Sakkokiy Hayoti. Sakkokiy XV asrning birinchi yarmida yashab ijod etgan. Uning tarjimai holi haqida etarli ma’lumot yo‘q. Alisher Navoiy “Majolis un-nafois” asarida bunday yozadi: “Mavlono Sakkokiy – Movarounnahrdindur. Samarqand ahli anga ko‘p mu’tahiddurlar (ya’ni e’tiqod qiluvchi (ya’ni e’tiqod qiluvchi) va bag‘oyat ta’rifin qilurlar. Ammo faqir Samarqandda erkanda muarriflaridin (ya’ni ta’rif qiluvchi) har necha tafaqqus (ya’ni surishtiruv) qildimkim, aning natoiji ta’bidin biror nima anglayin, ta’rif qilg‘onlaricha nima zohir bo‘lmadi. Barchadin qolsalar so‘zlari budurkim, Mavlono Lutfiyning barcha yaxshi she’rlari aningdurkim, ho‘rlab o‘z otig‘a qilibtur. Ul erlarda bu nav o‘xshash yo‘q, mazasiz muhobalar (ya’ni qarshi chiqish) gohi voqe’ bo‘lur. Bori ba’zisi ta’rif qilibkim o‘qurlar, bu matla’ni anga isnod (ya’ni nisbat berish) qilurkim:
Ne nozu bu, ne shevadur, ey jodu ko‘zluk, sho‘xi shang,
Kabki dari y tovusda yo‘q albatta bu raftoru rang
“Qabri ham o‘l sari oqdur”
Navoiy bergan bu ma’lumot Sakkokiyning tarjimai holiga ma’lum darajada aniqlik kiritadi: Sakkokiy asli Mavoraunnahrdan, Samarqandda o‘rnashgan va u erda shuhrat topgan, Samarqand xalqining katta hurmatiga sazovor bo‘lgan. Navoiy Samarqandda bo‘lgan paytda Sakkokiyning o‘zi va she’rlari to‘g‘risida biron ma’lumotga ega bo‘la olmagan, Lutfiyning yaxshi she’rlarini Sakkokiy o‘ziniki qilib olgan, degan ba’zi mish-mishlaru bo‘htonlar asossiz va h.
Ma’lumki, Navoiy Samarqandda ikki marta bo‘lgan. Ammo Sakkokiyni (1467-1469) ko‘ra olmaganidan shunday fikrga kelish mumkinki, Sakkokiy oldinroq vafot etgan.
Yana Navoiy Sakkokiyga quyidagicha ta’rif beradi: “Va uyg‘ur iboratining fusahosidin va turk alfozining bulaqosidin Mavlono Sakkokiy va Mavlono Lutfiy rahimahumallohkim, birining shirin abyoti va Turkistonda bag‘oyat bir-birining latif g‘azaliyoti intishori Iroq va Xurosonda benihoyatdur, holi devonlari mavjud bo‘lg‘ay”. Mazkur ta’rifdan ko‘rinadiki, Sakkokiy Lutfiy bilan bir qatorga qo‘yishga loyiq shoir bo‘lgan. Bu fikrlarni Sakkokiyning Lutfiy g‘azallariga yozgan uchta nazirasi ham tasdiqlaydi. Bu naziralar Sakkokiy devonlaridan o‘rin olmagan. SHayxzoda Abdurazzoq Baxshi tomonidan ko‘chirilgan o‘sha uch g‘azal Turkiyadagi Sulaymoniya kutubxonasidagi 4757 raqamli bayozda uchraydi.
Avval ko‘rib turganimizdek, Navoiy “Muhokamat ul-lug‘atayn” asarida Sakkokiyni Shohruh davrida yashagan mashhur turkiyzabon shoirlar qatorida eslaydi.
Yaqiniy ham Sakkokiyning shoirlik iste’dodiga yuqori baho bergan, uni shoirlarning mujtaqidi (ya’ni g‘ayratlisi) deb ta’riflab, bir baytini keltiradi: “Yana Sakkokiykim, turk shoirlarining mujtahididur, mening munosibi holimg‘a aytur.
Nazm:
Do'stlaringiz bilan baham: |