O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta‘lim vazirligi d. N. Mamedova, yu. Sh. Jurayeva gaz ta’minoti tizimi (o’quv qo’llanma) Qarshi – 2021 yil


Yer osti va yеr usti gaz quvurlarining tuzilishi



Download 4,61 Mb.
bet18/93
Sana31.12.2021
Hajmi4,61 Mb.
#211628
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   93
Bog'liq
Д.Мамедова (o'quv qo'llanma)

1.4. Yer osti va yеr usti gaz quvurlarining tuzilishi
Yеr osti gaz quvurlarining tuzilishi

Yer osti gaz quvurlari shaharlarda asosan ko’chaning qatnov yo’llari tagidan o’tkaziladi. Agarda ko’chalarda keng piyoda yo’llari bo’lsa yoki maysazorlar bo’lsa ularning tagidan o’tkazish maqsadga muvofiq, chunki qatnov yo’llarini buzish va tiklash qimmat turadi. Gaz quvurlarini o’tkasishda bino, yer osti va yer usti inshootlari va daraxtlardan ma’lum masofada bo’lishi ta’minlanishi kerak. Bu masofalar texnik sharoitlarda va qurilish qoidalarida keltirilgan.

1. Yer osti gaz quvuri bilan bino orasidagi masofa:

a) past bosim gaz quvurlari uchun kamida 2 m;

b) o’rta bosim gaz quvurlari uchun kamida 4 m;

s) yuqori bosim gaz quvurlari (0,3 – 0,6 MPa) uchun kamida 7 m;

d) o’ta yuqori bosim gaz quvurlari (0,6 – 1,2 MPa) uchun kamida 10 m bo’lishi kerak.

Bu masofalar yer osti gaz quvurlaridan gaz chiqqanda uning bino ichiga kirmasligini ta’milay olmaydi, lekin kirish xavfini kamaytiradi.

2. Yer osti gaz quvuri bilan tramvay yo’ligacha bo’lgan masofa:

a) past va o’rta bosimli gaz quvurlari uchun yaqin relsgacha bo’lgan masofa kamida 2,8 m;

b) yuqori bosimli gaz quvurlari uchun kamida 3,8 m bo’lishi kerak.

3. Temir yo’l relsigacha bo’lgan masofa:

a) past bosimli gaz quvurlari uchun kamida 3,8 m;

b) o’rta bosimli gaz quvurlari uchun kamida 4,8 m;

s) yuqori bosimli gaz quvurlari (0,3 – 0,6 MPa) uchun kamida 7,8 m;

d) o’ta yuqori bosimli gaz quvurlari (0,6 – 1,2 MPa) uchun kamida 10,8 m bo’lishi kerak.

Bu masofalar gaz quvurlarini yotqizishida va ta’mirlash ishlarini bajarishida transport harakatini to’xtatmasdan olib borishiga imkon beradi.

4. Daraxtdan kamida 1,5 m masofada o’tish kerak, chunki undan yaqin bo’lsa xandaq qaziganda daraxt ildizi kesilib ketadi. Bundan tashqari, quvurdan gaz chiqa boshlasa daraxt ildizlariga ta’sir qilib uni quritadi.

5. Elektr kabeli bilan yer osti past va o’rta bosimli gaz quvuri orasidagi masofa kamida 1 m boi’lishi kerak. Agarda yuqori bosim bo’lsa, kamida 2 m bo’lishi kerak. Bu masofalar xandak qiziganda yoki ta’mirlash ishlari olib borilganda kabelni uzib yubormaslik uchun kerak.

6. Gaz quvuri bilan vodoprovod orasidagi masofa:

a) past bosimli gaz quvurlari uchun kamida 1 m;

b) o’rta bosimli gaz quvurlari uchun kamida 1 m;

s) yuqori bosimli gaz quvurlari (0,3 – 0,6 MPa) uchun kamida 1,5 m;

d) o’ta yuqori bosimli gaz quvurlari (0,6 – 1,2 MPa) uchun kamida 2,0 m bo’lishi kerak.

7. Gaz quvuri bilan kanalizatsiya orasidagi masofa:

a) past bosimli gaz quvurlari uchun kamida 1 m;

b) o’rta bosimli gaz quvurlari uchun kamida 1,5 m;

s) yuqori bosimli gaz quvurlari (0,3 – 0,6 MPa) uchun kamida 2,0 m;

d) o’ta yuqori bosimli gaz quvurlari (0,6 – 1,2 MPa) uchun kamida 5,0 m bo’lishi kerak.

8. Issiq suv uzatish tizimi kanalining tashqi devoridan gaz quvurigacha bo’lgan masofa:

past, o’rta, yuqori bosim (0,6 MPa gacha) uchun 2,0 m;

o’ta yuqori bosim (0,6 – 1,2 MPa) uchun 4 m.

Bu masofalar gaz quvurlaridan gaz chiqa boshlaganda boshqa yer osti inshootlariga kirish xavfini kamaytiradi.

9. Agarda bir xandakdan 2 ta quvur o’tgan bo’lsa, quvurlar diametri d ≤ 300 mm bo’lganida, ular orasidagi masofa kamida 0,4 m bo’lishi kerak. Agarda quvurlar diametri d > 300 mm bo’lsa, quvur devorlari orasidagi masofa kamida 0,5 m bo’lishi kerak.

Bu masofa quvurlarni ishlatish jarayonida ularni tekshirish, hamda tuzatish ishlarini olib borish uchun zarurdir. Yer osti gaz quvurlaridan gaz chiqqanda, u yerdagi bo’shliqlar orqali uzoq masofalarga tarqalishi mumkin. Shuning uchun gaz quvurlarini imkon boricha bosimsiz ishlaydigan quvurlardan uzoqroq bo’lgani ma’qul, chunki gaz ular orqali binolarga kirish mumkin.

Yеr osti gaz quvurlarining chuqurligi, nishabligi.

Gaz quvurlarning chuqurligi shunday bo’lishi kerakki, bu chuqurlikda tuproq qatlami hisobiga mexanik ta’sirdan saqlangan bo’lishi kerak. Shaharlar uchun xandakning minimal chuqurligi quvur tepasidan yer yuzasigacha kamida 0,8 m bo’lishi kerak. Shahardan tashqarida qatnov yo’q joylarida kamida 0,6 m bo’lishi kerak. Bundan tashqari quvurni yotqizish chuqurligi gazning namligiga bog’liq. Agarda nam gaz bo’lsa, gaz quvurini yerni muzlash qatlamidan chuqurda joylashtirish kerak, chunki gazdagi namlik kondensatsiyalanadi va bu suyuqlik muzlab gaz quvurini berkitib qo’yishi mumkin.

Quritilgan gaz quvurlarini esa yerning muzlash qatlamida ham joylashtirish mumkin. Gazning namligiga qaramasdan gaz quvurlari nishab o’tkasilishi kerak, chunki gazdagi suv bug’lari kondensatsiya bo’lganda ular quvurning nishabligi bo’yicha oqib borib, quvurning eng past joyida to’planadi. Bu yerda kondensat yig’ichlar (5 – rasm) o’rnatiladi va u orqali yig’ilgan kondensat chiqarib tashlanadi.

Minimal nishablik i = 0,002 katta diametrdagi quvurlar uchun yetarli hisoblanadi. Lekin quvurlar diametri kichikroq bo’lsa d ≤ 150 mm, nishablikni kattaroq olish kerak. Chunki kichik diametrli quvurlarning kesimi kichik bo’lganligi uchun quvurlar cho‘kkanda unda suv to’planib, gazning yo’lini berkitish mumkin.





Download 4,61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   93




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish