Protektor himoyasi
Protektor himoyasida anod sifatida rangli metalldan tayyorlangan elektrodlar qo’llaniladi. Ular temirga nisbatan teskari potentsialga ega bo’lib, yerdagi tuz va ishqorlar bilan reaksiyaga kirishib, kichik kuchlanishdagi tok hosil qiladi. Bu toklar anoddan yer orqali katod vazifasini bajaruvchi quvurga borib tushadi va undan kabel yordamida nazorat punktdagi tutashtiruvchi simdan o’tib, qaytib anodga tushadi.
43 – rasm. Protektor himoyasi sxemasi.
1 – anod; 2 – kabel; 3 – gaz quvuri; 4 – nazorat punkti.
Natijada tutashgan elektr zanjiri hosil bo’ladi va gaz quvurini korroziyadan saqlaydi. Bunday himoya asosan shahardan tashqarida qo’llanilishi mumkin. Korroziyadan saqlash zonasi katta bo’lmaydi (70 m gacha).
Do'stlaringiz bilan baham: |