulotlari uchun mo‘jallangan ochiq rastalar yaratilgan. Dehqon bozorining umumiy yer maydoni 0,56 gektarni, shundan qurilish osti maydoni 988,91 kv.m.ni, foydali yer maydoni 886,81 kv.m.ni tashkil qiladi. Auksion savdolari xaftaning xar dushanba, chorshanba va juma kunlari o‘tkaziladi. Auksion g‘olibi bo‘lgan investorga 100% ulush uchun to‘lovlarni bir yo‘la yoki 5 yilgacha bo‘lgan muddatda bo‘lib-bo‘lib to‘lash imkoni taqdim etiladi.
Surxondaryo viloyatidagi 72 ming 370 gektar maydonda hudud iqlim sharoitiga mos “Namangan 77”, “Buxoro 102” kabi paxta navlarini ekish rejalashtirilgan. Shu jumladan, Termiz tumanida 2 ming 100 gektarga gʻoʻzaning serhosil, ertapishar navlari ekilib, parvarishlanadi. Kunlar ham ilib, dala maydonlari obi-tobiga kelgach, Termiz tumani dehqonlari bu yilgi paxta hosili uchun yerga baraka urugʻini qadashdi. Bu jarayon agrotexnik tadbirlarni viloyatda uyushqoqlik bilan oʻtkazishga bagʻishlangan koʻrgazmali amaliy seminarga ulanib ketdi. Unda paxtachilik klasteri vakillari, fermerlar hamda aloqador soha xodimlari ishtirok etdi. Albatta, yil yilga oʻxshamaydi. Baʼzan ekish mavsumi dehqonchilik uchun har taraflama qulay kelsa, baʼzan tabiat injiqliklariga roʻbaroʻ boʻlamiz. Ammo xar qanday holatda ham surxondaryolik dehqonlar koʻp yillik tajribaga tayanib ish koʻradilarki, natijada koʻzlangan hosil choʻgʻi hamisha baland boʻladi. Xuddi shunday, Termiz tumanida oʻtkazilgan koʻrgazmali seminar soha xodimlari uchun yana bir tajriba almashish imkonini berdi. Aslida amaldagi qishloq xoʻjaligi yilida viloyatdagi 10 ta klaster bilan shartnoma imzolagan 1 ming 953 ta fermer xoʻjaliklari yer maydonlariga chigit qadaladi. Bu yumush samarali bajarilishini taʼminlash maqsadida 268 ta otryad tuzildi. Talab etiladigan 4 ming 300 tonna urugʻlik chigitni talofatlarsiz ekish uchun 718 ta seyelkalar va 3 ming 664 ta boshqa maxsus qishloq xoʻjaligi texnikalari jalb etilgan. 17 ming 126 tonna yoqilgʻi moylash materiallari zaxirasi yaratilgan. Surxondaryo viloyati kengashining navbatdagi sessiyasi boʻlib oʻtdi. Videoaloqa shaklida “Zoom” dasturi orqali boʻlib oʻtgan sessiya ishida xalq deputatlari mahalliy Kengashlar deputatlari, viloyatdan Oliy Majlis Senatiga saylangan senatorlar, kun tartibidagi masalalarga aloqador korxona va tashkilotlar rahbarlari hamda ommaviy-axborot vositalari vakillari ishtirok etdi. Sessiyada dastlab Prezidentimizning “2020-2022-yillarda Surxondaryo viloyatining Denov tumani va uning markazini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish toʻgʻrisida”gi qarori ijrosi yuzasidan Denov tumani hokimi B. Ibotovning hisoboti tinglandi. Qayd etildiki, mazkur hujjat bilan 2020-2022-yillarda Denov tumani va uning markazini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish chora-tadbirlari dasturining maqsadli parametrlari va moliyalashtirish manbalari tasdiqlangan. Unga koʻra, birgina joriy yilda qiymati 603 milliard 420 million soʻmlik 181 ta loyiha amalga oshiriladi. Tumanda yil boshidan buyon sanoat, xizmat koʻrsatish va qishloq xoʻjaligi yoʻnalishi boʻyicha qiymati 14 million 742 million soʻmlik 11 ta loyiha bajarilib, 67 ta yangi ish oʻrni yaratildi. Sanoat tarmoqlarini rivojlantirishda toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiyalarni jalb etish, mahalliy xom-ashyodan eksportbop mahsulotlar ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻyish orqali valyuta tushumini oshirish uchun 2 ta loyiha boʻyicha 991 ming dollar qiymatidagi mablagʻ oʻzlashtirildi. Bundan tashqari, ijtimoiy sohalar, yoʻl-transport infratuzilmasi, ichimlik suv taʼminoti va kanalizatsiya tarmoqlari, elektr energiyasi va gaz tizimi, koʻp qavatli uy-joylar qurilishi, obodonlashtirish-taʼmirlash, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, turizm kabi yoʻnalishlarda olib borilayotgan ishlar haqida ham maʼlumot berildi. Shundan soʻng sessiyada viloyat hokimining oʻrinbosari – viloyat investitsiyalar va tashqi savdo boshqarmasi boshligʻi A.Oripovning “2020-yil uchun eksport prognoz koʻrsatkichlarini bajarish, mahalliy eksportyorlarni qoʻllab-quvvatlash boʻyicha amalga oshirilishi zarur boʻlgan chora-tadbirlar ijrosi toʻgʻrisida”gi hisoboti tinglandi. Taʼkidlanishicha, joriy yilning oʻtgan davrida viloyatdagi 253 ta hududiy korxona tomonidan 24 ta davlatga 150,4 million dollarlik 291 turdagi mahsulot eksporti amalga oshirdi. Shundan 87,4 million dollari sanoat, 63 million dollari meva-sabzavot mahsulotlaridir. Hisobot davrida 132 ta tadbirkorlik subyekti eksport faoliyatiga yangidan jalb etilib, ular tomonidan 54,4 million dollarlik mahsulot xorijga joʻnatildi. Joriy yilda vohaning eksport geografiyasi Singapur, Estoniya, Qirgʻiziston kabi davlatlarga kengaydi. Xususan, Singapur va Estoniyaga 1,9 million dollarlik qurilish materiallari, Qirgʻizistonga 6,5 million dollarlik tikuv trikotaj va meva-sabzavot mahsulotlari eksport qilindi. Joriy yil Surxondaryo viloyatida eksport hajmi o’sdi, import hajmi esa 54,3%ga kamaydi. Bu haqda Bojxona qo‘mitasi matbuot xizmati xabar berdi. 2019 yil 7 oyi mobaynida viloyat bojxona boshqarmasining tashqi iqtisodiy faoliyat bojxona postlari orqali 7041 ta bojxona yuk deklaratsiyalari rasmiylashtirilgan bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 594 taga yoki 9,2%ga ortgan. Shuningdek, viloyat miqyosida eksport qilingan tovarlar ulushi 185,3 mln $ni tashkil etib, o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 104,5 mln $ yoki 129,3%ga ko‘paygan. Import qilingan tovarlar ulushi esa 120,5 mln $ni tashkil etib, o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 143,6 mln $ yoki 54,3%ga kamaygan. Eksportga rasmiylashtirilgan tovarlarning o‘sishi asosan quyidagi tovarlar eksportining ko‘payishi hisobiga to‘g‘ri keladi:

  • dukkakli ekinlar — qiymati 41,5 mln $;

  • ip-kalava — qiymati 30,9 mln $;

  • mis konsentrati — qiymati 19,7 mln $;

  • un — qiymati 4,8 mln $;

  • karam — qiymati 4,3 mln $;

  • ipak va mato — qiymati 2,7 mln $;

  • sement — qiymati 2,2 mln $;

  • gilos — qiymati 2,1 mln $;

  • piyoz — qiymati 1,7 mln $.

Joriy yilning o'tgan davri mobaynida Surxondaryo viloyati bojxona boshqarmasi tasarrufidagi tashqi iqtisodiy faoliyat bojxona postlari orqali viloyatdan jami 29,4 million AQSH dollarlik 20 ming tonnadan ortiq loviya mahsulotlari xorijga eksport qilingan.
Eksport qilingan loviyaning asosiy xaridorlari Pokiston va Afg'oniston davlatlari hisoblanadi.
Yana bir jihat shundaki, pandemiya boshlangan davrdan, ya'ni 2020 yilning mart oyidan shu kunga qadar Afg'oniston va Pokiston davlatlariga 24,2 million AQSH dollarlik 14,1 ming tonna loviya eksporti amalga oshirilgan.
Shu bilan birga, joriy yilning o'tgan davrida Surxondaryo viloyatidan mazkur ikki davlatga 9,4 million AQSH dollarlik mosh va 2,2 million AQSH dollarlik no'xat mahsulotlari ham sotildi. 2021 yilda Surxondaryo viloyatining tashqi savdo aylanmasi 443,1 mln. dollarni (2020 yilga nisbatan 106,2 foiz), tashqi savdo aylanmasi tarkibida eksport hajmi 235,3 mln. dollarni (53,1 foiz) va respublika jami eksportidagi ulushining 1,4 foizini, import hajmi 207,8 mln dollarni (46,9 foiz) va respublika jami importidagi ulushining 0,8 foizini tashkil qilgan. Viloyat tashqi savdo aylanmasining respublika jami tashqi savdo aylanmasidagi ulushi 1,1%ni tashkil qilgan holda, hududlar orasida oxirgi o‘rinni egallagan. Shu bilan birga, Surxondaryo viloyati tashqi savdo balansida ijobiy saldoga erishgan kam sonli hududlardan biridir.
Tashqi savdo aylanmasi bo‘yicha Xitoy Xalq Respublikasi (35,7%), Qozog‘iston (14,7%), Rossiya (10,8%), Pokiston (10,4%), Turkiya (7,3%), Afg‘oniston (5,0%) viloyatning eng yuqori ulushga ega hamkor davlatlari hisoblanadi.
Termiz tumani (15,3%), Termiz shahri (10,7%), Sherobod (10,4%) va Denov tumani (9,3%) viloyat tashqi savdo aylanmasida eng ko‘p ulushga ega. Bu jihatdan eng kam ulushni tashkil etuvchi hududlar - Oltinsoy (2,6%), Sho‘rchi (2,2%), Boysun (1,8%) va Bandixon (0,9%) tumanlari hisoblanadi.


Download 1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish