1. Tolalarining uzunligi 8 mm dan ortiq bo’lgan asbest. Bunday asbest
tolalarni to’qimachilik asbesti deyiladi va asosan gazlamalar to’qish uchun
ishlatiladi. Bunday gazlamalardan o’tga chidamli kiyimlar, teatr sahnalarining
pardalari, brezent, avtomobil tormoz lentalari, filtrlar va boshqa asborezina
buyumlari tayyorlanadi.
2. Tolalarining uzunligi 2 mm dan 8 mm gacha bo’lgan asbest. Bunday
tolalardan asbosement buyumlar, shifer, kanalizasiya quvurlari, suv, neft va gaz
quvurlari, asbest kartoni, kog’oz, issiqliq va elektr tokini o’tkazmaydigan
izolyasion materiallar ishlab chiqariladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |