La’ling sharobi bo‘ldi ko‘ngul dardina davo,
Bu dard jonga yetti, vale ul davo qani?
Yuzumni oltun etti sening ishqing, ey sanam,
Mundog‘ baqirni* oltun etar kimiyo qani?
Qaddu hadingg‘a sarvu gul o‘zin tutar shabih,
O‘nla bo‘yu yuzinda bu obu havo qani?
Husnun zakoti bergali bir qibla izlasang,
Sakkokitek bu dunyoda bir benavo qani?
* baqir — mis
Ol elga oyina, yuz ko‘r bu rasmu oyinda,
Tarovatimu ko‘rungay pari chiroyinda,
Kim oy ko‘rdi saningtek boshinda to‘puki bor,
Ne sarv ko‘rdi qadingtek Qirim biqoyinda*.
Sen o‘z begimsen ulusnung ichinda, oning uchun
Qiyot ko‘zum, saning o‘rnung ko‘ngul saroyinda.
Seni man oy tegan erdim vale bu ravshandur,
Yuzung furug‘i ko‘runmas falakning oyinda,
Raqib royi ul ermish meni sen o‘ltursang,
Jonimg‘a toza tiriklik aning bu royinda.
Yuzung sifatini ko‘yinda gar simo’* etsa,
Kishi turubmu bo‘lur el ohu voyinda.
Eshiking itlari Sakkokidin qilur faryod —
Kim, uyqu bizga harom o‘ldi ushku boyinda.
* biqo’ — joy, yer
* simo’ — sayrash, kuylash
Ey gul, yuzingga huru pari bandai joni,
Toltek bo‘yung ozodi erur sarvi ravoni.
Xo‘blar soni ko‘p Chinu Xitovu Xo‘tan ichra,
Yetmas sanga lekin tilagan dunyoda soniy.
Ul tishingu irningni ko‘rub bir kularingda,
Bu ikki ko‘zum la’lu guhar bahriyu koni,
Yuzungni qilur toza ko‘zum yoshiyu ohim,
Gul toza bo‘lur topsa bale obu havoni.
Ushshoq qonin to‘kkali elga* qilich olsang —
Kim, ilgaru tutmas bo‘yun — o‘z bo‘ynina qoni.
Do'stlaringiz bilan baham: |