IV - chapter. The Systems gas provision industrial and
public -a home enterprise.
4.1. The Systems gas provision industrial enterprise…………………….……..68
4.2. The Systems gas provision boiler..............................................................74
4.3. The Systems and installation gas provision public -a home enterprise…..81
V- chapter. Gas provision liquefied by gas
5.1. The Gas наполнительные to stations (GNS)………………………….…..87
5.2. Home installing the liquefied gas ……………………………………….....92
VI - chapter. Protection gas wire from corrosion
4.3. The Corrosion of the metallic pipes………………………………………..100
4.4. Active and passive methods of protection gas wire from corrosion.........103
Literature…………………………………………………………………........109
KIRISH
Gaz sanoatining rivojlanish tarixi
Mustаqil O’zbekistonning siyosiy vа iqtisodiy bаrqаrоrligi mеhnаtning enеrgеtik tа’minоtigа bоg’liq. Bu esа ishlаb chiqarishdаgi enеrgiya iktisоdigа, bаrchа turdаgi enеrgiyalаrdаn oqilona fоydlаnishgа bоg’liq. Sаnоаt vа ishlаb chiqarishni yoqilg’i – enеrgеtik mаhsulоtlаri bilаn tа’minlаsh muаmmоsi iqtisodiy vа siyosiy аhаmiyatgа egаdir. Prеzidеntimiz I.А. Kаrimоv «O’zbekiston iqtisodiy islоxоtlаrni chuqurlаshtirish yo’lidа» аsаridа shundаy tа’kidlаydi:
- “Yoqilg’i – enеrgеtikа majmuining ildаm sur’аtlаr bilаn rivоjlаnishini tа’minlаsh, nеft vа tаbiiy gаz qazib chiqarish hаmdа ulаrni qayta ishlаsh hаjmlаrini оshirib bоrish, buning hisоbigа rеspublikаning enеrgеtikа mustаqilligа erishish”.
Gaz sanoati tez sur’atlar bilan rivojlana borib, yoqilg’i energetika balansida o’z strukturasini o’zgartirgan holda sanoat korxonalari hamda qishloq xo’jaligi iqtisodiyotiga, butun kommunal – maishiy xo’jaliklarga katta ta’sir ko’rsatmoqda. O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining „Qishloq aholisini ichimlik suvi va gaz bilan ta’minlash Davlat dasturi to’g’risida“ gi qarorini bajarish borasida 2010-yilgacha bo’lgan davr uchun O’zbekistonni tabiiy va suyultirilgan gaz bilan ta’minlash bosh rejasi ishlab chiqilgan.
Rejaning asosiy vazifasi - tabiiy va suyultirilgan gazga, moddiy-texnik resurslarga ehtiyoj hajmini aniqlash va O’zbekistonni 2010-yilgacha to’liq gazlashtirishdan iborat edi. Ushbu qarorga muvofiq, ko’rsatilgan davr mobaynida qishloq joylarida, shahar tipidagi aholi yashsash joylarida gaz taqsimlash tarmoqlarini foydalanishga topshirish ko’zda tutiladi. Ochiq konlar negizida xalq xo’jaligini gazlashtirish dasturi kengaydi, Respublikamizdagi aholi yashash punktlarida o’tkazilgan gaz quvurlari ancha uzaydi.
2010-yilgacha bo’lgan davr uchun mo’ljallangan Respublika aholisini tabiiy va suyultirilgan gaz bilan ta’minlash bosh rejasiga ko’ra, tabiiy gazning asosiy iste’molchilari qurilish materiallari ishlab chiqarish sanoati, energetika va kimyo sanoati hisoblanadi. Gaz bilan ta’minlash bosh rejasi Respublikaning xalq xo’jaligi obyektlarini loyihalashga asos bo’ladigan hujjatdir. Unga vaqti-vaqti bilan o’zgartirishlar kiritib turiladi. O’zbekistonning qishloq joylarini yoqilg’i bilan ta’minlashning asosiy variantlari ko’rib chiqilgan, gazni kommunal – maishiy va ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun berish, suyultirilgan gazdan maishiy, chorvacxilik binolarni isitish va ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun foydalanish, suyultirilgan gazdan qishloq xo’jaligi ehtiyojlari uchun foydalanish va hokazo. Qishloq joylarini qazlashtirish – aholining turmush tarziga katta o’zgartirishlar kiritadi.
Tabiiy gaz insoniyatga qadim zamonlardan ma’lum bo’lgan. Xitoy, Hindiston, Eron va boshqa mamlakatlarda yerdan chiqayotgan gazning alangasiga ilohiy kuch berib, unga qadimda odamlar sig’inishgan.
Gazdan foydalanish 1609 yildan boshlandi. Bunda ko’mirni koksga aylantirish jarayonida sun’iy gaz hosil qilindi.
Tabiiy gazdan foydalanish asosan 40 – 50 yillarida kuchaydi. O’zbekistonda ham tabiiy gazdan foydalanish 1943 yilda Hojiobod – Andijon gaz quvuri qurilishi bilan boshlandi. Gaz sanoatining rivojlanishida O’zbekistonda ochilgan Gazli, Qarshi va boshqa gaz konlari katta rol o’ynadi.
O’zbekiston bo’yicha hozirgi davrda 40 mlrd. m3 dan ortiq tabiiy gaz qazib olinadi. Muborak va Sho’rtan konlari asosiy konlar bo’lib hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |