O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi d. Q. Maksumova g’. U. Qobilov



Download 1,57 Mb.
Pdf ko'rish
bet24/71
Sana31.12.2021
Hajmi1,57 Mb.
#214120
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   71
Bog'liq
ekologik biotexnologiya

Nazorat savollari 
1. Ikkilamchi mahsulot nima? 
2. Utilizasiya deganda nimani tushinasiz? 
3. Un va un mahsulotlari chiqarish korxonalari qoldiq mahsulotlari utilizasiyasi 
va ikkilamchi mahsulotlar olish. 
4. Konservalangan 
mahsulotlar 
ishlab 
chiqarish 
korxonalari 
qoldiq 
mahsulotlari utilizasiyasi va ikkilamchi mahsulotlar olish 


23 
 
5. Pivo ishlab chiqarishdagi chiqindilar va ularni qayta ishlash  
6. Yog’  moy  ishlab  chiqarish  korxonalari  qoldiq  mahsulotlari  utilizasiyasi  va 
ikkilamchi mahsulotlar olish 


24 
 
3-MAVZU 
YENGIL SANOAT MAXSULOTLARI TAYYORLASH KORXONALARI 
QOLDIQLARINI UTILIZASIYALASH VA IKKILAMCHI 
MAXSULOTLAR OLISH 
 
Tabiiy  tolalar  yuqori  molekulyar  tabiiy  organik  moddalardan  –
o’simliklardan  va  hayvon  yungidan  olinadi.  O’simliklarning  urug’idan  (paxta 
chigitidan),  poyasidan  (zig’ir  tolasi,  kanop,  jut,  penka),  bargidan  (yukka  tola, 
abaka,  sizal,  formium),  mevasidan  (lastochnik  tolasi,  koyr),  shuningdek,  tut  va 
eman  ipak  qurti pillalaridan olinadigan  tolalardan  to’qimachilik  sanoatida nafis 
va dag’al gazlamalar tayyorlanadi. Masalan, lub tolali o’simliklardan biri zig’ir 
poyasidan  olinadigan  tola  ingichka,  mustahkam,  kam  cho’ziluvchan  va 
gigroskopik  xususiyatiga  ega  ekanligi  uchun  uning  ipidan  qop-qanor,  kiyim-
kechak,  texnika  maqsadlari  uchun  gazlamalar,  dag’al  poya  tolasi-penkadan 
arqonlar, dag’al gazlamalar tayyorlanadi. Jun tolasi kanop tolasiga o’xshashligi 
sababli  undan  ko’proq  shakar,  gurunch  va  qand  koplari  tikiladi.  Jun  va  ipakli 
kiyim-kechak  va  gazlamalar  tayyorlashda  tabiiy  organik  tolalardan  qimmatli 
xom-ashyolar  sifatida  foydalanilgan.  Tabiiy  organik  tolalar  suv  va  yorug’lik 
ta’siriga chidamli bo’lsalarda, ammo olovga chidamli emas. Shunnig uchun xam 
ular texnik talablariga to’la javob berolmaydi. 
Tabiatda o’tga chidamli 2 xil tola mavjud: 
1. Kanop tolasi (suvda cho’kmaydigan o’simlik tolasi); 
2. Asbest tolasi (yonmaydigan tog’ zig’iri). 
Tabiiy  organik  tolalar  yuqori  molekulyar  birikmalar,  ya’ni  polimerlardan 
tuzilgan  bo’lib,  ularning  uzun  yoki  tarmoqlangan  molekula  zanjirlari  o’zaro 
mustahkam birikkan uglerod atomlaridan, shuninigdek, kislorod, vodorod, azot, 
oltingugurt  kabi  elementlardan  iboratdir.  Agar  polimer  molekulasining  asosiy 
zanjirida  kremniy,  fosfor,  azot  atomlari  mavjud  bo’lsa-yu,  ammo  unda  uglerod 
uchramasa,  bunday  birikmalar  anorganik  polimerlar  guruhiga  kiradi.  Shuni 


25 
 
alohida ta’kidlash joizki, tabiiy organik va anorganik polimerlar bir-birlaridan 
keskin farq  qiladi.  Tabiiy  organik  polimerlarni  qayta  ishlab  tolalar  olish 
mumkin,  ammo  ulardan  olingan  materiallar  issiqlik  ta’siriga  chidamsizdir. 
Masalan,  ularni  200°S  dan  yuqori  haroratda  qizdirilganda,  atom  zanjirlaridagi 
kimyoviy  bog’lar  parchalanib,  ularning  mustahkamligi  keskin  pasayib  ketadi. 
Bundan  tashqari,  tabiiy  organik  polimerlar  mikroorganizmlar  ta’siriga  ishqor, 
kislota va boshqa kimyoviy moddalar ta’siriga bardoshli emas. Noorganik tabiiy 
polimerlar  esa  yuqori  haroratlar  ta’siriga  chidamli  bo’lib,  o’tda  yonmaydi, 
mikroorganizmlar  ta’siriga  bardoshli.  Ammo  ulardan  tola  ishlab  chiqarish 
jarayonlari  ancha  murakkab  bo’lib,  yuqori  harorat  (1000°S  dan  yuqori  xarorat) 
ni  talab  qiladi.  Bu  esa  o’z  navbatida,  yoqilg’ining  ko’p  sarf  bo’lishiga  va 
mahsulot tannarxining keskin oshishiga olib keladi. Bundan tashqari, anorganik 
polimerlar nihoyatda  mo’rt bo’lib, suv va namlik ta’sirida o’z mustahkamligini 
pasaytiradi. 
Asbest  yunoncha  asbestos  so’zidan  olingan  bo’lib, “so’nmaydigan”, 
“yemirilmaydigan” degan ma’nolarni anglatadi. Asbest [3(Mg,Fe)O

Download 1,57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   71




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish