42 – rasm. Katod himoyasi sxemasi.
1 – gaz quvuri; 2 – katod himoyasi qurilmasi; 3 – anod; 4 – kabel; 5 – daydi toklar oqimi; 6 – so’rib oluvchi kabel.
Katod qurilmasida 1,2 ÷2V kuchlanishli o’zgarmas tok manbai ishlatiladi. Anoddan yerga tok o’tgani sababli u o’zi bilan metal ionlarni olib chiqadi va sekin asta yemirilib boradi. Shuning uchun anodni ma’lum vaqt o’tgandan so’ng yangilash kerak. Quvur izolyatsiyaning holiga qarab bitta katod qurilmasi 1 – 20 km masofadagi yer osti gaz quvurini korroziyadan saqlashi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |