14 – rasm. Bevosita ishlaydigan bosim sozlagichlarning sxemasi.
1 – klapan (sozlash a’zosi); 2 – membrana (ta’sirlanuvchi a’zo); 3 – prujina; 4 – impuls (turtki berish) naychasi.
Bevosita ishlamaydigan bosim sozlagichlar quydagicha ishlaydi:
chiqishdagi bosim P2 impuls naychasi orqali buyruq beruvchi moslamaga ta’sir qilib, uning membranasini ko’taradi yoki pastga tushiradi va bu orqali o’tayotgan gazning miqdorini o’zgartirib bosim sozlagichning asosiy membranasiga ta’sir qildiradi.
Buning natijasida asosiy klapanning ochilish darajasi o’zgarib o’tayotgan gazning miqdori va uning bosimi o’zgaradi.
Shunday qilib, bunday sozlagichlarda chiqishdagi bosim asosiy membranaga bevosita ta’sir qilmaydi, balki buyruq beruvchi apparatga ta’sir qiladi. Shuning uchun bosim sozlash ancha aniq va tekis olib boriladi.
Bosim sozlagichlarning membranasiga ta’sir qiluvchi kuch sirtga qarab ular yukli va prujinali bo’ladi. Bosim sozlagichlarda sozlash organi sifatida bir egarli va ikki egarli klapanlarga bo’linadi. Bundan tashqari asosan klapanlar yumshoq klapanlar va qattiq klapanlarga bo’linib bir egarli yumshoq klapanlar ikki egarli qattiq klapanlar va derazasimon klapanlar mavjuddir.
Shahar gaz tarmoqlarida asosan bir egarli yumshoq klapanlar ishlatiladi. Ular berk holatda o’zidan gazni juda oz darajada o’tkazadi bu tarafdan ular ishonchli hisoblanadi. Bunday klapanlar yumshoq prokladka sifatida charm yoki gazga chidamli rezina ishlatiladi, bunday klpanlarning kamchiligi ularda bosimni mayin sekin-asta sozlash qiyin.
Ikki egarli klapanlar va derazasimon teshikli klapanlar sozlashni mayin, sekin asta olib boradi lekin yopiq halatda o’zidan 4-5 % gacha gazni o’tkazib turadi.Shuning uchun bunday klapanlar gaz sarfi doim bo’lib turadigan GRP larda ishlatiladi.
Bosim o’lchovchi asboblarning tuzilishi va ishlash jarayoni.
a) Suyuqlik asboblari
Suyuqlikli manometrlar bosim o’lchovchi asboblar ichida eng oddiysi bo’lsa ham yuqori aniqlik darajasiga ega. Bu manometrlarning kamchiligi shundan iboratki, ular yordamida uncha katta bo’lmagan bosimlarni o’lchash mumkin.
a) U – simon manometrlar bo’lib, ular 15 – rasmda ko’rsatilganidek U harfi shaklida egilgan shisha naychadan iborat. Naycha shkalali taxtaga o’rnatilib yarmigacha suyuqlikka to’ldiriladi. Naychaning bir uchi bosim aniqlanishi kerak bo’lgan hajmga biriktirilib, ikkinchi uchi ochiq qoldiriladi. Bunday manometrda bir tomonidagi suyuqlik ko’tarilib, ikkinchisi pasayadi. Suyuqlik balandliklari o’rtasidagi farq bosim qiymatini bildiradi:
Рort =hg ( - c), Pа
bu yerda g – erkin tushish tezlanishi;
h – suyuqlik balandliklari farqi;
- suyuqlik zichligi .
Agarda с bo’lsa, tenglama quyidagi ko’rinishni oladi. Рорт =hg asosan U-simon manometr bilan bosim mm, simob ustuni, mm, suv ustuni birliklarda aniqlanadi. Chunki ishchi jism – (suyuqlik) sifatida suv yoki simob qo’llaniladi.
U - simon manometrlar bilan aniqlanishi lozim bo’lgan eng yuqori bosim naycha uzunligi va shishaning mustahkamligi bilan belgilanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |